Mavzu: Abdulla Oripov hayoti va ijodi

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 18 Февраля 2013 в 14:31, реферат

Краткое описание

Abdulla Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida bosilib chiqdi. 1965 yili birinchi she’rlar to’plami “Mitti yulduz” chop etildi, shundan buyon shoirning “Ko’zlarim yo’lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O’zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Hayrat” (1979), “Hakim va Ajal” (1980), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), she’riy to’plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to’plamlarga kirgan she’rlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, unda shoirning she’rdan – she’rga, to’plamdan- to’plamga, yildan – yilga o’sib, ijodiy barkamollashib borganligiga guvoh bo’lamiz. Ayniqsa, 60 - yillardan keyingi asarlarida xayot va odamlar xaqidagi jamiyat va tabiat xaqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqur tus olayotganligi seziladi. Kuchli ehtirosli tuyg’ular bilan badiiy talqin bir-biriga uyg’unlashib boradi. Bu, bora-bora teran fikrlash bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanadi, shoirning kamolotidan darak beradi

Вложенные файлы: 1 файл

Abdulla Oripov.doc

— 81.00 Кб (Скачать файл)

Mavzu: Abdulla Oripov hayoti va ijodi

 

(1941)


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Abdulla Oripov Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Nekoz qishlog’ida dehqon oilasida 1941 yili dunyoga keldi. Obidiyda qishloq sovetidagi o’rta maktabni 1958 yili oltin medal bilan tugatgach, O’rta Osiyo Davlat dorilununni jurnalistika bo’limiga kirib, uni 1963 yili muvaffaqiyatli bitirib chiqdi.

1963 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasi kotibi, mualliflar xuquqni ximoya qilish idorasining raxbari vazifalarida xizmat qilib kelgan.

Abdulla Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she’rlari respublika vaqtli matbuotida bosilib chiqdi. 1965 yili birinchi she’rlar to’plami “Mitti yulduz” chop etildi, shundan buyon shoirning “Ko’zlarim yo’lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O’zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Hayrat” (1979), “Hakim va Ajal” (1980), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), she’riy to’plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to’plamlarga kirgan she’rlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, unda shoirning she’rdan – she’rga, to’plamdan- to’plamga, yildan – yilga o’sib, ijodiy barkamollashib borganligiga guvoh bo’lamiz. Ayniqsa, 60 - yillardan keyingi asarlarida xayot va odamlar xaqidagi jamiyat va tabiat xaqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqur tus olayotganligi seziladi. Kuchli ehtirosli tuyg’ular bilan badiiy talqin bir-biriga uyg’unlashib boradi. Bu, bora-bora teran fikrlash bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanadi, shoirning kamolotidan darak beradi. U ona obrazini chizadimi, birinchi muhabbatga sodiq lirik qahramon obrazini yaratadimi, O’zbekiston haqida kuylaydimi, olam va odamlar haqida she’r to’qiydimi, hamma-hamma o’rinda hayot haqiqati bilan badiiy haqiqatga sodiq qoladi. Hatto eng qatog’onlik yillarida ham rostini, ha kuchi yetganicha, imkoni boricha va pardalarda bo’lsa ham rost so’zladi, shoir. “Toqat” she’rida ham shu ruh sezilib turadi.

      

         Bozordan tutoqib qaytar uyga chol,

         Go’sh qayda? Yog’ qani? Va’da so’zdami?

         Kampiri xo’rsinib yupatar darhol.

    • O’kinmang, taqchillik faqat bizdami?!

 

Abdulla Oripov she’riyatining xozirgi bosqichi yana ham o’zgacha, ma’naviy – badiiy jihatidan yuksaklikka ko’tarilmoqda. Uning “Haj daftari” (1992) ga kirgan “Hadis” lari ham buni to’la tasdiqlaydi. Hozirgacha u 50 ta hadis yaratgan bo’lsa, kelgusida uni yuzga yetkazmoqchi. U mustaqil O’zbekiston madhiyasining muallifi hamdir. Eng muhimi, unda shoir Qur’oni karim va hadisu shariflardagi ma’naviyatni qayta, zamon ruhida tiklash, yangi bosqichga ko’tarishga intilyapti. Abdulla Oripov iste’dodli shoir bo’lganidek, iste’dodli tarjimon hamdir. U Dantening “Ilohiy komediya” asarini o’zbek tiliga yuksak mahorat bilan o’girdi. Abdulla Oripov Nekrasov, L. Ukrainka, Shevchenko asarlarini ham ona tiliga tarjima qilgan.

Ijodkorning she’riy majmualari rus va boshqa qardosh xalqlari tillariga tarjima qilingan va alohida kitob holida nashr etilgan.

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Abdulla Oripov – noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy g’urur, isyonkor ruh, diniy – axloqiy, teranlik shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. O’zbek xalqining milliy uyg’onishi, xurfikirlilik va mustaqillik uchun kurash yo’lida Abdulla Oripov shaxsi va o’tkir she’riyati misli ko’rilmagan o’rin tutganini qayd etib o’tish joiz. Uning asarlari o’zbek she’riyatini xamon boyitmoqda.

O’zbek xalq shoiri (1989) Abdulla Oripov munosib taqdirlangan. U Xamza nomidagi Respublika Davlat mukofotining lauretidir.

 

 

X oji Abdulla Orifning

“Xaj daftari” kitoblaridan she’rlari.                                                                                 

Ona

Ka’ba qopqasida turgan ey, posbon,

Avval onalarning ochgin yo’llarin.

Onalar poyiga tiz cho’k o’shal on,

Tavof qil, ko’zga surt, o’pgin qo’llarin.

 

Xojar onamizning nidosi sabab

Ka’bada ko’z ochgan obi zam-zam ham,

Bir umr talpinmish onaga qarab,

Ne-ne payg’ambarlar, ko’zlarida nam.

 

Qavmimni ranjitib qo’ymayman ammo                                         

Tobut yasab kelgan er zoti doim.

Onalar bag’riga faqat beshik jo,

Xayotbaxsh allalar aytgan, muloyim.

 

Sho’rlik odamzodning tolei uchun

Eng avval onalar qilsin ibodat.

Zora, gunohlardan pok bo’lgay ochun,

Onalar o’tinchi topib ijobat.

 

Ka’ba qopqasida turgan ey, posbon,

Avval onalarning ochgin yo’llarin.

Onalar poyiga tiz cho’k o’shal on,

Tavof qil, ko’zga surt, o’pgin qo’llarin.

 

Kibr

 

G’alati zotlar bor yorug’ olamda,

Deylik, salominga alik olmaydi.

Salomin aliksiz qoldirgan damda

Bu xolni malomat qilmay qolmaydi.

 

Ular bu dunyoning go’yoki naqshi,

Jim boqar, savlati qo’rquvga solar.

Ularning gapirmay yurgani yaxshi,

Chunki nodonligi bilinib qolar.

 

 

Ular tashlab yurar yelkaga to’nni,

Kibr belgisidir bu ham begumon.

Demishlar: – Hoy banda, kiyib ol uni,

Yo’qsa tuynugidan kirgaydir Shayton.

 

Xasrat

 

Qochgan ham, quvgan ham Allohim deydi

Qochgan ham, quvgan ham emasman do’stim.

Mening iztirobim shul edi,

Inson-ki to xanuz vaxshiy va g’addor.

Bir-birin tinimsiz qulator choxga

Bundayin qismatga ko’nikmoq dushvor

Netay xasratimni aytgum Allohga.

 

 

O’zbek xalqining ulug’ shoiri Hoji Abdulloh Orifning Ka’batulloh safari davomida quyidagi so’zlarni bitgan edilar.

 

Makkai mukarramga borganimning dastlabki kunida Ka’batulloxda – Ollox uyi yonida tunni bedor o’tkazib, tilovat bilan bir qatorda baytlar yoza boshladim. Men bu xolatga avvaldan bir muncha tayyor bo’lganim sabablimi satrlarim o’z-o’zidan quyilib kelaverdilar. She’riy hadislarimning barchasi payg’ambarimiz Muhammad allayhissalom suhanlari bilan bevosita bog’liq edi. Madina shaxriga borib, payg’ambarimiz maqbarasini ziyorat qilganimda xam menda xuddi yuqoridagidek xolat yana yuz berdi. “Payg’ambar” she’rini yoza boshladim.

Xajning bir necha farz va sunnatlari bor. Haj odatdagi ziyorat, ya’niumrdan farq qiladi. Ularning tafsilotlarini xozir sanab o’tirmayman. Aytish kerakki, ushbu shartlarni to’lig’icha ado etish nihoyatda mashaqqatli jarayondir. Ayniqsa, bir necha million ziyoratchilar jazirama oftob ostida jam bo’lgan sharoitda hatto jon saqlash ham amrimahol bo’lib qoladi. Mening bu gaplarim zinhor-bezinhor xasrat yohud nolish emas, Hajga xar kim o’z ixtiyori bilan borgusidir. Noligan odam o’zidan ko’rsin. Bundan tashqari, Xaq yo’li, uning visoliga yetishmoq osongina kechadigan sayohat emas. Mumtoz shoirlarning “Riyozat chekmaguncha yor vasliga yetib bo’lmas” deganlarida xuddi ana shu mashaqqatlarni ko’zda tutganlar.

 

Muallif

 

 

 


Информация о работе Mavzu: Abdulla Oripov hayoti va ijodi