Автор работы: Пользователь скрыл имя, 31 Октября 2013 в 14:07, дипломная работа
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ko’pgina muhim iqtisodiy islohatlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida chuqur o’zgarishlarni amalga oshirilishini taqazo etmoqda. Bunda bir qator bank tizimini jahon amaliyotini ilmiy idrok etish muhim ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa tomondan, jahon amaliyotini O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi sharoitida qo’llash samarali bo’lgan elementlarini tanlash ilmiy jihatdan O’zbekiston sharoitiga moslashtirish talab etiladi.
Kirish .....................................................................................................................
3
I.Bob Tijorat banklari va ularning faoliyati………………………………….
7
Tijorat banklari va ularning funktsiyalari…………………………………
7
1.2. Tijorat banklarining zamonaviy xizmat turlari…………………………...
15
1.3. Tijorat banklari faoliyati bo’yicha xorij tajribasi…………………………
23
II-BOB. O’zbеkiston Rеspublikasi Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ining faoliyati……………………………………………………
30
2.1. O’zbеkistonda tijorat banklarining valyuta opеratsiyalarining huquqiy asoslari……………………………………………………………………………
30
2.2. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning tuzilishi va faoliyati………….
37
2.3.Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning valyuta operatsiyalari………................................................................................................
50
III-BOB. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatlarini takomillashtirish muammolari va yеchimlari………………………………….
3.1. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatidagi muammolarni yechish zaruriyati………………………………………………………………………….
3.2. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish yo’llari…
75
75
83
Xulosa va takliflar ..................................................................................................
94
Foydalanilgan adabiyotlar ......................................................................................
100
hamda xorijiy davlatlarda mablag'larni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish kiradi.
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 noyabrdagi 566-sonli «O’zbеkiston Rеspublikasi valyuta birjasida opеratsiyalar hajmini kеngaytirish tadbirlari to’g’risidagi» qaroriga binoan O’zbеkistonda korxonalar va tashkilotlarning chеt el valyutasidagi vaqtinchalik bo’sh mablag’larini jalb qilish, hamda o’tkazilayotgan valyuta almashtirish opеratsiyalari samaradorligini oshirish hisobiga valyuta bozori hajmi kеngaytirildi.
2003 yil oktabr oyida milliy valyutani konvertatsiya qilish bo’yicha XVF talablari asosida XII bandining imzolanishi mamalakat valyuta siyosatida muhim o’zgarishlarga olib keluvchi qadam bo’ldi. Bu konvertatsiyalash barcha iqtisodiy agentlarga xorijiy valyutaning rejimini qabul qilishni anglatdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 263 – sonli “ Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi va 2001 yil 10 iyuldagi 294 – sonli “ Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari mamlakatimiz moliya tizimini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Bu Valyuta bozoridagi o’zgarishlarni tezlashtirdi iqtisodiyotimizning jahon kapital bozorlariga chiqishiga ko’maklashdi.
2.2. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank” bankining tuzilishi va faoliyati.
Ochiq aksiyadorlik – tijorat “Aloqabank” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyasi tarmoqlarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va ularning ish sifatini yaxshilash chora – tadbirlari to’g’risida”gi 502- sonli Qaroriga asosan, aloqa korxonalariga, kichik va o’rta biznes subyektlariga moliyaviy ko’mak berish maqsadida tashkil qilindi. Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasini yaratish vazifasi qo‘yilgan.
Hozirgi kunda Respublikamiz hududida Aloqabankka qarshli 12ta filiali, 26ta minibank, 129ta operatsion kassalari, 27ta xalqaro pul o’tkazish hamda 38ta valyuta ayriboshlash shaxobchalari faoliyat yuritib kelmoqda.
OAT “Aloqabank”ning jami aksiyadorlari soni 3641tani tashkil etib, ularning 641tasi yuridik va 3000 tasi jismoniy shaxslarni tashkil etadi. Bank aksiyadorlari safida bir qator nufizli kompanyalar,tashkilotlar va qo’shma korxonalar o’rin olgan:
jamg’armasi;
Doimiy ravishda jo’shqin rivojlanib kеlayotgan Aloqabank o’zining bank xizmatlari bozoridagi ishtirokini kеngaytirib kelmoqda. 2010 yilda Bank o’z mojozlariga zamonaviy moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar paketini taklif etdi.Ko’rsatilgan bank xizmatlarining sifati va ko’lamini kengaytirishi hisobiga mijozlar bazasi hisobot sanasiga 133 221 tani tashkil etdi. Mijozlar bazasini tarkibi quyidagilardan iborat
tadbirkorlar – 3 485ta
2010 yilda Bank o’zning resurs salohiyatini oshirish, oqilona tavakkalchilik
va samarali boshqarish uslublarini uyg’unlashtiruvchi strategik rivojlantirish siyosatini olib bormoqda. Buning isboti sifatida 2010 yilda Bank O’zbekistondagi banklar orasida o’z o’rnini mustahkamlab, o’tgan yilga nisbatan bank aktivlari 41.7%ga o’sdi va 344,6 mlrd so’mni tashkil etdi.
Bankning aktivlari tarkibi 2011 yil 1- yanvar holatiga (mlrd so’m; %da)
Bankning umumiy aktivlarida daromad keltiruvchi aktivlarning ulushini oshirish bo’yicha katta tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasida hisobot davri davomida daromad keltiruvchi aktivlarning hajmi 272,5 mlrd so’mni tashkil qilib, o’tgan yilga nisbatan 74,2 mlrd so’mga yoki 37,4%ga oshdi, jami aktivlardagi ulushi esa 79,1 %ni tashkil etdi.
Bank faoliyatining muhim omili – uning barqarorligi, jumladan, kapitallashuv darajasining yuqoriligidir. Oxirgi 5 yil mobaynida OAT “Aloqabank” o’zining moliyaviy barqarorligini isbotlab kelmoqda – bankning xususiy kapitali 2006 yilda 9,0 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2010 yilda 64,8 mlrd so’mni tashkil etdi va 2006 yilga nisbatan 7,2 barobar o’sdi. Birgina 2010 yilda bank ustav kapitali o’tgan yilga nisbatan 40,0 %ga o’sdi.
2010 yil davomida bank aksiyalarining 16 – emissiyasi e’lon qilinib, hisobot sanasiga bankning ustav kapitali 48,9 mlrd so’mni tashkil etdi va hozirgi kunda (12.04.2011) 50,0 mlrd so’m miqdorida shakllantirib, o’tgan yilga nisbatan 47,0%ga o’sdi.
2.3. Tashqi iqtisodiy faoliyat Aloqabankining valyuta opеratsiyalari.
Mijozlarga keng ko’lamdagi sifatli bank xizmati ko’rsatilishini ta’minlash maqsadida OAT “Aloqabank” o’zining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida vakillik munosabatlari tizimini takomillashtirish, vakillik munosabatlari o’rnatilgan banklar bilan o’zaro iqtisodiy manfaatli tamoyillar asosida hamkorlik olib borish borasidagi ishlarni kengaytirib kelmoqda. Xalqaro nufuzli JP Morgan Chase Bank, Commerzbank AG, Tashqi iqtisodiy aloqalar Milliy Banki, O’zsanoatqurilishbanklar kabi ishonchli, moliyaviy barqaror banklar bilan o’zaro hamkorlikni davom ettirmoqda.
Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rsаtib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda. Yuqoridagi so’zlarimiz tasdiqi sifatida OAT “Aloqabank” valyuta aktivlarini samarali boshqarish bo’yicha o’z stratеgiyasini ishlab chiqilgan bo’lib u bankning stratеgik rеjasining bir qismi hisoblanadi , u O’zbеkiston Rеspublikasining «O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi, «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi qonunlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi Nizomi va boshqa valyuta amaliyotini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va mе'yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo’lib, bevosita u valyuta aktivlarini samarali boshqarish stratеgiyasini ham bеlgilab beradi.
Bank hisobot davrida jismoniy shaxslarga har tomonlama to’liq va
sifatli bank xizmatlarini ko’rsatish maqsadida faoliyat
ko’rsatayotgan 27ta xalqaro pul o’tkazish shaxobchalari “
Western Union”, “Leader”, “Contact”, “
2.1 – jadval.
OAT “Aloqabank”ning 2010 - 2011 yillardagi xalqaro pul o’tkazmalari bo’yicha amalga oshirgan operatsiyalari hisobi
( mln AQSH dollarida )14
2011 yil 1yanvar holatiga |
2012 yil 1 yanvar holatiga | |
Jami kelib tushgan mablag’ |
14 355 920,94 |
70 471 634,07 |
Jami jo’natilgan mablag’ |
3 092 045,51 |
7 303 031,47 |
Jami olingan daromad |
104 524,92 |
415 346,40 |
2012 yil 1 – yanvar holatiga yuqoridagi vaziyatlarni 2.11 – 2.12 - rasm orqali ko’rishimiz mumkin. Ushbu rasmda ham OAT “Aloqabank” filiallarini 2011 yil mobaynida xalqaro pul o’tkazish kompaniyalari orqali amalga oshirgan operatsiyalari ( jami kelib tushgan pul mablag’lari va jami jo’natilgan pul mablag’lari holati) keltirilgan. Keyingi 2.12 –rasmda ushbu filiallarning 2012 yil 1-yanvar holatiga xalqaro pul o’tkazmalaridan olgan daromadlari taqsimoti keltirilgan.
OAT “ Aloqabank” o’zining valyuta bilan bog’liq operatsiyalarida nafaqat xalqaro pul o’tkazmalari bilan balki valyuta oldi sotdisi bilan ham shug’ullanib kelmoqada. Xususan, 2011 yil 1 –yanvar holatiga ko’ra mijozlardan sotib olingan “swap” shartnomalari 5 220 386,80 ni tashkil qilgan bo’lsa bu ko’rsatkich 2012 yil 1 - yanvar holatiga ko’ra 4 882 407,56 ga yetganini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari spot shartnomasi bo’yicha ham mijozlardan sotib olingan va mijozlarga sotilgan valyutalar yuzasidan bir qator shartnomalar tuzildi. 2011 yilda Aloqabank tomonidan jami spot shartnomasi bo’yicha mijozlarga sotilgan valyuta bitimlari to’g’risidagi ma’lumotlarga quyidagi 2.13 – rasm orqali ega bo’lishimiz mumkin.
2.13 – rasm. Spot shartnomasi bo’yicha valyuta sotish bitimlari dinamikasi 2011 yil uchun.15
2.2 – jadval.
2011 yil davomidagi spot shartnomasi bo’yicha valyuta sotish bitimlarining har oylik qiymati16
Oylar |
|
Yevro |
Jami AQSh $ ekvivalentida | ||
Yanvar |
1345504,77 |
1,50 |
1345506,72 | ||
Fevral |
4670111,13 |
16687,14 |
4692793,45 | ||
Mart |
3014868,8 |
18178,75 |
3033047,55 | ||
Aprel |
3250697,77 |
10,9 |
3250708,67 | ||
May |
2485739,09 |
12430,52 |
2503412,2 | ||
Iyun |
3044011,19 |
2300580 |
3073683,01 | ||
Iyul |
3918125,01 |
39940,03 |
5941920,85 | ||
Avgust |
2736100,16 |
7112,5 |
2746323,65 | ||
Sentabr |
2310869,04 |
317442,54 |
2740926,22 | ||
Oktabr |
1859974,82 |
111908,56 |
2016465,04 | ||
Noyabr |
3313526,02 |
20785,5 |
3341956,26 | ||
Dekabr |
9934422,52 |
7221,05 |
9947735,34 |
2.14 –rasm. 2011 yil davomida har oylik spot shartnomasi bo’yicha mijozlardan sotib olingan valyuta bitimlarining dinamikasi.17
Bank tomonidan o’tgan yillar mobaynida swap muddatli vayuta operatsiyalarini ham amalga oshirib keldi. Xususan 2009 yil davomida 532 582 AQSh dollari qiymatidagi swap shartnomalari mijozlar bilan tuzildi. 2010 yilda bu ko’rsatkich 1 265 000 AQSh dollari miqdorida bo’gan bo’lsa, 2011 yil holatiga ko’ra swap shartnomalarning qiymati 5 329 304 AQSh dollariga teng bo’ldi. Bu ko’rsatkichlar o’tgan yillar davomida swap shartnomalari bo’yicha operatsiyalarining ber necha barobarga oshganidan dalolat beradi. Quyida 2011 yil davomida har oylik swap muddatli valyuta operatsiyalari miqdori bo’yicha 2.15 – rasm orqali ma’lumotga ega bo’lamiz.
2.15. –rasm. 2011 yil uchun Swap bitimlarining har oylik ko’rsatkichlari dinamikasi ( ming. AQSh dollarida)18
OAT “Aloqabank” ning 38ta valyuta ayriboshlash shaxobchalari hozirda respublikamizning turli viloyatlarida mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatib kelmoqda. Ushbu valyuta ayriboshlash shaxobchalar orqali amalga oshirilgan AQSh dollari sotuvi 2011 yil 1 yanvar holatiga ko’ra 20 498 660 AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2012 yil 1 yanvar holatiga 1,5 barobar oshganini yani 32 596 970 AQSh dollarga yetganini ko’rishimiz mumkin. Bu holatni AQSh dollarining xaridida ham ko’rishimiz mumkin. 2011 yil 1 yanvar holatiga valyuta ayriboshlash shaxobchalari orqali AQSh dollarining xaridi 5 622 002 AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, 2012 yil 1 yanvar holatiga ushbu ko’rsatkich 10 055 375 AQSh dollariga yetganini ko’ramiz. Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 1,8 barobarga oshgan. Shuningdek valyuta ayriboshlash shaxobchalarda yevro sotuvi va xaridida ham bir qator o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. 2011 yil 1 yanvar holatiga ko’ra valyuta ayriboshlash shaxobchalari orqali sotilgan yevro 104 800 yevroga yetgan bo’lsa, 2012 yil 1 yanvar holatiga ko’ra bu ko’rsatkich 60 555 yevroni tashkil qilgan. Yevro bo’yicha valyuta ayriboshlash shaxobchalari orqali amalga oshirilgan xaridga to’xtaladigan bo’lsak, 2011 yil 1 yanvar holatiga yevro xaridi 67 321 yevroni tashkil qilgan bo’lsa, 2012 yil 1 yanvar holatiga bu ko’rsatkich 19 990 yevroga yetgan. Valyuta konvertatsiyasi uchun bankga 2011 yil 1 yanvar holatiga 143 ta buyurtmalar qabul qilingan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2012 yil 1 yanvar holatiga 208 taga yetganini ko’rishimiz mumkin.
III BOB. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatlardagi muammolari va uni takomillashtirish yo’llari.
3.1. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatidagi muammolarni yechish zaruriyati.
Valyuta bozorining erkinlashtirilishini yanada aniqroq mazmundagi ijobiy va salbiy natijalarini quyidagi tarmoq yo’nalishlarida yaqqol sezish mumkin. Uning ijobiy ta’siri quyidagi natijalarga olib kelishi mumkin:
Birinchidan, eksportchilar uchun qo’shimcha daromad olishni rag’batlantirishga. Ayriboshlash kurslarining erkinlashtirilishi iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan sohalari o’sishini rag’batlantirishga va iqtisodiyotdagi mavjud hamda yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilayotgan eksport tovarlar hajmining oshishiga,import tovarlar hajmining esa kamayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, import o’rnini bosishga qaratilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga. Importning qimmatlashuvi xalq iste’mol mollari, oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati mollari ishlab chiqaruvchi mahalliy import o’rnini bosuvchi korxonalarning kengayishida olib keldi.
Uchinchidan, investitsion muhit va chet el investitsiyalari oqimining yaxshilanishiga. Valyuta kursi rejimining erkinlashtirilishi Respublika investitsion muhitining yaxshilanishiga, tarkibiy strukturasining o’zgarishi va kengayishiga, chet el investorlarining iqtisodiyotning real sektorlariga, bank va moliya institutlariga bo’lgan qiziqishlarining oshishiga va qo’shma korxonalar sonining ko’payishiga hamda ular eksport tovarlari ishlab chiqarish hajmining o’sishiga sharoit yaratdi.
To’rtinchidan, davlat byudjeti daromadlarining qo’shimcha ravishda ortishiga. Ayriboshlash kurslarining erkinlashtirilishi importga bo’lgan QQS va aksiz soliqlari hamda bojxona bojlaridan tushadigan tushumlarning sezilarli darajada o’sishini keltirib chiqardi. Bu yerda to’g’ri soliqlarning tushumi importga tobe bo’lgan sohalardagi yalpi xarajatlarning ortishi natijasida egri soliqlarga nisbatan pastroq bo’lishi mumkin.
Valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi iqtisodiyot tarmoqlarida quyidagi salbiy holatlarni yuzaga chiqardi va chiqarishi mumkin:
Birinchidan, iste’mol narxlari indeksining qo’shimcha ravishda o’sishiga:
a) ayriboshlash kurslarining unifikatsiya qilinishi ayrim ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan xalq iste’mol mollari ( shakar, hayvon yo’g’i, oziq-ovqat mahsulatlari, dori-darmonlar, video-avdio texnika, keramika mahsulotlari va boshqalar) importi bo’yicha narxlarning qayta ko’rib chiqilishini va natijada ular bahosining o’sib boroshiga olib kelishi mumkin.
b) texnologik jihatdan ayrim import xom-ashyosi va yarim tayyor fabrikatlarga bog’liq bo’lgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi, ular bahosining ichki bozorda ham oshishiga olib keldi.
Ikkinchidan,erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga bo’lgan talabning ortishiga. Valyuta bozorini erkinlashtirishning dastlabki bosqichida so’mning chet el valyutasiga bo’lgan konvertatsiyasiga keng yo’l ochilishi sababli, ayrim xalq iste’mol mollarini import qilish uchun erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga bo’lgan talab hajmining o’sishiga xavf solishi mumkin. Bu esa o’z navbatida valyuta bozoridagi talab va taklif muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Uchinchidan, Ishlab chiqarishda bevosita import iste’mol qiluvchi korxonalar ahvolining yomonlashuviga. So’mning devalyutavatsiya qilinishi bir qator importga bog’liq bo’lgan korxonalar moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda muammo ularni qayta tuzishga (restrukturizatsiyaga) yoki sanatsiya qilishgacha ham borib yetishi mumkin. Bunday korxonalar qatoriga samolyotsozlik, mashinasozlik (shu jumladan, qishloq xo’jaligi mashinasozligi), asbob-uskuna va stanok hamda kimyo sanoati korxonalarini kiritish mumkin. Shu bilan birga, mazkur korxonalarning tashqi qarzga xizmat ko’rsatish hajmi keskin qimmatlashishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, AQSH dollarining qimmatlashuvi chet el kreditlari va ularga hisoblangan foiz to’lovlari xarajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin.
To’rtinchidan, Tijorat banklari kredit portfelining yomonlashuvi va ular barqarorligining pasayishiga. Buning sababi, import iste’mol qiladigan sanoat korxonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuvi ular tomonidan olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz to’lovlarining tijorat banklariga o’z vaqtida qaytarish va to’lash muammosini yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa banklar kredit portfeliga va barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Beshinchidan, ish o’rinlarining vaqtinchalik qisqarishiga. Valyuta kursining erkinlashtirilishi natijasida ayrim sanoat korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarining keskin ortishi sababli, ular tomonidan bir qism ish o’rinlarining qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Oltinchidan, tashqi qarzdorlikka xizmat ko’rsatishning qimmatlashuviga. Bu korxonalar tomonidan xorijiy kreditlarni qaytarish va ularni hisoblangan foiz to’lovlarini to’lash xarajatlarining ortishiga olib keladi. Agar biz ushbu jarayonning sezilarli qismi Hukumat kafolati ostida olinga kreditlar tashkil etishini inobatga olsak, muammoning yanada jiddiy ekanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Ya’ni davlat byudjeti xarajatlarini qo’shimcha ravishda ortishiga olib kelishi mumkin.
Yettinchidan, davlat byudjeti xarajatlarining qo’shimcha ravishda ortishiga. Aholining ijtimoiy nochor qatlamini manzilli qo’llab-quvvatlash va davlat tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish masalalari davlat budjeti xarajatlarining qo’shimcha ravishda ortishiga olib kelishi mumkin.
Sakkizinchidan, tovar va xizmatlar importi qiymatini ng oshishi hisobiga joriy opеratsiyalar bo’yicha to’lov balansining yomonlashuviga olib kеlishi mumkin.
3.1-rasm. Tijorat banklari aktivlarini samarali boshqarishda monitoringni o’tkazishning tavsiya etilayotgan uslubi12
Bundan tashqari valyuta operatsiyalarini bank tomonidan nazorat qilinmasligi va shuningdek banklarning aktiv operatsiyalari bo’yicha ham monitoringni tashkil qilinmaganligi ayrim tijorat banklarida mas'ul xodimlar tomonidan aktivlar sifatiga salbiy ta'sir qiluvchi omillarni bartaraf etish choralari еtarlicha ko’rilmayotganligi, amalga oshirilayotgan aktiv opеratsiyalar bo’yicha dastlabki monitoringni aksariyat hollarda yuzaki tashkil etilishi sababli aktivlarni qaytmaslik tavakkalchiligi darajasini yuqoriligi, samarali foiz siyosatini shakllantirish borasida kamchiliklar mavjudligi sababli, bank daromadlari xarajatlarni qoplay olmayotganligi; ko’pchilik holatlarda esa krеditlarni tasdiqlangan biznеs rеjada ko’rsatilgan maqsad bo’yicha yo’naltirilmasligi, kafillik bеruvchi yuridik va jismoniy shaxslar moliyaviy ahvoli to’g’risida ma'lumotlarni to’liq o’rganilmayotganligi va kafil tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari to’liq talab qilib olinmaslik holatlari mavjudligi aktivlarni boshqarishda ularning sifat monitoringiga alohida e'tibor qaratilishini talab qilmoqda.