Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 05 Февраля 2015 в 03:25, курсовая работа

Краткое описание

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Содержание

KIRISh ……….…………….…………………………….

1.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari…...............................….

2.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri….…....…………………

3.
Hududlar soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari…………

4.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va soliq salohiyatini baholashda soliq yuki hamda uning tahlili.......…..................……………..

5.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini baholash muammolari ....................


Xulosa …………………………………….…


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….….

Вложенные файлы: 1 файл

kurs ish.DOC

— 765.50 Кб (Скачать файл)

 

 

MAVZU: Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish

 

 

MUNDARIJA

 

 

 

KIRISh ……….…………….…………………………….

 

1.

Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari…...............................….

 

2.

Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri….…....…………………

 

3.

Hududlar soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari…………

 

4.

Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va soliq salohiyatini baholashda soliq yuki hamda uning tahlili.......…..................……………..

 

5.

Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini baholash  muammolari ....................

 
 

Xulosa …………………………………….…

 
 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….….

 

 

Kirish

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan  to hozirgi davrga qadar respublikamizda iqtisodiy islohatlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganlaridek, “...2012-yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkalari 6 foizdan 5 foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi esa sezilarli tarzda, ya’ni o’rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Shularga qaramasdan, davlat byudjetining daromadlar qismi bo’yicha ko’rsatkichlari to’liq bajarildi, erishilgan profitsit yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi..”1

Bugungi kunda O’zbekistonda  to’laqonli bozor iqtisodiyotini yaratish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarkibida, korxonalarimizning barqaror rivojlanish, ularning faolligi, byudjet munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishning muhim vositasi sifatida, soliq siyosati ham, islohotni zamonaviy talablariga moslashtirib borilishini talab qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov o‘z maruzalarida ta’kidlaganlaridek “...Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. 

Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014-yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o‘sdi. Inflatsiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni tashkil etdi. Bu prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir. 

O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.”2

Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida soliq siyosati davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash jumladan, mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatining bir tomondan davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash shu o’rinda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va ikkinchi tarafdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimizning moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid  muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi nomli ma’ruzasi ta’kidlaganliridek “...birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur.

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining xozirgi bosqichida bozor munosabatlari to’la xukmron bo’lgan, bozor iqtisodiyoti qonunlari va talablari to’la amal qilinayotgan yoki iqtisodiyotni boshqarishning to’la iqtisodiy, demokratik usullari yoki to’liq ma’muriy buyruqbozlik usullari qo’llanilmoqda deb bo’lmaydi. Bunday o’tish sharoitida soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni tartiblash tizimini to’g’ri tashkil eta olish bozorning iqtisodiy talablariga moslashishda, ularning bosqichma-bosqich xukumronligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan hozirgi davrga qadar respublikamizda iqtisodiy islohotlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlatning boshqaruvchilik funktsiyalarini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. Kichik biznesni rivojlantirish orqali xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar ochib berish, shu bilan birgalikda byudjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik vazifalari belgilangan. Ushbu iqtisodiy vazifalardan kelib chiqqan holda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning to’g’ri oqilona yo’nalishlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish lozim. Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlashni takomillashtirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid  muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  Hozirgi vaqtda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirishdir. Daromad solig’ining yuqori bo’lishi korxonalarni o’z mablag’larini o’zi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan qayta qurollantirishga, o’z aylanma mablag’larini to’ldirishga sarflashiga to’sqinlik qiladi. Bu esa ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi. bu esa moliya tizimini barbod bo’lishiga, ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga olib keladi.

    Yuqoridagi holatlar hozirgi kunda ilmiy izlanish mavzusining dolzarbligini va bu sohadagi muammolarni hal etish davlat iqtisodiy islohotlarining birlamchi o’rinda turishini tasdiqlaydi va mazkur muammolarni hal etishning maqsad va vazifalarini belgilab beradi.

 

 

1. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari

Iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlash yo’lida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni olib borishda jumladan,  Xalq manfaatlariga mos bulib tushadigan mustakil iqtisodiy siyosat har qanday davlatning erkin rivojlanishida majburiy shart xisoblanadi. Aynan shunday siyosatni ezgulik bilan amalga oshirib borish, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi nomli ma’ruzasi “Soliq yukini, birinchi navbatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan soliq yukini sezilarli darajada kamaytirish belgilanmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 6 foizdan 5 foizga tushirilishi rejalashtirilmoqda.......Izchillik bilan amalga oshirilayotgan, birinchi navbatda soliq yukini kamaytirishga qaratilgan oqilona soliq siyosati iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilayotganligini qayd etish zarur.2 Yuqorida bildirilgan fikrda soliq siyosati vazifasining ikkiyoqlamalik harakteri yaqqol ko’rinib turibdi. Bir tomondan soliq siyosatining strategiyasi davlat byudjetini daromadlar bilan ta’minlash ekanligi ko’zda tutilayapti, ammo bu vazifa byudjetni daromadlar bilan oddiygina ta’minlashdan iborat emas. Bu erda vazifaning byudjet daromadining barqaror safarbarligini ta’minlashdan ya’ni soliq taktikasini bajarishga e’tibor qaratilayapti. Ta’kidlangan fikrning o’zagini «...barqaror safarbarligini ta’minlash...» dan iborat bo’lgan iboralar tashkil etadi.

     Soliq siyosati strategiyasining amalga oshirilishi natijasida byudjet daromadining barqaror safarbarligini ta’minlashdek vazifaning bajarilishi printsipial ahamiyatga egadir. Bu vazifaning bajarilishi davlat moliyaviy ahvolining mustahkamligidan dalolat beradi, davlat zimmasiga yuklangan majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishiga moliyaviy zamin yaratadi, byudjet sohasini uzluksiz moliyalashtirishda muammolar paydo bo’lmaydi, davlat o’zining funktsiyalarini to’liq va o’z vaqtida bajarish imkoniga ega bo’ladi va aksincha, soliq siyosatini amalga oshirish natijasida byudjet daromadlarining barqaror safarbarligini ta’minlash vazifasining bajarilmasligi juda yomon oqibatlariga olib kelishi mumkinligi shundoq ham ayondir.

    Ikkinchi tomondan, soliq siyosati yuridik shaxslar uchun zarur bo’lgan mahsulotlar ishlab ishlab chiqarishni ko’paytirishga rag’batlantirishi ham kerak. Bu erda gap soliq siyosatini amalga oshirish natijasida, eng avvalo, respublikamiz ichki bozorining ehtiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qilishi kerak. Undan tashqari, soliq siyosati strategiyasi umumiy tarzda  respublikamiz uchun zarur bo’lgan yoki respublikamizda hamda halqaro talabga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga rag’batlantirishi kerak.

Mustaqil moliyaviy siyosatni respublikaning byudjet tizimini mustahkamlash, byudjet daromadlarini to’ldirishni ta’minlaydigan va amaliy faollikni rag’batlantiradigan izchil soliq siyosatini o’tkazish yo’li bilan shakllantirish zaruriyati vujudga  kelmoqda.

Mamlakat byudjetining tarkibi avvalo uning davlat qurilishiga bog’liq. Unitar tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda, byudjet tizimi bamisoli ikki qavatli qurilmaga-davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarga ega buladi. Federativ tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda oraliq bug’inlar-shtatlar, o’lkalar va ularga muvofiq ma’muriy tuzilmalarning shtatlari mavjud.

Xususan, juda murakkab kechgan 2011 va 2012 yillarda ham maqsadga muvofiq yo’naltirilgan chora-tadbirlar natijasida byudjet daromadlari uning harajatlaridan ortish hajmi YaIMning 0,4 foizi darajasida bo’lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat byudjeti sohasidagi bunday natijalarni qo’lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o’zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo’lgan bir qancha vazifalarning xususiy sektorga o’tkazish orqali davlat byudjeti harajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo’nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko’rsatdi3.

Bundan kelib chiqadigan dastlabki xulosa, soliq siyosati moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi ko’p jihatdan, soliq siyosati strategiyasining muvaffaqiyatiga bog’liqdir. Shuning uchun ham bu erda haqli ravishda mamlakatimizda mustaqil moliyaviy siyosatni «soliq siyosatini o’tkazish yo’li bilan shakllantirish degan fikr bildirilmoqda. Bir vaqtning o’zida mustaqil moliyaviy siyosatni amalga oshirishda soliq siyosati strategiyasining oldiga qo’yilishi lozim bo’lgan vazifalar ham shu joyning o’zida o’z aksini topgan. Bu vazifalar quydagilardan iboratdir:

  • respublikaning byudjet tizimini mustahkamlash;
  • byudjet daromadlarini to’ldirishni ta’minlash; 
  • amaliy faollikni rag’batlantirish.

     Agar yurgizilayotgan soliq siyosati strategiyasi ana shu uch vazifani bajarish imkonini bersa, uni sira ikkilanmasdan izchil soliq siyosati taktikasi deb hisoblash va u mustaqil moliyaviy siyosatni shakillantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qayd etish mumkin.

     1. Soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish.     

   Yangi soliq siyosati doirasida dastlabki vazifaning bu tarzda qo’yilishi amaldagi soliq tushumlarining tarkibi zamonaviy davrning talablariga etarli darajada to’liq javob beraolmayotganini ko’rsatmoqda. Soliq tushumlarini tubdan o’zgartirish, bir tomondan, saqlanib qolishi mo’ljallanayotgan soliq tushumlarining o’zaro nisbatini ancha o’zgartirishni talab qiladi.  

  2. Resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish.

  Qo’yilgan bu vazifa birinchi vazifaning mantiqiy davomi hisoblanadi. Chunki resurslar va mol-mulk solig’ining rolini oshirish sari yuz tutish, o’z navbatida, soliq tushumlari tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Boshqa bir tomondan resurslar va mol-mulk solig’ining rolini oshirish to’g’risida aniq vazifa belgilangan ekan, bu narsa bizning sharoitimizda hamon resurslar va mol-mulkdan etarli darajada samarali va oqilona foydalanib kelinmayotganini bildiradi. Bu erda resurslar va mol-mulk solig’ini rolini oshirishdan ko’zlangan maqsad ana shu soliqlar yordamida ulardan samarali va oqilona foydalanishga ijobiy ta’sir ko’rsatishdir.

  3.Jismoniy shaxslardan soliq undirilishining progressiv tizimini joriy etish.

Yangi soliq siyosati strategiyasi doirasida bu vazifaning qo’yilishi jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar mexanizmida bir necha kamchiliklarning borligi, amaldagi soliqqa tortish mexanizmi jismoniy shaxslarning faollik darajasini oshirishga etarli darajada ta’sir ko’rsatmayotganligi, bu mexanizmni davr talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirishning zarurligi bilan belgilanadi. Gap bu erda jismoniy shaxslar daromadlarining ortib borishi bilan to’lanadigan soliq summalarining ham ortib borishi to’g’risida emas, balki ulardan soliq undirishning ilg’or tizmini joriy etish to’g’risida ketayapti. Bu ilg’or tizimining joriy etilishi jismoniy shaxslar va byudjetning manfaatlariga baravar mos kelishi, jismoniy shaxslarning mehnat faoliyatini faollashtirish va o’z mehnat faoliyatini faollashtirish va o’z mehnatlarining natijalaridan manfaatdorligini oshirishga olib kelmog’i lozim.

Aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish siyosatini ya’ni to’g’ri soliq siyosatisiz amalga oshirishning iloji yo’qligi qayd etilyapti.

Shu o’rinda davlat byudjeti daromadlarining yuksalishi soliqlarning o’z vaqtida kelib tushishi korxonalar, jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning faoliyatiga chambarchas bog’liqdir.

Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog’liqdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi.

Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro’y beradi.

Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o’zgarishlar sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo’ladi, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha yanada yuksaladi. Savdo aylanmasining to’liq muvofiqlashuvi natijasida bu sohada ko’rsatkich ulushi pasayishi sodir bo’ladi.

Hududlarning mashinasozlik va metallga ishlov berish, engil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarida kichik biznesning o’rni va ulushi etarli darajada emas. Vaholanki barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy natijalarga erishamiz.

Respublikamizda kichik korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o’sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish evaziga ta’minlash mumkin. Bizning hisoblarimizga ko’ra, 2015 yilga borib, respublika bo’yicha kichik biznesning ishlab chiqarilgan YaIM

 

1-jadval

Respublika YaIMda hududlardagi kichik korxonalarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushining istiqbolda o’sib borishi (foiz hisobida)4

 

 

 

Respublika

hududlari

2000 y

2005 y

2010 y

2015 y

2015 yilda 2000 yilga nisbatan o’sishi

O’zbekiston Respublikasi

31,0

38,2

52,1

66,1

213,2

Qoraqalpog’iston Respublikasi

26,9

48,9

57,9

66,9

248,7

viloyatlar

         

Andijon

32,9

38,7

49,9

61,1

185,7

Buxoro

33,0

44,4

51,1

57,8

175,2

Jizzax

37,1

64,4

73,0

79,8

215,1

Qashqadaryo

25,8

38,4

45,8

58,4

226,4

Navoi

21,5

20,9

33,5

46,1

214,4

Namangan

33,4

51,4

75,4

81,4

243,7

Samarqand

44,3

54,5

68,3

78,9

178,1

Surxondaryo

39,1

45,9

64,8

81,7

208,9

Sirdaryo

38,9

58,8

72,5

80,6

207,2

Toshkent

34,0

36,3

45,6

54,9

161,5

Farg’ona

32,0

43,9

64,7

82,3

257,2

Xorazm

34,2

54,2

78,3

81,9

239,5

Toshkent sh.

41,5

54,3

70,2

79,1

190,6


 

hajmidagi ulushini 66,1 foizga etkazish Xorazm viloyati bo’yicha esa bu ko’rsatkichni 81.9 foizga etkazish ko’zda tutilgan, kichik tadbirkorlik korxonalarining yillik mahsulot ishlab chiqarishining o’sishi 2,5 foizdan kam bo’lmagan holatdagina amalga oshadi5.

     Soliq siyosatining turli makroiqtisodiy modellardagi nazariy asosini, 1936 yili ingiliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns iqtisod fanining butun bir yo’nalishiga-keynschilikka «hayot» bergan va «Bandlik, foiz va pullar umumiy nazariyasi» degan kitobni nashr etgan. Xozirgi keynschilik quydagi nazariy xulosalarga tayanadi:

     1.Tovar va resurslar bozorlarida nomukammal raqobat hukum suradi. Binobarin, narxlar pasayish tomon qayishqoq emas: talab kamayganda ishlab chiqaruvchilar o’z mavqelaridan foydalanib, narxlarni avvalgi darajada ushlab turadilar. Narxlar asosan resurslar bozorlari monopollashtirish yuqori darajadaligi tufayli pasaymayapti.

     2.Resurslar narxining tovarlar narxining o’zgarishlaridan orqada qolishi mehnat bozori va sanoat bir qator xom ashyo tarmoqlari (neft va gaz qazib olish) monopollashtirishning yuqori darajadaligi natijasidir. Shuning uchun narxlar umumiy darajasi o’sganda jamuljam taklifning miqdori o’sadi, pasayganda esa kamayadi.

     3.Iqtisodiyot tushkunligi sharoitida ishlab chiqarishni o’stirishga narxlarni anchagina hajmda o’stirishsiz erishib bo’lmaydi (chunki ommaviy ravishda ishsizlik va ishlab chiqarish quvvatlarini to’liq band qilmaslik mavjud). To’liq bandlikka erishilganda taklifning o’sishiga erishib bo’lmaydi: mehnat resurslarini tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash mumkin, lekin bunda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko’paymaydi.

Makroiqtisodchilar jamg’arishlarga, import tovarlarga oid soliq va harajatlarga ham e’tibor qaratishlari kerak. Mikro ma’lumotlarining o’zgarishi bilvosita jamuljam talabga ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, masalan, import tovarlari narxining qimmatlashuvi ko’pincha mamlakat mahsulotiga talabning o’sishiga olib keladi. Soliqlarning ko’payishi, aksincha, investitsiya va iste’mol harajatlarini qisqartirishga qodir.

     4.Pul iqtisodiyotda muhim rol o’ynamaydi. Biroq muomalada pul miqdorining o’zgarishi foiz stavkasiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa o’z navbatida investitsiyalar hajmini o’zgartiradi. Muomalada pul massasining o’sishi natijasida foiz stavkasi kamayadi, bu esa tadbirkorlarning ievestitsiyalarga bo’lgan talabni rag’batlantiradi. Pul massasi qisqarganda teskari jarayonlar yuz beradi. Shunday qilib, pul massasi ko’payganda nafaqat narxlar o’sadi, balki haqiqiy ishlab chiqarish kengayadi ham, narxlar va haqiqiy YaMM darajalari o’sishining nisbati iqtisodiyot jamuljam taklif egri chizig’ining qanday kesimda joylashishiga bog’liqdir. Agar chuqur tushkunlik ko’zga tashlansa, ishlab chiqarishning o’sishidan ancha ahamiyatli bo’ladi. Agar haqiqiy vaziyat to’liq bandlik holatiga yaqin bo’lsa, narxlarning o’sishi ishlab chiqarishning o’sishidan ildamlab boradi.

     5.Ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun davlat iqtisodiy jarayonlarga faol aralashishi kerak.

     Ta’sir ko’rsatishning asosiy vositasi soliq siyosati strategiyasidir. Soliqlar davlat harajatlarini o’zgartirarkan, davlat jamuljam talabga ta’sir ko’rsatadi. Tushkunlik vaqtida davlat byudjeti kamomadini ishlatish lozim. Yuksalish vaqtida byudjet kamomadini qisqartirish lozim. Byudjet siyosati bilan bir qatorda avtomat byudjet siyosati iqtisodiyotning tsiklik ikkilanishlarini so’ngdiradigan, ichiga qurilgan barqarorlashtirgichlar tizimiga amal qiladi. Mavjud qonunlarga muvofiq byudjetni o’z holicha byudjet siyosatiga hech qanday ongli o’zgarishlarsiz bajarish iqtisodiyotni barqororlashtirishga qodir bo’ladi. Iqtisodiy tushkunlik paytida davlat ongli ravishda byudjet kamomadlari siyosatini o’tkazadi (harajatlarni kengaytiradi va soliqlarni kamaytiradi). Biroq byudjet kamomadlari ishlab chiqarishni  qisqartirish sharoitida avtomatik ravishda ham yuzaga keladi. Birinchidan, soliq tushumlari hajmi pasayadi, daromad kamayadi, oqibatda, ulardan kamroq soliqlar to’lanadi. Ikkinchidan, ijtimoiy ehtiyojlarga (ishsizlik, kambag’allik nafaqalar va hokazo) va ehtimol, zarar ko’ruvchi korxonalar uchun dotatsiyalarga (agar bu narsa qonunlarda ko’zda tutilgan bo’lsa) davlat harajatlari avtomatik ravishda oshadi. Yuksalish davrida teskari jarayonlar yuz beradi: soliq tushumlari o’sadi, ijtimoiy harajatlar va dotatsiyalar esa pasayadi.

Soliqqa tortish tizimining harakteri katta ahamiyat kasb etadi: agar soliqqa tortish shkalasi progressiv bo’lsa, unda daromadlarning o’sishi ushbu daromadlarga solinadigan soliq stavkasining ko’payishiga olib keladi, joylashtirilgan barqarorlashtirgichlar esa yanada ta’sirchang bo’ladi

Информация о работе Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish