Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 05 Февраля 2015 в 03:25, курсовая работа

Краткое описание

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Содержание

KIRISh ……….…………….…………………………….

1.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari…...............................….

2.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri….…....…………………

3.
Hududlar soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari…………

4.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va soliq salohiyatini baholashda soliq yuki hamda uning tahlili.......…..................……………..

5.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini baholash muammolari ....................


Xulosa …………………………………….…


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….….

Вложенные файлы: 1 файл

kurs ish.DOC

— 765.50 Кб (Скачать файл)

     «Boshqa variantga ko’ra korxona va tashkilotlarga nisbatan qilinayotgan soliq «zulmi»ni keskin pasaytirish va uni jismoniy shaxslarning gardaniga yuklash maqsadga muvofiq deb topilmoqda.»6

Uchinchi variant qo’shilgan qiymat solig’ini keskin kamaytirish, foyda solig’ini pasaytirish va ularni tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun olinadigan renta to’lovlari bilan almashtirish, sanoatning qazib chiqaruvchi tarmoqlarini yuqori darajada soliqqa tortishni ko’zda tutmoqda. 

Foyda solig’ini korxonalarning daromadidan olinadigan soliq bilan almashtirish tarafdorlari ham bor. «Yuqoridagi variantlarning aralashmasidan iborat bo’lgan aralash tizimlar, dunyoning hech birida sinab ko’rilmagan soliqlar tizimining «antiqa» variantlari ham taklif qilinayapti.»7 Va nihoyat byudjetning harajatlar qismi bilan bog’lanmagan holda soliqlarni to’g’ridan to’g’ri kamaytirish to’g’risidagi mulohazalar ham mavjud.

Birinchi bosqichda foyda solig’i asosiy rolni o’ynashi, uning stavkasi bir muncha yuqori foizgacha ko’tarilishi, qo’shilgan qiymat solig’i va ish haqidan olinadigan daromad solig’i bekor qilinishi kerak. Keyingi bosqichlarda esa, foydani soliqqa tortishning samaraliroq shakllarini qo’llash lozim. Masalan, qat’iylashtirilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan maxsulotning hajmiga bog’liq bo’lmagan byudjetga foydadan ajratmalarni  joriy qilish. Bu kontseptsiya mualliflarining fikriga ko’ra  to’lovlarning yuqoridagi tartibi ishlab chiqaruvchilarning foydani ko’paytirishdan manfaatdorligini susaytirmaydi va bir vaqtning o’zida soliq og’irligini ishlab chiqaruvchilarning foydani ko’paytirishdan manfaatdorligini susaytirmaydi va bir vaqtning o’zida soliq og’irligini ishlab chiqaruvchilarning real imkoniyatlariga muvofiq taqsimlanishini ta’minlaydi. Bu ayniqsa, sanoatning tabiatni ekplutatsiya qiluvchi tarmoqlari uchun muhimdir, chunki ularning ish sharoitlari alohida-alohidadir. Qat’iylashtirilgan to’lovlar tizimidan foydalanish soliqqa tortishning renta shakliga o’tishga asos yaratadi. Bu holda byudjetning ehtiyojlari asosan tabiiy resurslarning rentasi hisobidan qondiriladi va u iqtisodiyot foydasining asosiy qismini tashkil qiladi.

Shunday qilib, bu kontseptsiyaga ko’ra soliq tizimini transformatsiyalash qisqacha quyidagi tarzda amalga oshiriladi: qo’shilgan qiymat bekor qilgan holda foydani soliqqa tortishni kuchaytirish, so’ng foyda solig’idan foydadan olinadigan qat’iy to’lovlarga o’tish va nihoyat soliqlar og’irligining markazini resurs soliqlariga o’tkazish. Bu narsalar, oqibat natijada, soliqlarning keskin kamayishiga va sanoatning qayta ishlovchi ayrim ustuvor tarmoqlarida esa ularning bekor qilinishiga olib kelar edi. Bularning natijasida esa sanoat mahsulotlarining bahosi pasayadi, raqobot bardoshlik ortadi, ta’minot bozorlari kengayadi. Shuni ta’kidlash joizki, soliq tizimining bu zamonaviy kontseptsiyasi ham, shubhasiz, hozirga nisbatan katta qiziqish uyg’otadi. Yakuniy natijalar bo’yicha chiqarilgan xulosalar ham o’ziga xosdir. Biroq tabiiy resurslardan renta va boshqa to’lovlar ko’rinishida olinadigan soliqlar baribir mahsulot bahosining tarkibiga kirishini, shu jumladan, sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlari uchun ham,(chunki bu tarmoq xom ashyoni qazib chiqaruvchi tarmoqlardan asosiy soliq to’lovchilardan) olinishini esdan chiqarmaslik lozim. Sanoatning qayta ishlovchi tarmog’i barcha tabiiy resurslardan foydalanadi. Soliq og’irligining markazini o’zgarishi natijasida ularning qimmatlashuvi sodir bo’ladi va bu narsa mahsulot tannarxining tarkibiga kiradi hamda qo’shilgan qiymat solig’ining bekor qilinganligini kompensatsiya qiladi. Shuning uchun ham har holda masalaga yuqoridagi tartibda yondashish har tomonlama hisob kitob qilishni va sodir bo’lishi mumkin bo’lgan barcha oqibatlarni oldindan tahlil qilishni taqazo etadi. Shu o’rinda soliq tizimida sodir etilishi lozim bo’lgan yangiliklarning oqibatlarini oldindan aytib berishning juda mushkul ekanligini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Xuddi shuningdek, ularning iqtisodiyotga ta’siri ham kutilmagan holda bo’ladi. Buning xuddi shunday ekanligini qadim zomonlardan to hozirgi kungacha bo’lgan tarixning o’zi uzil kesil tasdiqlab turibdi. Shunday qilib soliq tizimining zamonaviy kontseptsiyalari oldida bir necha murakkab vazifalar turganiga qaramasdan ularning eng asosiy soliq tizimining qaysi yo’ldan rivojlanishini aniqlash ekanligini ta’kidlab o’tmog’imiz lozim. Demak, amaldagi soliq tizimini takomillashtirish, ularni O’zbekiston iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda jahon amaliyotiga yaqinlashtirish kerak.

 

 

 

 

 

3. Hududlar soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari.

    O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining huquqiy asoslari mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab kuchga kirdi. O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi Qonunda «shu kundan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi  o’zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi» deb ko’rsatilgan. Qolaversa, davlatning soliq siyosati asosi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida ham qayd qilinadi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab soliqlar sohasida o’ndan ortiq Qonunlar qabul qilingan edi. Shulardan eng asosiysi O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalar soliqlari to’g’risida» va «O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlarning solig’i to’g’risida»-gi Qonunlari va ularga kiritilgan o’zgartirishlar, to’ldirishlar bo’ldi.

Ammo soliqlarning huquqiy asosi 1997 yil 24 aprelda O’zbekiston Respublikasi qabul qilgan hamma soliqlarni mujassamlashtirgan yagona Soliq Kodeksi bo’ladi. Bu Kodeksning qabul qilinishi soliq siyosatini amalga oshirishdagi katta huquqiy asos yaratdi. Har qanday tadbir, ish, faoliyati ilgaridan belgilanib, aniqlanib, rejalashtirilib, ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi.

Umuman, siyosat deganda, davlatning ilgaridan rejalashtirib, aniqlab turib amalga oshirgan chora-tadbirlar yig’indisi tushuniladi. Soliq bo’yicha ishlarni tashkil qilish ham shu to’g’risidagi siyosat, deb yuritiladi. Soliq siyosati qabul qilinganligi bois O’zbekiston Respublikasi soliq to’laydigan huquqiy shaxslar soni 1991-1996 yillarda 28 mingdan 171 mingtaga etgan. Shuni aytish kerakki, soliq siyosati davlat xazina siyosatining eng muhim tarkibiy ajralmas qismidir. Demak soliq siyosati moliya siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, unga bog’liq holda rivojlanadi.

Soliq siyosati nima? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Soliq siyosati- davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlari ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar, faoliyati yig’indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo’la oladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga, bozor munosabatlarini boshqarishga har tomonlama faol ta’sir ko’rsatadi.

Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy bo’lagi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvafaqqiyatli amalga oshirilishi uchun ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarishimiz lozim. Aks holda bunday siyosat katta muvaffaqqiyatga erishishi qiyin. Bu sohada «Olmoniyaning soliq siyosati borasidagi tajribasi e’tiborga loyiqdir. Bu erda har bir yangi soliqni joriy etishdan avval uning loyihasini tayyorlash uchun soliq sohasida ishlovchi 5 nafar olimga 5-6 oy muddat beriladi besh izlanuvchi olimga ishning natijasidan qat’iy nazar mualliflik haqi oldindan to’lab qo’yiladi. Tayyorlangan soliq loyihalarini ko’rib chiqib, yagona loyihani tanlash uchun besh kishidan iborat ekspertlar guruhi ishlab, ma’qul bo’lgan eng yaxshi loyiha parlament tomonidan tasdiqlanadi"8 Xulosa shuki, loyihaning ilmiy asoslanganligi va to’g’riligiga javobgar shaxs bor, kerak bo’lsa, loyiha muallifi hamma joyda shu soliq bo’yicha maslahatlar hamda tushuntirishlar berib boradi. Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlarga e’tibor beriladi:

1.Har xil mulk shakillariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga har tomonlama yordamlashish.

2.Ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlat kerak bo’lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlashi.

3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish.

4.Aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib borish. Bunda «iste’mol savatchasi» ma’lumotlarini e’tiborga olish.

Shu o’rinda biz tomonimizdan Toshkent shahar Sirg’ali tuman davlat byudjeti daromadlarini ko’rib chiqib quyida keltirilgan jadval ma’lumotlarini tahlil qilganimizda mazkur hudud doirasida soliqlarning kelib tushish darajasi ortib ketayotganligini ko’rishimiz mumkin jumladan, davlat byudjetiga 2011 yili rejaga nisbatan soliqlarning 2.8 foizga ortig’i  bilan bajarilganligini ko’rishimiz mumkin.

Shuningdek hududlarning davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tushumini baholashda ularning o’z muddatida kelib tushishi, bajarilishi, ularning korxonalar faoliyatiga ta’siri hamda ularning soliq funktsiyalaridan kelib chiqqan holda rag’batlantirish jarayonlariga ham alohida ahamiyat berilishi qayd etish kerak

Agarda jadvaldagi ma’lumotlarda barcha soliqlar ortig’i bilan bajarilayotganligi qayd etish kerak. Bu holat mazkur hududda ho’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga alohida ahamiyat qaratilganligidan dolalat beradi.

Soliqlardan kompleks foydalanish xalq xo’jaligi tarmoqlarini qayta qurishga, ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishga, xo’jaliklar va aholining tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga va pulning qadirsizlanish jarayonini jilovlab turishga imkon beradi. Pulning qadirsizlanishiga qarshi choralar ko’rish-kam mehnat sarflab topilgan daromadlarga soliq progressiyasini ko’tarish bilan ham amalga oshiriladi.

Soliqlar davlatning moliyaviy manbai bo’lganligidan soliq siyosati strategiyasini ishlab chiqish ham davlatning muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi. Bu siyosatni ishlab chiqishning tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o’z qo’lidagi butun kuchni, idoralarni jalb qilib, uni ishlab chiqadi. Avvalo, bunday tashkilotlarga Moliya vazirligi, davlat soliq qo’mitasi va boshqa ilmiy-uslubiy tashkilotlar kiradi. Soliq siyosati strategiyasining izchil va muvoffaqiyatli ishlab ketishi uchun davlat ilmiy-izlanish tashkilotlari tuzib, uning ish yakunlaridan keng foydalanadi. Ana shunday tashkilot Moliya vazirligi qoshidagi ilmiy tekshirish institutidir.

Davlat soliq siyosati strategiyasini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi mo’ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o’rganilishi lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo’lishi, yirik amaliyotchi mutuxassislari va jamoatchilik o’rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu erda hech qachon bir soha mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha mutahassislari ham o’z manfaatlarini ko’proq ko’zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko’ra olmasliklari yoki bila olmasliklari mumkin.

Demak, davlat soliq siyosati strategiyasini tayyorlovchi uni to’liq hayotga tadbiq qilishning tashkilotchisi va boshqaruvchilik rolini bajaradi. Davlatning soliq siyosati taktikasini faol yuritishning, bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tishning va uning munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishning muhim omilidir.

Hozirgi davrning soliq siyosati strategiyasining asosi - Respublika Prezidenti Islom Karimovning respublika iqtisodiy rivojlanishining besh tamoyili, ustuvor yo’nalishlaridir. Respublika soliq siyosati strategiyasi ana shu tamoyillardan kelib chiqib, soliq sohasidagi chora- tadbirlarini amalga oshirmoqda. Soliq siyosati strategiyasining ikki yo’nalishi mavjud:

1.Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularning moliyaviy mustaqilligiga, erkin baho belgilashlariga to’sqinlik qilmaslik va byudjetga soliq to’lovlari belgilanayotganda faqat demokrotik asosda ya’ni Oliy Majlis tasdiqlab bergan soliqlarni undirishni tashkil etish zarurdir. Hozirgi vaqtda soliqlar bir tomondan korxonalarda taqchil, raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni ko’paytirishga, ikkinchi tomonda tovar bahosini oshirib sotgan holda mehnatsiz yoki kam mehnat bilan topilgan daromadlarni cheklashga qaratilmog’i zarur.

2.Soliq siyosatida aholining turli hil guruhlariga nisbatan hilma-hil yondoshishdir. Nochor, kam ta’minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko’proq imtiyozlar berish va kam kuch sarflab ko’p daromad oluvchi yoki boshqa engil daromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq stavkalarini qo’llashdan iboratdir.

Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilgan bo’lishi zarur. Strategiya uzoq yillarga mo’jallangan soliq munosabatlaridagi muhim yo’nalishlar bo’yicha chora-tadbirlarning majmuidir. Taktikada esa soliq strategiyasining har bir ma’lum davr(yil, chorak)da amalga oshirilishi lozim bo’lgan aniq tadbiriy choralar ko’rsatiladi.

Mustaqillik davrida soliq siyosatiga e’tibor bersak, davlat, birinchidan, soliq tushumlarining umumiy summasida egri soliqlar salmog’ini oshirib boryapti. Ikkinchidan, butun respublika soliq idoralarini yuuqori darajali kompyuterlar bilan ta’minladi. Soliq siyosatini faollashtirish maqsadida quyidagilarni e’tiborni ko’proq qaratish lozim:

1.Soliq sohasida davlatlar yo’l qo’ygan ba’zi xatolarning takrorlanmasligi uchun soliq tarixini puxta o’rganish lozim.

2.Soliqqa tortish va uni undirish ishlarining arzonga tushishiga erishish.

3.Soliq ob’ekti aniq, ixcham, to’lovchilarga va soliq idoralari xodimlariga soliqni xisoblash uchun oson va qulay bo’lishi zarur.

4.Soliqlarning byudjetga to’liq va o’z vaqtida tushishiga qiziqtirish maqsadida byudjetga ko’p, salmoqli soliq to’lovchilarga soliqdan ma’lum qismini qoldirish ham maqsadga muvofiqdir.

1991-1994 yillarda soliq siyosati soliq idoralarida ishlab chiqarishning pasayishi, soliq bazasini qisqartirish sharoitida o’zlarining asosiy e’tiborlarini soliqlarning xazina funktsiyasini bajarishga, ya’ni byudjetni kerakli mablag’lar bilan ta’minlashga, respublika davlat byudjeti muvozanatini saqlashga qaratdilar. Bu davrda soliq tizimi soliqlarning ko’p turliligi va soliq stavkalarining yuqoriligi natijasida korxonalar daromadlarining 45 foizgacha byudjetga olib qo’yish bilan ifodalandi.

Soliqlar korxonalarni kengaytirish va texnika bilan qayta qurollantirishni cheklab, bu sohada soliqlar bo’yicha belgilangan ko’plab imtiyozlar ham ish bermadi. Shu davrda korxonalarda soliq yukini kamaytirish, ularni qiziqtirish rolini oshirish talab etildi.

 

4. Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va soliq salohiyatini baholashda soliq yuki hamda uning tahlili.

O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga doir izchil soliq siyosati strategiyasi olib borish natijasida har yili soliq yukini kamaytirish choralari amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ular ishlab chiqarishga, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, aholining real daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishga  qaratilgan. Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarni birxillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hol respublikamizda qo’llaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi.

Agar dunyo mamlakatlarida qo’llaniladigan soliq yuklarini izohlovchi statistika ma’lumotlariga murojaat etsak, shuni ko’rish mumkinki, YaIMga nisbatan soliq to’lovlari darajasi turli davlatlarda turlichadir. Bu esa iqtisodiy tartibga solish darajasidagi farqlar, yuritiladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yo’nalishi, muayyan mamlaktalarning geopolitik joylashuvi va boshqa omillar bilan izohlanadi. Umuman soliq yuki darajasi bo’yicha dunyo mamlakatlarini 3 guruhga ajratish mumkin:

  1. Soliqqa tortishning yuqori darajasi-soliqlar salmoqi YaIMning 40 foizidan ortiq (Lyuksemburg, Frantsiya);
  2. Soliqqa tortishning o’rtacha darajasi- soliqlar salmog’i YaIMning 30 foizidan 40 foizigacha (Daniya, Shvetsiya, Avstriya, Germaniya, Buyuk Britaniya);
  3. Soliqqa torishning o’rtachadan pastroq darajasi-soliqlar salmog’i YaIMning 30 foizigacha (Xitoyda (15%), Hindiston, Misr, Malayziya, Janubiy Koreya);

Agarda O’zbekiston respublikasida soliq yukining o’zgarish dinamikasiga e’tibor bersak uning pasayish tendentsiyaga ega bo’lishi va korxonalarimizning faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligidan dalolat beradi

1- diagramma

YaIM ga nisbatan soliq yukining o’zgarish dinamikasi9

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Bu esa aksariyat korxonalarning nihoyatda ogir moliyaviy axvolidan dalolat beradi. Soliqlarning turtinchi guruhiga davr harajatlari tarkibiga kiritiladigan er soligi, mol mulk soligi, suv resurslari uchun soliq, ekologiya soligi kiradi.

Bundan tashqari, byudjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar, ya’ni yul fondiga, nafaqa fondiga ajratma va boshqa fondlarga ajratmalar. Bu soliqlarning korxona  moliyavii iqtisodiy ahvoliga, shuningdek  soliq yukiga  ta’siri bevositami yoki bilvositami? degan savol tug’iladi.

Iqtisodiyotda soliq yuki darajasining kamaytirilishi soliqlarni hisoblash mexanizmlarini takomillashtirish, fiskal funktsiyalarni qisqartirish va soliqlarning rag’batlantiruvchi rolini kuchaytirish bilan birga davom ettirilmoqda. Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jaryonida soliq strategiyasiga binoan xo’jalik yurituvchi subektlarga nisbatan soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda birinchi navbatda, ularning daromadlaridan undiriladigan bevosita soliqlarning solmog’ini kamaytirish diqqat markazda turibdi. Buning natijasida korxona ixtiyorida qoladigan mablag’lar ulushining ko’payishi evaziga uning aylanma mablag’lari miqdorini ko’paytirib borish va optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida ko’proq investitsiya kiritish, xodimlar mehnatini yanada rag’batlantirish imkoni paydo bo’ladi. Sovet davridagi fiskal siyosat foydaning katta qismini undirilishini va qayta taqsimlanishini ko’zda tutar edi. Foyda soliqining o’ta yuqori stavkalarda olinishi (1990 yilda bu ko’rsatkich 55 foizni tashkil etgan) shunday vaziyatni vujudga keltirdiki, korxonalar o’zi ishlab chiqarishini kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashdan manfaatdor bo’lmay qoldi. Aynan shu sababli mamlakatimizda foyda solig’ini kamaytirish soliq taktikasi asosiy maqsad qilib olindi. Natijada, 1995 yilga kelib foyda solig’i stavkasi 38 foizga tushdi, 1999 yilda 33 foizga, 2007 yildan boshalab esa bu ko’rsatkich dunyodagi eng kam darajaga-10 foizga tushirildi. Kelgusi rejalarda – foyda solig’ini yanada kamaytirish mo’ljallangan. Shuni qayd etish lozimki, xalq istemol mollarini, bolalar uchun mo’ljallangan tovarlarni ishlab chiqarishni, mahalliy tovarlar eksportini rag’batlantirish maqsadida bunday tovarlar ishlab chiqaruvchilarga nisbatan foyda soliqining past stavkasi (7 foizgacha) qo’llaniladi.

Ishlab chiqaruvchiga nisbatan soliq yukining kamaytirilishi daromadlarning yashirin holdan chiqib, qonuniylashtirilishi va soliqqa oid tushumlarning muayyan darajada ko’payishiga olib keladi.

Har qaysi davlatning iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiquvchi soliq siyosati bir tomondan davlatning xazinasi(byudjeti)ni etarli miqdorda moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlashga xizmat qilsa, boshqa tomondan davlat tomonidan iqtisodiyotni oqilona tartiblashning eng qulay va samarali vositasi sifatida katta ahamiyatga ega bo’ladi. Soliq siyosatining o’zagini esa soliq strategiyasi va taktikasi tashkil etadi. Soliq strategiyasi va taktikasining mazmuni va yo’nalishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy sohadagi isloxotlarning mazmuni, davlatning iqtisodiy sohadagi belgilab olingan strategiyasi, iqtisodiyotga ta’sir etish usul va vositalarining shakli qolaversa mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga monand holda bog’liq bo’ladi.

 Agar, bugungi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar yo’nalishi iqtisodiy sohadagi belgilangan strategik vazifalar va iqtisodiy taraqqiyotning darajasiga e’tibor beradigan bo’lsak, ularning soliq siyosatining ustuvor strategik yo’nalishi bilan chambarchas bog’langanligini ko’rish mumkin. Soliq siyosatining ustuvor strategiyasining mazmuni esa soliqlarining rag’batlantiruvchilik rolini oshirish, soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini bosqichma–bosqich kamaytirib borish va shu orqali byudjet tizimiga tushumlarning barqaror tushishini ta’minlashdan iboratdir. Ushbu belgilangan strategik maqsadga o’z navbatida soliq stavkalarini pasaytirish, eng kerakli sohalarga yoki mahsulot turlariga soliq imtiyozlarini kengaytirish, bir xil soliq ob’ektiga qaratilgan soliq turlarini qisqartirish, soliq to’lashning muqobil variantlari (soddalashtirilgan) xillarining joriy etilishi kabi soliq siyosatining taktikalari real voqeylik sifatida qo’llanilmoqda.

Korxonalarda soliq yukini ifodalovchi ko’rsatkichlarni tahlil qilish jarayonida aniqlangan barcha ko’rsatkichlar amaliy ma’lumotlarni qo’llagan holda o’rganiladi. Soliq yukini tahlil qilganda shu narsani inobatga olish lozimki, uni faqat firma yoki korxona nuqtai nazaridan emas, balki davlat, korxona va jamoa nuqtai nazaridan ham qarab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Iqtisodiy erkinlashtirish orqali davlat zimmasidagi bir qator vakolatlar va vazifalarning quyi zvenolariga ya’ni, o’z–o’zini boshqarishga asoslangan xokimiyat bo’g’inlariga o’tkazilishi, davlatning tegishli organlari tomonidan jamiyat a’zolariga ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning ayrim turlari bo’yicha muqobil tarzda davlat organlari bilan birga ushbu xizmatlarni amalga oshiruvchi sub’ektlarning yuzaga kelishi, qolaversa, korxonalar, tashkilotlar va aholi tomonidan bunday xizmatlarning ba’zilarini ularning o’zlari tomonidan moliyalashtirish tashabbuslarining bildirilishi oxir oqibat nafaqat davlat byudjeti daromadlarini, shuningdek, byudjet harajatlarini ham erkinlashtirishga pirovardida esa soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishga moddiy asos yaratilishiga olib keldi.

Nazariy jihatdan olganda soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish ikki xil natijani keltirib chiqaradi. Birinchisi, shundan iboratki, agar, soliq yukini kamaytirish strategik siyosati bilan bir qatorda uning samarasini ta’minlash bilan bog’liq boshqa chora tadbirlar amalga oshirilmasa,  soliq yukining kamaytirilishi byudjet daromadlarining kamayishiga va ayrim turdagi soliq to’lovchilarda boqimandachilik kayfiyatlarini yuzaga kelishiga olib keladi. Ikkinchi natija shunday bo’ladiki, soliq yukini kamaytirish oqibatida byudjet daromadlarining yo’qotilishi qisqa muddatli harakterga ega bo’lib, ma’lum vaqtdan so’ng soliq to’lovchilarda ishlab chiqarishni kengaytirishga sharoit yaratilishi, ishlab topilgan va ularning o’zlarida qoldirilayotgan mablag’larning reinvestitsiya qilinishi oqibatida qo’shimcha soliq ob’ektining paydo bo’lishi hisobiga nafaqat byudjetdagi yo’qotishlar o’rni qoplanadi, balki qo’shimcha daromadlarga ega bo’linadi, ham soliq to’lovchilarning ishlab chiqarish imkoniyati oshadi. Respublikamizda izchil soliq-byudjet siyosatining amalga oshirilishi, soliq yukini kamaytirish bilan bog’liq boshqa aloqador chora tadbirlarning ishlab chiqilishi qayd etilgan soliq yukini kamaytirishning ikkinchi natijasi amalda ta’minlanishiga erishilayotganligini ko’rish mumkin.

Ta’kidlash o’rinliki, o’tgan yildagi etti yo’nalishda belgilab olingan ustuvor vazifalarimizning eng dastlabkisi sifatida byudjet va soliq islohotlarini chuqurlashtirish, soliq tizimini soddalashtirish va unifikatsiya qilish hamda soliq yukini yanada kamaytirilishining belgilanishi qolgan olti yo’nalishdagi vazifalarimiz bilan mantiqiy hamda nazariy-amaliy jihatdan bog’liqdir. Ya’ni, ushbu vazifaning bajarilishi boshqa vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga moddiy zamin yaratadi.

Информация о работе Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish