Интеграции среди стран СНГ

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 31 Октября 2013 в 14:07, дипломная работа

Краткое описание

O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ko’pgina muhim iqtisodiy islohatlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida chuqur o’zgarishlarni amalga oshirilishini taqazo etmoqda. Bunda bir qator bank tizimini jahon amaliyotini ilmiy idrok etish muhim ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa tomondan, jahon amaliyotini O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi sharoitida qo’llash samarali bo’lgan elementlarini tanlash ilmiy jihatdan O’zbekiston sharoitiga moslashtirish talab etiladi.

Содержание

Kirish .....................................................................................................................
3
I.Bob Tijorat banklari va ularning faoliyati………………………………….
7
Tijorat banklari va ularning funktsiyalari…………………………………
7
1.2. Tijorat banklarining zamonaviy xizmat turlari…………………………...
15
1.3. Tijorat banklari faoliyati bo’yicha xorij tajribasi…………………………
23
II-BOB. O’zbеkiston Rеspublikasi Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ining faoliyati……………………………………………………

30
2.1. O’zbеkistonda tijorat banklarining valyuta opеratsiyalarining huquqiy asoslari……………………………………………………………………………

30
2.2. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning tuzilishi va faoliyati………….
37
2.3.Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning valyuta operatsiyalari………................................................................................................

50
III-BOB. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatlarini takomillashtirish muammolari va yеchimlari………………………………….
3.1. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatidagi muammolarni yechish zaruriyati………………………………………………………………………….
3.2. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish yo’llari…

75

75
83
Xulosa va takliflar ..................................................................................................
94
Foydalanilgan adabiyotlar ......................................................................................
100

Вложенные файлы: 7 файлов

Annotatsiyam.docx

— 951.32 Кб (Скачать файл)

2.1 – jadval.

OAT “Aloqabank”ning 2010 - 2011 yillardagi xalqaro pul o’tkazmalari bo’yicha amalga oshirgan operatsiyalari hisobi

( mln AQSH dollarida )9

 

2011 yil 1yanvar holatiga

2012 yil 1 yanvar holatiga

Jami kelib tushgan mablag’

14 355 920,94

70 471 634,07

Jami jo’natilgan mablag’

3 092 045,51

7 303 031,47

Jami olingan daromad

104 524,92

415 346,40


 

Ushbu ko’rsatkichlarni OAT “Aloqabank” filiallari bo’yicha taqsimlab ko’rib chiqadigan bo’lsak quyidagi holatga guvoh bo’lamiz.  Ushbu 2.11 –  rasmda 2012 yil 1-yanvar holatiga OAT “Aloqabank”ning filiallarida 1 yil mobaynida xalqaro pul o’tkazish kompaniyalari orqali amalga oshirgan operatsiyalar ( jami kelib tushgan pul mablag’lari va jami jo’natilgan pul mablag’lari holati) ko’rsatilgan. 2.13 –rasmda ushbu filiallarning 2012 yil 1-yanvar holatiga pul o’tkazmalaridan olgan daromadlari taqsimoti keltirilgan.

      

   

2.11- rasm. 2012 yil 1 –yanvar holatiga filiallarning xalqaro pul o’tkazish operatisyalari.( mln. AQSh dollari ekvevalentida)10

2.12 – rasm. Filiallarning xalqaro pul o’tkazmalaridan olgan daromadlarining foizdagi taqsimoti.11

OAT “  Aloqabank” o’zining valyuta bilan bog’liq operatsiyalarida nafaqat xalqaro pul o’tkazmalari bilan balki valyuta oldi sotdisi bilan ham shug’ullanib kelmoqada. Xususan, 2011 yil 1 –yanvar holatiga ko’ra mijozlardan sotib olingan “swap” shartnomalari 5 220 386,80 ni tashkil qilgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2012 yil 1 - yanvar holatiga ko’ra 4 882 407,56 ga yetganini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari spot shartnomasi bo’yicha ham mijozlardan sotib olingan va mijozlarga sotilgan valyutalar yuzasidan bir qator shartnomalar tuzildi. 2011 yilda Aloqabank tomonidan jami spot shartnomasi bo’yicha mijozlarga sotilgan valyuta bitimlari to’g’risidagi ma’lumotlarga  quyidagi  2.13 – rasm orqali ega bo’lishimiz mumkin.

2.13 – rasm. Spot shartnomasi bo’yicha valyuta sotish bitimlari  dinamikasi 2011 yil( AQSh dollari, yevro va jami AQSh dollari ekvevalentida)..12

OAT “Aloqabank” ning  38ta  valyuta ayriboshlash shaxobchalari hozirda respublikamizning turli viloyatlarida mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatib kelmoqda. Ushbu valyuta ayriboshlash  shaxobchalar orqali  amalga oshirilgan AQSh dollari sotuvi 2011 yil 1 yanvar holatiga ko’ra  20 498 660 AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2012-yil 1-yanvar holatiga 1,5 barobar oshganini yani 32 596 970 AQSh dollarga yetganini ko’rishimiz mumkin.

 

III-BOB. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatlardagi muammolari va uni takomillashtirish yo’llari.

 

3.1. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatidagi muammolarni yechish zaruriyati.

 

Tijorat bankalarining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish haqida so’z yuritganda valyuta munosabatlarini takomillashtirish asosiy o’rni egallaydi. Valyuta munosabatlarini takomillashtirish masalalari esa valyuta munosabatlarini erkinlashtirish chora-tadbirlarini nazarda tutadi.

Bugungi kunda valyuta  munosabatlari tizimi va uning amal qilish mexanizmi sezilarli darajada erkinlashtirildi. Xususan bunga birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarining erkinlashtirilishi, naqd xorijiy valyuta bilan savdo qilish tartiblarining soddalashtirilganligi ularning ko’lami kengaytirilganligini  valyuta kurslarining sezilarli darajada birxillashtirilganligini qisman valyuta tushumlaridan majburiy sotuvning bekor qilinganligini turli ko’rinishdagi valyutaviy cheklov turlarining bekor qilinganligini kiritish mumkin.

Valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida muhim rol oynaydi. Ayniqsa valyuta kursi o’zgarishlarining ta’siri bunga yaqqol misol bo’la oladi. Valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi quyidagi salbiy holatlarni yuzaga ketirib chiqarishi mumkin.

Tijorat banklari kredit portfelining yomonlashuvi va ular barqarorligining pasayishiga olib keladi. Buning sababi, import iste’mol qiladigan sanoat korxonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuvi ular tomonidan olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz to’lovlarining tijorat banklariga o’z vaqtida qaytarish va to’lash muammosini yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa banklar kredit portfeliga va barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin;

Erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga bo’lgan talabning ortishiga saba bo’lishi mumkin. Valyuta bozorini erkinlashtirishning dastlabki bosqichida so’mning chet el valyutasiga bo’lgan konvertatsiyasiga keng yo’l ochilishi sababli, ayrim xalq iste’mol mollarini import qilish uchun erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga bo’lgan talab hajmining o’sishiga xavf  solishi mumkin. Bu esa o’z navbatida valyuta bozoridagi talab va taklif  muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Ayni paytda tijorat banklarida krеditlarni muammoga aylanish ehtimolligini pasaytirish va  banklarda valyuta opеratsiyalari nazoratini amalga oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar ko’rilmoqda, xususan bu borada mas'ul bo’linmalar faoliyati xalqaro andozalar talablariga muvofiqlashtirilmoqda. Ammo, shu bilan birga ayrim tijorat banklarida oldingi davrlarda zarur monitoringni amalga oshirmasdan  joylashtirilgan aktivlarni bugungi kunga kеlib qaytarilishi muammoga aylanmoqda. Fikrimizcha, ushbu muammolarni kеlgusida takrorlanishini oldini olish va aktivlarning tavakkalchilik darajasini minimallashtirish maqsadida ajratilgan aktivlarning o’z muddatlarida qaytarilishini ta'minlash yuzasidan doimiy monitoring o’rnatish zarur.

 

3.2. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish  yo’llari.

 

Har qanday tashqi iqtisodiy faoliyat valyuta munosabatlarini talab etar ekan, demak tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi valyuta munosabatlarining takomillashuvi bilan parallel ravishda ta’minlanishi kerak. Hozirgi paytda, fikrimizcha valyuta operatsiyalarni rivojlantirish va takomillashtirish, avvalombor, sifatli, uzluksiz, jahon andozalariga mos keliuvchi bank xizmatini tashkil etishga qaratilishi kerak. Valyuta bozorining rivojlanib borishi va unda amalga oshiriladigan operatsiyalarning kengayib borishi, xorijiy valyutaga bo’lgan talabning qondirilishi va valyuta kursini talab va taklif o’zgarishi natijasida tebranishiga olib keladi. O’z navbatida, bunday tebranishlar muddatli bitimlarga ehtiyojni yuzaga keltiradi.

Ma’lumki O’zbekistonda kuzatilayotgan valyuta kursidagi o’zgarishlar bir tomonlama  ekanligi , ya’ni devalvatsiyalanayotganligini bilamiz. Muddatli valyuta operatsiyalariga bo’lgan ehtiyoj esa valyuta kursining qisqa va uzoq muddatlarda tebranishiga bog’liq bo’ladi.

Shuning uchun valyuta kursini bir maromda tebranishi yuzaga kelmasdan turib, muddatli valyuta operatsiyalarini keng ommaga taklif qilish samarasiz kechishi mumkin. Buning uchun esa, avvalambor valyuta bozori rivojlangan va yetarlicha salohiyatga ega bo’lishi zarur. Valyuta bozorini rivojlanishiga ta’sir etuvchi  asosiy omil esa, mamlakatda amalga oshirilayotgan tashqi iqtisodiy faoliyatlar hisoblanadi.

Tashqi iqtisodiy faoliaytlarni bajarishda mavjud asosiy muammolar xalqaro andozalarga mos keluvchi, yagona valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tizimining shakllanmaganligidadir. O’zbekiston valyuta bozori muddatli valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga xizmat qilishga hali tayyor emas. Bunga esa ma’lum bir muammolar to’sqinlik qilmoqda.

Mavjud muammolarga quyidagilarni kiritish mimkin:

  • Banklarda muddatli valyuta operatsiyalar vositalardan foydalana oladigan malakali kadrlarning yetishmasligi;
  • Mijozlarning bu kabi operatsiyalarni o’tkazish va ularning qulayligi bilan tanish emasligi;
  • Milliy valyuta bozirimizda muddatli valyuta operatsiyalarini bajarish bo’yicha zaruriy choralar hali ko’rilmaganligidir.

Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni bosqichma –bosqich hal qilib borilishi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta bozorini tashkil etuvchi valyuta operatsiyalarini takomillashishiga olib keladi.

 

XULOSA

Bugungi globallashuv  sharoitida bank tizimi eng zarur jamoatchilik muassasalari tizimlaridan biri ekan, har qanday bankning muvaffaqiyatsizligi butun jamiyat miqyosida pul taklifi  qisqarishi, to’lov tizimi buzilishi hamda hukumat yirik va kutilmagan majburiyatlarining vujudga kеlishi kabi salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib kеlishi mumkin.

Rеspublikamiz hukumati tomonidan bank sohasiga bеrilayotgan e’tibor katta. Xususan, valyuta  bozorini  erkinlashtirishda  puxta va  uzoqni  ko’zlab amalga  oshirilgan  siyosat O’zbekistonga  iqtisodiy  tebranishlarni  chetlab  o’tish,  mamlakatdan kapitalning  oqib ketishi,  shu bilan  birga  valyuta zaxiralarining  kamayib ketishini oldini olish,  moliyaviy  inqirozlarning  salbiy  oqibatlaridan  himoyalanish  imkonini  berdi.

Bugungi kunda valyuta  munosabatlari tizimi va uning amal qilish mexanizmi sezilarli darajada erkinlashtirildi. Xususan bunga birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarining erkinlashtirilishi, naqd xorijiy valyuta bilan savdo qilish tartiblarining soddalashtirilganligi ularning ko’lami kengaytirilganligini  valyuta kurslarining sezilarli darajada birxillashtirilganligini qisman valyuta tushumlaridan majburiy sotuvning bekor qilinganligini turli ko’rinishdagi valyutaviy cheklov turlarining bekor qilinganligini kiritish mumkin. Valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi tashqi iqtisodiy aloqaning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.

Har qanday tashqi iqtisodiy faoliyat valyuta munosabatlarini talab etar ekan, demak tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojlanishi valyuta munosabatlarining takomillashuvi bilan parallel ravishda borishini ta’minlanishi kerak. Shunday ekan bankalrning tashqi iqtisodiy faoliyatnini takomillashtirish uchun ham ularda amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarini ham rivojlantirish zarur. Valyuta operatsiyalarni rivojlantirish va takomillashtirish, avvalombor, sifatli, uzluksiz, jahon andozalariga mos keliuvchi bank xizmatini tashkil etishga qaratilishi kerak.

Valyuta bozorining rivojlanib borishi va unda amalga oshiriladigan operatsiyalarning kengayib borishi, xorijiy valyutaga bo’lgan talabning qondirilishi va valyuta kursini talab va taklif o’zgarishi natijasida tebranishiga olib keladi. O’z navbatida, bunday tebranishlar muddatli bitimlarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. O’zbekiston valyuta bozori muddatli valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga xizmat qilishga hali tayyor emas. Bunga esa ma’lum bir muammolar to’sqinlik qilmoqda. Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun ishlab chiqgan takliflarimiz quyidagilardan iborat:

    • Ma’lumki O’zbekistonda kuzatilayotgan valyuta kursidagi o’zgarish-

lar bir tomonlama  ekanligi , ya’ni devalvatsiyalanayotganligini bilamiz. Muddatli valyuta operatsiyalariga bo’lgan ehtiyoj esa valyuta kursining qisqa va uzoq muddatlarda tebranishiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun valyuta kursini bir maromda tebranishi yuzaga kelmasdan turib, muddatli valyuta operatsiyalarini keng ommaga taklif qilish samarasiz kechishi mumkin. Buning uchun esa, avvalambor valyuta bozori rivojlangan va yetarlicha salohiyatga ega bo’lishi zarur.

    • O’zbekiston Respublikasida muddatli valyuta operatsiyalarini amalga

oshirish bo’yicha qat’iy huquqiy cheklov mavjud emas. Bu borada banklarni muddatli shartnomalarni tuzishda yagona cheklov sifatida “ Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi Nizomni keltirish mumkin. Banklar ichki yoki tashqi bozorlarda, oltindan tashqari, aksioner kapitali, qimmatbaho metallar va boshqa tovarlarga asoslangan forvard, svop bitimlari, opsion va shu kabi boshqa derivativ shartnomalarga, bunday bozorlar shartnoma qiymatini Bazel kelishuvi talablariga mos, bozor asosida aniqlash uchun yetarli darajada rivojlanmaguncha  va banklar o’zlari bu kabi operatsiyalarga tayyor ekanliklarini ko’rsatmaguncha kirishish huquqiga ega emaslar. Derivative vositalar bilan operatsiyalarni bajarish uchun ruxsatnoma Markaziy bank tomonidan taqdim etiladi.13 Mazkur me’yor valyuta bozorining joriy holatidan kelib chiqqan holda qabul qilingan, bu muammoni bartaraf etish uchun;

    • Banklarda muddatli valyuta operatsiyalar vositalardan foydalana

oladigan malakali kadrlarning  tayyorlash zarur;

    • Mijozlarning bu kabi operatsiyalarni o’tkazish va ularning qulayligi

bilan tanishtirish kerak;

    • Milliy valyuta bozirimizda muddatli valyuta operatsiyalarini bajarish

bo’yicha zaruriy choralar ishlab chiqilishi lozim.

Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni bosqichma –bosqich hal qilib borilishi tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishga va shu o’rinda valyuta bozorini tashkil etuvchi valyuta operatsiyalarini rivojlantirishga olib keladi.

1 Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий тараққиётининг мустақиллик йилларидаги (1990–2010 йиллар)асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011–2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари:статистик тўплам.– Т.:O‘zbekiston, 2011.–30 б.

2 Mullajonov F.M.,O’zbekiston Respublikasi bank tizimi.-Toshkent: “O’zbekiston”.2011.-348 b.

3 www.factbook.org.com/Documents/Books/ CBRC/2010y

4 www.factbook.org.com/Documents/Books/ CBRC /2010y

5 China Ranking Regulatory Commission (CBRC) 2008  йил ҳисоботи

6 China Banking Regulatory Commission (CBRC) Ушбу қўмитанинг махсус сайти www.cbrc.gov.cn маълумоти

7  http://aloqabank.uz/uz/articles/15/Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

8 http://aloqabank.uz/uz/articles/15/ Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

9 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

10 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

11 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

12 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

13 O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 20-iyundagi 949-3-sonli “Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi Nizmo (yangi tahrir).


БМИ (топшири?им).doc

— 44.00 Кб (Просмотреть документ, Скачать файл)

илмий хулосам.doc

— 35.50 Кб (Просмотреть документ, Скачать файл)

Информация о работе Интеграции среди стран СНГ