Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 05 Февраля 2015 в 03:25, курсовая работа

Краткое описание

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Содержание

KIRISh ……….…………….…………………………….

1.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari…...............................….

2.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri….…....…………………

3.
Hududlar soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari…………

4.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va soliq salohiyatini baholashda soliq yuki hamda uning tahlili.......…..................……………..

5.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini baholash muammolari ....................


Xulosa …………………………………….…


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….….

Вложенные файлы: 1 файл

kurs ish.DOC

— 765.50 Кб (Скачать файл)

Pul-kredit siyosatidan «inflyattsiya to’liq band bo’lish» ga erishish uchun ham foydalanish mumkin: muomalada pul miqdorining o’zgarishi foiz stavkasiga ta’sir ko’rsatadi, natijada investitsiyalar hajmi-jamuljam talabning eng muhim elementi hisoblanadi. Bunda muomalaning tezlanish miqdori pul taklifining o’zgarishiga teskari yo’nalishda o’zgaradi, bu esa narxlarga salbiy ta’sirni kamaytiradi. Keynschilar, muomalada pul miqdorining o’zgarishi narxlarning umumiy darajasiga kam ta’sir etadi, chunki pul massasining o’sishi yoki kamayishi pul muomalasi tezligining tegishlicha kamayishi yoki o’sishi bilan kompensatsiyalanadi.

Biroq pul-kredit siyosati soliq siyosatiga qaraganda ancha samarasizdir:

    Birinchidan, investitsiyalarga talab foiz stavkasiga juda oz bog’liq bo’lishi mumkin.

Ikkinchidan pul muomalasining tezligi barqaror emas va uni oldindan aytib bo’lmaydi, mazkur miqdorning to’satdan o’zgarishi Markaziy bankning sa’y-harakatlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. 

     70-80 yillarda yangi klassik yo’nalishdagi iqtisodiy maktablarning xukumron mavqeylari tiklana boshladi. Ularning paydo bo’lishi asosan keynschilikning bir qator muammolarini xal qilishni uddalashga, avvalo inflyatsiyaga qarshi kurashga noqobilligi bilan boshlangan. Keynschilikning nazariy xulosalariga birinchi bo’lib M.Fridmen boshchiligida monetaristlar muqobil ta’riflarni taklif etishdi.

     Hozirgi monetaristik makroiqtisodiy model quydagi tamoyillardan kelib chiqadi:

     1.«Sof» kapitalizm sharoitida bozorlarda mukammal raqobat xukum suradi. Biroq davlatning aralashuvi ( eng kam miqdordagi ish xaqini belgilash, kasaba uyushmalarini himoya qilish, dotatsiyalar berish va h.k.) erkin bozor imkoniyatlarini cheklaydi, bu esa makroiqtisodiy barqarorsizlikni keltirib chiqaradi.

2.Bozorning nomukammalligi tufayli qisqa muddatli davrda jammuljam taklifning miqdori narxlarning umum darajasi o’zgarishga bog’liq bo’ladi. Resurslar narxlari umumiy darajasi o’sishdan orqada qoladi, chunki resurslar (ayniqsa mehnat) bozorida narxlar ancha qayishqoq, odatda uzoq muddatlarga tuziladigan ilgari imzolangan kontrakt va shartnomalar amal qiladi.

Erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning o’zi kapitalistik xo’jalikni bo’ron holatidan chiqarishga va uning yuksalishini ta’minlashga qodir. Davlat o’zining iqtisodiyotiga aralashuvini faqat pul tizimini normal holatda ushlab turish bilan cheklashi kerak. Davlatning qolgan barcha harakatlari ishchilar ahvolini yomonlashtirishga, kishi  erkinligini cheklashgagina qodir. Pul-kredit siyosati YaMM miqdorini o’zgartirishning g’oyatda qudratli vositasidir. Qisqa muddatli davrda muomalada pul o’sishi bilan iqtisodiy faollik o’rtasida bevosita bog’liqlik kuzatiladi. Biroq faol pul-kredit siyosati siyosiy iqtisodiyot uchun xavflidir. Tushkunlik paytida o’tkaziladigan arzon pullar siyosati faqat 6-9 oydan keyin natija beradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiyotda yuksalish boshlanishi mumkin. Natijada Markaziy bank harakatlari inflyatsiyani kuchaytiradi.

Shunday qilib, ikki asosiy maktabning soliq siyosati strategiyasining samaradorligiga munosabati bir-biridan keskin farq qiladi: «Keynschilar uchun u, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishning birdan-bir ishonchli usuli hisoblansa. Monetarislar  esa uni amalga oshirish hech qanday ijobiy samara bermaydi deb hisoblaydilar».

Keynschilik, monetarizm maktabini jamuljam talab nazariyalariga kiritish mumkin: ular tadqiqotchining asosiy ob’ekti - jamuljam bozor talabi va uni belgilovchi omillardir. 70-80 yillar chegarasida «taklif iqtisodiyoti maktabi» paydo bo’ldi, u talabga emas, balki taklifga asoslanadi. Mazkur maktab vakillarining fikricha, bozor iqtisodiyotini sog’lomlashtirish uchun individumlarning harakat qilish motivlarini faollashtirish zarur, bu esa ishlab chiqarishni o’stirish va sarmoya jamg’arishga imkon yaratadi. Shunday qilib, asosiy e’tibor mikrodarajaga qaratiladi: taklifga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi.

«Mazkur maktab vakillari faol soliq siyosat strategiyasining xavfli ekanini uqtiradilar» Davlat byudjeti kamomadining ko’payishini, keynschilar fikricha esa, - ishlab chiqarish va narxlarni o’stirish (agar davlat harajatlari pul emissiyasi bilan birga borsa) keltirib chiqaradi. Davlat harajatlari bilan soliqlar o’rtasidagi farqning ko’payishi siqib chiqarish effektini tug’diradi: hukumat tomonidan pulga bo’lgan talabning ko’payishi ssuda foizi stavkasini oshiradi va xususiy investitsiyalar hajmini kamaytiradi. Lekin davlat sektori o’z tabiatiga ko’ra xususiy sektorga qaraganda kamroq samarador, shuning uchun ishlab chiqarishning umumiy hajmi pasayadi.

Soliq stavkalarini belgilashda optimumni aniqlash muammosini hal etarkan, maktab vakillaridan biri bo’lgan soliq siyosati A.Laffer shunday bir egri chiziqni tasvirladi, unga ko’ra soliq stavkasining  o’sishi albatta davlat byudjetiga tushumlarning ko’payishini anglatishi shart emas. Aksincha, muayyan chegaralar  mavjud bo’lib, ulardan tashqarida stavkaning o’sishi byudjetga tushumlarning qisqarishiga olib keladi, chunki yuqori miqdordagi soliqlar xo’jalik faoliyatiga rag’batlarni yo’qotadi va ishlab chiqarish hajmlarini, binobarin, soliqqa tortiladigan daromadlarning ham qisqarishiga olib keladi. Shunga muvofiq, muayyan hollarda stavkalarning pasayishi nafaqat ishlab chiqarishni o’stirishga, balki hatto byudjetga soliq tushumlari ko’payishiga ham olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqqan holda bu bo’limni yakunlar ekanmiz demak, xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasida soliq siyosati strategiyasi va taktikasi o’rtasida uzviylik mamjud bo’lib, to’g’ri, ilmiy asoslangan soliq siyosati strategiyasi, soliq taktikasining qisqa muddatlarda bajarilishiga va buning natijasida esa davlat byudjetining moliyaviy resurslar bilan ko’proq ta’minlanishiga shuningdek, mamlakatimiz aholisining yaxshi turmush kechirishiga olib keladi.

 

2. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri.

O’zbekiston Respublikasining  amaldagi soliq tizimining  qanday sharoitlarda vujudga kelganligi ham esdan chiqmasligi kerak bozor toifasidagi iqtisodiyotda soliqlar va soliq tizimi bozorning eng asosiy instrumenti hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat boshqaruvining barcha darajalarida olinadigan soliqlar byudjet jam daromadlarining 90-95 foizni shakllantiradi. Ana shu munosabat bilan soliq tizimini shakillantirish, soliqlarni to’plash va ulardan foydalanish mexanizmini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi.

     Amaldagi yangi soliq tizimi tuzilishi tamoyillari va tarkibiy qisimlarga ko’ra butun jahon amaliyotida keng tarqalgan soliq tizimini aks ettirgan. Yangidan joriy etilgan qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar bekor qilingan oborot solig’i va sotuvdan olinadigan soliq singari egri (bilvosita) soliqlar hisoblanib, ular o’zlarining mohiyatiga ko’ra iste’molga solinadigan soliqlardir. Chunki bu soliqlar bilan iste’molchilar tomon yuz tutgan mahsulotlar va xizmatlar soliqqa tortiladi. Oxirgi iste’molchi bu erda faqat shaxs sifatida maydonga chiqmasdan, balki bu soliqlarni to’lovchilari bo’lib noishlab chiqarish sohasidagi iste’molchilar ham hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan juda ko’p mamlakatlarda o’zlarini faqatgina byudjetning samarali fiskal instrumentlari sifatida namoyon etib qolmasdan, balki barcha tadbirkorlar uchun xo’jalik yuritishda teng sharoitlar yaratib beradigan vosita sifatida ham yaqqol ko’rinadi.     Rivojlangan mamlakatlar uchun rivojlangan soliq tizimi harakterlidir. Masalan, Germaniyada 50dan ortiq turli soliqlar mavjuddir. Amalda nima sotilayotgan bo’lsa, o’shandan ma’lum foizi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Xorijdagi soliqlarni rang-barangligi davlat organlariga har bir soliq to’lovchi (yuridik va jismoniy shaxs) ustidan va ishlab chiqarish, muomala, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish imkonini beradi. So’ngi yillarda soliq tizimlarida sodir bo’lgan o’zgarishlar quydagilardan iboratdir:

     1.Juda ko’p mamlakatlarda daromad solig’i eng muhim soliq hisoblanib, u keng aholi qatlami orasida ommaviy soliqqa aylangandir. Ko’pgina mamlakatlarda amal qilib kelgan shedulyar  soliq undirish qulay va tejamli bo’lgan global soliq bilan almashtirildi.

     2.O’z ahamiyatiga ko’ra ijtimoiy sug’urtaga badallar davlatning ikiinchi muhim soliq daromadi hisoblanadi. Bu maqsadli soliq bo’lib, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga mo’ljallangandir. Ijtimoiy sug’urta badallari jismoniy shaxslardan soliq chegirmalari inobatga olinmagan holda ularning daromadlaridan proprotsional stavkalarda olinsa, yuridik shaxslardan esa ish haqi fondiga nisbatan foizda olinadi. Bir vaqtning o’zida stavka qo’llaniladigan maksimal badal yoki maksimal daromad ham belgilanadi. Ko’pgina mamlakatlarda ijtimoiy sug’urta badallarining tushib turish sur’atlari boshqa soliqlarga tegishli bo’lgan shu ko’rsatkichlardan yuqoriroqdir.

     3.Yuridik shaxslardan olinadigan muhim soliq sifatida hamon korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq qolayotir. Bu soliq  foydadan imtiyozlar chegirilgandan so’ng joriy yildagi soliqqa tortiladigan foydadan olinadi. Soliqning stavkasi proportsional bo’lib, oxirgi yillarda tadbirkorlik faoliyatining manfaatlarini hisobga olgan holda birmuncha pasaytirildi. Umumiy ko’rinishda yuridik shaxslar foydasini soliqqa tortish daromadlarni soliqqa tortishga nisbatan ancha pastdir. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarning qonunchiligi investitsiyalarni soliqqa tortishda  qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutgan. Bu mamlakatlarda investitsion soliq kreditiga amal qilinib, tezlashtirilgan amartizatsiya qo’llanib, bu narsa xususiy kapital qo’yilmalarining o’sishini ta’minlamoqda.

     4.Undirilishining engilligi va oddiyligi uchun xorijiy mamlakatlarga egri ( bilvosita) soliqlar keng tarqalgandir.

   Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati buyicha guruhlanadi. Soliqlarni bu tartibda guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’rganishning ilmiy va amaliy uslubdir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab 3 guruhga bo’linadi.8

1. Oborotdan olinadigan soliqlar.

2. Daromaddan olinadigan soliqlar.

3. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar.

     Oborotdan olinadigan soliqlarga QQS, aktsiz solig’i, bojxona va davlat bojlaridan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot tushunchasi bizning qonunchiligimiz buyicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotdan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o’lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi.

      Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq savdo tashkilotlarning daromadidan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlariga sotsial infrastrukturani rivojlantirish solig’i ham kiradi.

     Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlarga: mol mulk solig’i, er solig’i, konlardan foydalanish solig’i va boshqalar kiradi.

Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlar to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqning huquqiy to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. Soliq yukini boshqalarga ortish holati bu erda bo’lmaydi. Soliqlarga hamma daromaddan to’lanadigan va barcha mulk soliqlari kiradi. To’g’ri soliqlarda to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasini kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib,  investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to’g’ridan-to’g’ri bozor iqtisodiyoti bilan bog’liqdir. Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari mahsulot yuklab yuboruvchilardir. Lekin soliq og’irligining haqikatan ham byujetga to’lovchilari tovarni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni haqiqiy soliq to’lovchilar bu erda yashiringan. Bu soliqlar tovar qiymati ustiga ustama ravishda qo’yiladi.     Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chekkaga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p ishlab chiqarilishga yordam beradi. Egri soliqlar oqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Soliqlar stavkasini oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatni qisqartirmaydi.     Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnatkashlar real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to’g’ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar mo’l-ko’lligini ta’minlashi kerak.

Yuqorida aytib o’tilganidek, to’g’ri va egri soliqlar yagona soliq tizmini tashkil etib bir biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq summasi o’zgarmagan holda birini stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi.

     Soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi xukumat idoralarning respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo’linishi asosidan kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan soliqlardan mahalliy byudjetlarini boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o’z manbalari ko’payib qolsa, respublika soliqlaridan ajratma berishni xojati qolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo’lib, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlardir. Mahalliy soliqlar maxaliy xukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy xukumatlar asosan mehnatkashlarga yaqin bo’lganligidan ular ijtimoiy masalalarini maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig’imlar ularni byudjet harajatlarini 30-40 foizini qoplaydi, holos. Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromadlari salmog’ini 50-60 foizga etkazish kabi xukumat qarorlari mavjud. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko’paytirish eng dolzarb masalalardan birdir. Faqat o’z darodam manbaiga to’liq ega bo’lgan mahalliy xukumatlar o’z faoliyatlarini to’liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda turli moliyaviy kamchiliklarga yo’l qo’yish ehtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi. Boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi. Mahalliy byudjetlarning soliq va yig’imlari kam bo’lganligidan bu byudjetlarning daromad va harajatlarini barqarorlashtirish ancha murakkabdir. Bu masalani echishda ilgari ko’rsatganimizdek, xududdan tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy byudjetlarga ular byudjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subventsiya beriladi. Subventsiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy xukumatlarning respublika xukumatiga murojat etish lozimligini bildirib, ularni o’z hududlaridagi soliqlar to’liq undiriishi qiziqtirmaydi, ulardagi boqibeg’amlik fazilatini kuchaytiradi. Mahalliy xukumatlar o’z xoxishlaricha soliq va yig’imlar  kiritish huquqiga ega emas. Soliq Kodeksida ko’rsatilgan  soliqlarni o’z xududlarida qo’llash yoki qo’llamaslik huquqi bor. Undan tashqari, mahalliy soliqlar va yig’imlardan byudjetga tushgan summa atrofida soliq to’lovchilarga imtiyozlar huquqiga ega. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning byudjetga to’liq tushishini tashkil qilish ularning zimmasidagi vazifa hisoblanadi.

O’zbekiston soliq tizimi manbaiga qarab soliq huquqiy shaxslardan va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxonalar daromadiga soliq, konlardan foydalanganlik, suv resurslaridan foydalanganlik, savdo tashkilotlarning yalpi tushum solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni ham huquqiy shaxslar, ham jismoniy shaxslar to’laydilar. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga daromad solig’i, er, mol-mulk, soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarning xal qiluvchi qismini (85-86 foizini) tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz korxonalar hisob schyotlaridan byudjet schyotlariga ko’chirib qo’yiladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulda undirilganligi uchun uni to’lash qiyin kechadi. Soliqlar yig’ish harajati ko’payib ketadi, chunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo’lgan soliq inspektorlari shug’ullanadi, xujjatlar ko’p yoziladi. Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratildi.

     Umumiy jihatdan olib qaraganda mamlakatimiz soliq tizimini isloh qilishning bir necha soliq siyosati strategiyasi yo’llari mavjud, ular quyidagicha bo’lish mumkin.

  • muvaffaqiyatli ravishda faoliyat ko’rsatayotgan va O’zbekiston sharoitiga yaqin bo’lgan g’arb mamlakatlaridan birining soliq tizimidan nusxa olish;
  • o’tish davri iqtisodiyotiga moslashtirilgan soliq tizimilarining biridan foydalanish;
  • iqtisodiy taraqqiyot yo’lidan muvafaqqiyatli ravishda ilgari borayotgan o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlar va rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayangan holda butunlay yangi soliq ishlab chiqarish.  Chunki, O’zbekistonda hozirgi payitda amal qilib kelayotgan soliq tizimini tezda va tubdan o’zgartirishga qaratilgan har qanaday tadbir, mamlakat iqtisodiyotiga tuzatib bo’lmaydigan zarar etkazish mumkinligi, shubhasizdir.   

Soliq sohasidagi islohotlarning strategik yo’nalishlarini Prezident – O’zbekiston Respublikasida davlat va ijroiya xokimiyatining boshlig’i belgilaydi hamda uning farmonlari bilan tasdiqlanadi. Farmonlarda qabul qilinayotgan qarorlarning maqsadli yo’nalishi, ularni ro’yobga chiqarish usullari belgilanadi. Prezidentimiz I.A,Karimov soliq tizimining quydagi vazifalarini ta’kidlab o’tgan.  «Avvalo soliq tizimi o’ziga xos vazifani-fiskal, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifasini to’la darajada bajarishi kerak». Bu erda soliq tizimining oldiga xos uch vazifaning qo’yilishi kerakligi ko’rsatilgan lekin bundan soliq tizimi faqat shu uch vazifani bajarishi kerak degan xulosa kelib chiqmasligi lozim, chunki soliq tizimi yuqoridagilaridan tashqari yana bir necha vazifalarni ham bajaradi masalan nazorat qilish, taqiqlash va boshqalar.

     «Soliq tizimining eng muhim vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir.» Oldingi fikrda soliq tizimining oldiga qo’yilgan o’ziga xos uch vazifaning uchinchisi rag’batlantirish deb ko’rsatilgan bo’lsa, bu erda ana shu rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan vazifaga ancha aniq kiritilgan. Soliq tizimining oldiga qo’yilgan rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan eng muhim vazifalarni uch guruhga bo’lish mumkin.

  • ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish;
  • moddiy xom ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish;
  • to’plangan mol mulkdan samarali foydalanishga rag’batlanti ruvchi ta’sir ko’rsatish.

     Birinchi punktda ishlab chiqarishni rag’batlantirish to’g’risida gap ketayotgani yo’q, balki aynan ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish to’g’risida  gap ketmoqda. Ana shu erdagi «rivojlantirish» so’ziga alohida urg’u berib qaralgan taqdirdagina fikrning asl mohiyatini to’g’ri idrok etish mumkin.

     Amaldagi soliq tizimi barcha resurslardan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishi lozim. Bu erda resurslarning qanday shaklda bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas. Bozor iqtisodiyoti barcha resurslardan har doim samarali foydalanishni taqozo etadi. Bu fikrdagi «samarali» so’ziga alohida e’tibor berilishi uning tub mohiyatini ochib berishga yordam beradi.

     Soliq tizimining oldiga qo’yilgan rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan eng muhim vazifalarning navbatdagisi to’plangan mol-mulkddan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir. Bu erda ham to’plangan mol-mulkning tegishli ekanligi printspial ahamiyatga ega emas. Soliq tizimi orqali, aksincha to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga harakat qilaveradi. Davlatning bu sohadagi xatti-harakatini tabiiy ravishda qabul qilmoq lozim.

    Soliq tizimini o’zgartirishda asos qilib olingan bosh tamoyil-korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirishdir. Iqtisodchi-olimlar va amaliyotchi mutaxassislar, moliyachilar, soliq xizmati xodimlari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari orasida juda ko’p munozaralarga sabab bo’layotgan masalalardan biri «soliq yuki» yoki «soliq og’irligi» masalasidir. Bu muammoga nisbatan bildirilgan fikrlarni bir necha guruhlarga bo’lish va unga munosabatni eng umumiy tarzda qisqacha qilib quydagi ko’rinishlarda ifoda etish mumkin:

  • soliq yuki haddan ziyod og’ir;
  • soliq yuki shu kecha-kunduzning talablari darajasida belgilangan;
  • ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslaganda soliq yuki og’ir emas;

Bu erda hozirgi paytda korxonalar zimmasidagi soliq yukining ancha og’ir ekanligi tan olinayapti. Shuning uchun ham soliq yukini kamaytirish emas, balki keskin kamaytirish zarurligini ta’kidlanayapti. Shu o’rinda yana bir narsani alohida qayd etib o’tmoq lozim. Gap shundaki, davlatimiz rahbari tomonidan korxonalar zimmasidagi soliq yukiga nisbatan bu tarzdagi fikrini xaspo’shlamasdan ochiq-oydin aytilishi quyi doiralarda «soliq yukiga nisbatan aniq vaziyatni «yuqoridagilar» bilishmaydi», tarzida aytiladigan fikrlarning asossiz ekanligini ko’rsatib beradi.

Respublikamizda soliq tizimini huquqiy taritibga solishda taraflarning huquq va burchlari bobida bir tomondan soliq to’lovchi va ikkinchi tomondan soliq idoralari o’zaro munosabatlari tizimiga alohida e’tibor berilgan. Zero soliq munosabatlarining u yoki bu ishtirokchilarining huquq va burchlarining e’lon qilish hamda yozib qo’yishning o’zi etarli emas, balki barcha huquqlar kafolatlanishi, burchlarni bajarish esa huquqqa zid xatti-harakatlarning oldini olish bilan ta’minlanishi ham zarurdir.

Soliq munosabatlarining har bir ishtirokchisi o’z burchlariga nimalar kirishini va u yoki bu harakatlarni qilganda qanday huquqlarga ega bo’lishini, muayyan holatlarda kiritiladigan va ishlay boshlaydigan vositalar hamda rusum-qoidalar qandayligini bilish soliq to’lovchi o’z burchini bajarmagan yoki nohalol bajarganda soliq idoralari u yoki bu sanktsiyalarni, ya’ni ta’sir ko’rsatishning muayyan usullarini, misol uchun, bank hisob varaqlari bo’yicha hisob-kitob operatsiyalarini to’xtatib qo’yish, mablag’larni soliq to’lovchilarning hisob varaqlaridan so’zsiz hisobdan chiqarish va boshqa usularni qo’llashi mumkin bo’lgan hollarda juda muhimdir. Soliq tizimi muvaffaqiyatli ishlashi uchun soliq qonunchiligini aniq tartibini ishlab chiqish hamda belgilash zarur. Uning xujjat va me’yorlari soliqni tartibga solishning barcha zarur unsurlarini o’z ichiga olishi kerak.

Soliq kodeksi mamlakatda soliqlarning yagona kompleks tizimini yaratishga, soliq siyosati strategiyasini amalga oshirishda hokimiyat organlari barcha darajalarining huquq va majburiyatlari, vakolat va funktsiyalarini aniq belgilab olishga, ulardagi mavjud ziddiyatlarga barham berishga xizmat qilmog’i kerak. To’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar, daromadlar va kapitallarga solingan soliqlar, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar o’rtasidagi oqilona (optimal) nisbatini topmoq lozim. Moliyaviy jazolarni soliq huquqlarining buzilish harakteriga qarab tabaqalashtirish, ularning aniq klassifikatsiyalanishiga erishish va moliyaviy jazolarning belgilarini aniqlash maqsadga muvofiq. Yuqoridagi fikrlarga qaramasdan, eng avvalo, «Soliq tizimining asosiga aynan nima qabul qilinadi?» -degan savolga javob berishimiz kerak. Turli shakllarda bildirilayotgan taklif, mulohaza va fikrlarni o’rganib, ularni belgilangan tartibda tahlil qilar ekanmiz, bir guruh iqtisodchilar va boshqa sohaning mutaxassislari yuqoridagi savolga javob izlanayotgan paytda, O’zbekistondagi soliq tizimi uchun asos sifatida olingan tamoyillarning o’zini ham o’zgartirish zarurligi to’g’risida turli fikrlarni bildirdilar. Masalan foyda yoki daromaddan olinadigan soliqlarni keskin kamaytirish yoki ularni umuman bekor qilish, bu soliqlarni mol-mulkdan, erdan va resurslardan olinadigan soliqlar va to’lovlar bilan almashtirish to’g’risida takliflar berildi.

Информация о работе Iqtisodiyotni tartibga solishda hududlar soliq salohiyatini baholash mexanizmini takomillashtirish