Qodiriy, Abdulla

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 13 Сентября 2013 в 09:33, лекция

Краткое описание

Abdulla Qodiriy (1894—1938) Abdulla Qodiriy yangi davr o’zbek adabiyotining asoschilaridan bin, o’zbek milliy romanchilik maktabining tamal toshini qo’ygan buyuk adibdir. U 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog’bon oilasida tug’ilgan. 9-10 yoshlarida eski usul maktabda tahsil ko’radi. So’ng rus-tuzem maktabida o’qiydi. 17-18 yoshlarida bir savdogarga prikazchilikka yollanib, uch-to’rt yil ishlaydi. So’ng bog’bonlik bilan tirikchilik o’tkazadi. Abdulla Qodiriy ijodi 1913—1914-yillarda boshlandi.

Вложенные файлы: 1 файл

1904_Qodiriy-Abdulla.doc

— 66.00 Кб (Скачать файл)

Qodiriy, Abdulla

Abdulla Qodiriy (1894—1938) Abdulla Qodiriy yangi davr o’zbek adabiyotining asoschilaridan bin, o’zbek milliy romanchilik maktabining tamal toshini qo’ygan buyuk adibdir. U 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog’bon oilasida tug’ilgan. 9-10 yoshlarida eski usul maktabda tahsil ko’radi. So’ng rus-tuzem maktabida o’qiydi. 17-18 yoshlarida bir savdogarga prikazchilikka yollanib, uch-to’rt yil ishlaydi. So’ng bog’bonlik bilan tirikchilik o’tkazadi. Abdulla Qodiriy ijodi 1913—1914-yillarda boshlandi. U shu yillari barcha ilg’or fikrii yoshlar qatori jadidchilik harakatiga qo’shilgan va o’zining ilk asarlarida ma’rifat, millat taraqqiyoti va hurligi g’oyalarini targ’ib eta boshlagan. Qodiriy dastlab ma’rifiy she’rlar yozdi. «Ahvolimiz»,«Millatimiz», «To’y» kabi she’rlari jadid matbuotida e’lon qilinadi. 1915-yili u Behbudiyning «Padarkush» fojiasi ta’sirida «Baxtsiz kuyov» pyesasini yozadi. So’ng o’zi «milliy ro’mon» deb atagan «Juvonboz» hikoyasini yaratadi. Bu asarlar ham avvalo ma’rifatparvarlik qarashlari mahsuli bo’lib, jamiyatdagi chirkin illatlar va qoloq urf-odatlarni keskin tanqid qilishga yo’naltirilgan.

1916-yilda yozilgan «Uloqda» hikoyasi A.Qodiriy ijodida badiiy izlanishlar rivojini ko’rsatadigan muhim hodisalardandir. 1917-yil fevral va oktabr voqealaridan keyin A.Qodiriy hayotida ham, ijodida ham o’zgarishlar ro’y berdi. U sho’ro idoralarida ishladi. «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq»gazetalarida adabiy xodim, «Mushtum» jurnali tashkilotchilaridan bo’ldi. Moskvada V.Brusov nomidagi jurnalistlar institutida tahsil oldi. A.Qodiriy

1925-1926-yillarda «O’tgan kunlar» romanini e’lon qiladi. Bu to’laqonii realistik ilk o’zbek romani bo’lib, Qodiriyning jadidona siyosiy qarashlari yuksak badiiy ifodasini topgan asar edi. 1928-yili yozuvchi «Mehrobdan chayon» romanini e’lon qildi. Bu roman ham adibga katta shuhrat keltirdi. Bundan tashqari, A.Qodiriy «Obid ketmon» qissasining, «Toshpo’lat tajang nima deydi?», «Kalvak maxzumning xotira daftaridan» turkum satirik hikoyalarining, rus va g’arb adabiyotidan o’girilgan qator tarjimalarning ham muallifidir.

Abdulla Qodiriy 1937-yil so’nglarida hibsda olinib, 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda Bo’zsuv bo’yida qatl etiladi.

Abdulla Qodiriy o’zbek milliy romanchiligining asoschisi, publitsist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon.

U 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi. Avval musulmon maktabida (1904—1906), keyin rus-tuzem maktabida (1908—1912), Abulqosim shayx madrasasida (1916—1917) ta’lim oldi. Oilaviy sharoit taqozosi bilan bolalikdan mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi (1907—1915). 1917 yil Oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Eski shahar oziqa qo’mitasining sarkotibi (1918), «Oziq ishlari» gazetasi muharriri (1919), Kasaba uyushmasi sarkotibi (1920) lavozimlarida ishladi. 1923 yili «Mushtum» jurnalini ta’sis etdi, bir necha yil jurnal tahririyatida xizmat qildi. Moskvadagi adabiyot kursida (1925—1926) o’qidi. 1919—1925 yillar oralig’ida matbuot nashrlarida 300 dan ortiq maqolalar e’lon qildi. Umrining oxirigacha tinimsiz ijod bilan shug’ullandi.

Abdulla Qodiriy 1937 yil 31 dekabr kuni hibsga olindi. 1938 yil 4 oktyabrida Cho’lpon, Fitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi.

Abdulla Qodiriy. O’tgan kunlar 1914—1915 yillarda Abdulla Qodiriyning «Ahvolimiz», «To’y», «Millatimga», «Fikr aylagil» kabi she’rlari, «Juvonboz», «Uloqda», «Jinlar bazmi» kabi hikoyalari, «Baxtsiz kuyov» dramasi bosilib chiqdi. O’zbek adabiyotidagi birinchi roman «O’tgan kunlar»ni yaratdi (1919—1920). Asar 1922 yili «Inqilob» jurnalida, 1924—1926 yillarda har bir bo’limi alohida-alohida kitob holida bosildi. 1918 yil fevralida ikkinchi yirik romani — «Mehrobdan chayon»ni yozib tugatdi. Roman 1929 yili Samarqandda bosilib chiqdi. 1934 yili adib«Obid ketmon» qissasini yozdi.

Abdulla Qodiriy tilshunos va tarjimon sifatida ham katta ishlar qildi. U tatar fizik olimi Abdulla Shinosiyning «Fizika» (1928), N.V. Gogolning «Uylanish» (1935), A.R. Chexovning«Olchazor» (1936) asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Qozonda bosilgan «To’la ruscha-o’zbekcha lug’at»ni (1934) tuzishda ishtirok etdi.

Qodiriy 20-yillarning o’rtalarida yozgan «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo’lat tajang nima deydir?» hajviy asarlarida bid’at va xurofotni qoraladi. Ularda xalqning yashash tarzi va ruhiy olamini o’zgartirishga intilgan jadid adabiyoti maqsad va g’oyalari o’z ifodasini topgan.

Ma’rifatparvarlik, millat ozodligi va istiqlol g’oyalari Abdulla Qodiriy asarlarining leytmotivini tashkil qiladi.

Abdulla Qodiriy asarlari, ayniqsa, romanlari jahon miqyosida keng tarqaldi. Uning «O’tgan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» asarlari rus, ingliz, nemis, italyan, arab, ozarbayjon, tojik, qozoq, uyg’ur, tatar tillariga tarjima qilingan. Nemis adabiyotshunoslari N. Tun, I. Baldauf, amerikalik tadqiqotchilar E. Olvort, Xristofor Murfi, Eden Nabi kabi olimlar Abdulla Qodiriy ijodi bo’yicha jiddiy ishlar qilganlar.

O’zMU professorlari U. Normatov, M. Qo’shjonov, B. Karimovlar Qodiriy hayoti va ijodi bo’yicha samarali ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

1991 yili O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra Abdulla Qodiriyga Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 1994 yili adib«Mustaqillik» ordeni bilan taqdirlandi. Shu yili Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkent Madaniyat institutiga, Toshkentdagi madaniyat va istirohat bog’iga, katta ko’chalardan biriga, Xalq merosi nashriyotiga hamda ko’plab madaniyat muassasalariga Abdulla Qodiriy nomi berilgan.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent soliq

kolleji

 

 


 

 

 

 

Mavzu: Abdulla Qodiriy 

 

 

Bajardi:Nuriddinov Sh

Xo’djayorov Sh

Tekshirdi:Tillayeva Sh

 

 

 

 

 

 

Toshkent-2009

Abdulla Qodiriy 

O’zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 1894 yil 10 aprelda Toshkent shahrida tug’ildi. 
 
«Har holda bemavridroq bo’lsa kerak, kambag’al, bog’bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada ... tug’ilg’onman», deydi u o’z tarjimai holida, — Yoshim to’qqiz-o’nlarga borg’ondan so’ng meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uch yil chamasi eski usulda o’qib, keyin vaqtlarda oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o’n ikki yoshimda meni bir boyga xizmatchilikka berdilar. Xo’jayinim o’zi savdogar kishi bo’lub, o’rischa yozuv-chizuv bilaturg’on odamga muhtoj edi. Shu ta’ma bo’lsa kerak, meni o’ris maktabga yubordi... 1912 yilda manfaktur bila savdo qiluvchi bir kishiga yiliga 50 so’m barobariga prikazchik bo’lub kirdim... 
 
Shu miyonalardan bozor vositasi bilan tatarlardan chiqadirg’on gazetalarni o’qib, dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913 yilda o’zbekcha «Sadoi Turkpston», «Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yozyb yurish fikri uyg’ondi. 1913 yilda chiqqan «Padarkush» ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr jitobini yozib yuborg’animni o’zim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana shu yilda teatrlarda chiqib turg’on hikoya va ro’monlarga taqlidan «Juvonboz» otliq hikoyachani yozib noshir topilmag’onidan, o’zim nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan yiqilg’ondan keyin oddiy xalq militsiyasiga ko’ngilli bo’lib yozildim... 
 
1918 yil boshlarida eski shahar oziq komiteti boylar qo’lidan olinib, komitetning raislig’iga o’rtoq Sultonxo’ja Qosimxo’jayev tayin qiling’on edi va men mazkur komitetning o’zbekcha sarkotibligiga kirdim. 1919 yilning avvallarida oziq komitetining ismidan chiqarilmoqchi bo’lg’on «Oziq ishlari» gazetasiga muharrir bo’lib tayinlandim... 
 
Shu kungacha Sho’ro idoralarida qilgon xizmatlarimni birma-bir sanab o’ltirishim uzoqqa cho’ziladurg’on bo’lg’onlikdin mundan keyin muassasa ismlarinigina atash bilan kifoyalanaman: «Ro’sto» devoriy gazetasiga muxbir bo’lib, «Ishtirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida sotrudnik... «Mushtum» jurnalining muannisi va tahririya a’zosi bo’lib, to 1924 yilgacha mehnatkashlar manfaatiga xolis ishlab keldim. Shu o’tgan yetti yil orasida Sho’rolar hukumati va firqadan bir og’iz tanbeh olmadim. Xulosa — boshqalarning xizmati daftar bilan sobit bo’lsa, menim xizmatlarim matbuot bilan ravshandir... Ishchi-dehqonlar yozg’on asarlarimni suyunib o’qiydilar va meni yozuvchilar qatoriga kirgazdilar va meni hamon o’qirlar va unutmaslar...» 
 
Bo’lg’usi adibning ilk ijodi 1913—1914 yillarda boshlangan bo’lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz», «Millatimga», «To’y» (1914-1915) kabi she’rlari «Oina» jaridasida bosilib chiqqan edi. U o’z millatini ma’rifatga chaqiradi, ma’rifatparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqadi. «Baxtsiz kuyov» (1915) nomli fojeasi, «Juvonboz» (1915), «Uloqda» (1916) kabi hikoyalarida ham o’z xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko’rish istagi sezilib turadi. 
 
1924 yili Abdulla Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistlar institutida tahsil oldi. Moskvadan qaytib «Mushtum» jurnalida shtatsiz muxbir bo’lib ishlay boshladi. Uning «Toshpo’lat tajang nima deydi?» va «Kalvak mahzumying xotira daftaridan» turkumidagi satirik hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosilib bordi. 
 
Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab «O’tgan kunlar» romani uchun material yig’ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o’zbek romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda «O’tgan kunlar» uch bo’lim holida kitob» bo’lib nashr etildi. 
 
1928 yil yozuvchining ikkinchi tarixiy romani «Mehrobdan chayon» nashrdan chiqdi. 1934 yilga kelib Abdulla Qodiriy qishloq xo’jaligi mavzuiga bag’ishlangan «Obid ketmon» qissasini yaratdi. Undan tashqari u Gogolning «Uylanish», Chexovning «Olchazor» va boshqa g’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini o’zbek tiliga tarjima qildi. 
 
Abdulla Qodiriy 1934 yilda bo’lib o’tgan Moskvadagi Butunittifoq Yozuvchilarining birinchi qurultoyida qatnashadi. 
 
U «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz o’g’ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish orzusida bo’lgani ham ma’lum. Ammo bevaqt o’lim orzulari ro’yobga chiqishiga imkon bermadi. 
 
Abdulla Qodiriy 1937 yilning 31 dekabrida qamoqqa olindi. «Menga qo’yilgan ayblarni boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo’lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo’rqmayman. Agar otmoqchi bo’lsalar, ko’kragimni kerib turaman...» Abdulla Qodiriy 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda otildi. Uning asarlari XX s’ezddan so’ng, 1956 yildan boshlab yangidan nashr etila bordi. 1990 yilda Respublika prezidenti Farmoni bilan A. Qodiriy nomidagi Respublika Davlat mukofoti ta’sis etyldi. 1991 yilda esa A. Qodiriyga Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti berildi. 
 
Hozirgi kunda esa bir qator ko’chalar, bog’lar, maktablar, kutubxona, mahalla va oliy bilimgohlar uning tabarruk nomi bilan yuritiladi. Uning nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat oliy bilimgohida eng bilimdon talabalarga Abdulla Qodiriy nomidagi nafaqa beriladi. Uning 100 yillik tavallud (1994) sanasiga yetti jildlik to’la asarlari nashr etilish arafasida.


Информация о работе Qodiriy, Abdulla