Автор работы: Пользователь скрыл имя, 05 Февраля 2015 в 03:25, курсовая работа
Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.
KIRISh ……….…………….…………………………….
1.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari…...............................….
2.
Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri….…....…………………
3.
Hududlar soliq salohiyatini oshirishda soliq siyosatining huquqiy asoslari va yo’nalishlari…………
4.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va soliq salohiyatini baholashda soliq yuki hamda uning tahlili.......…..................……………..
5.
Davlat byudjetining daromadlar man’baini shakllantirish va xududlar soliq salohiyatini baholash muammolari ....................
Xulosa …………………………………….…
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….….
Bitiruv malakaviy ishimizning nihoyasida soliq siyosati strategiyasi va taktikasining uzviyligini ta’minlash tizimini rivojlantirishni o’rganish asosida olingan asosiy xulosa va takliflarni, qisqacha eks ettiramiz. Ular quyidagilardan iborat:
1.Foyda solig’iga qayta tortiladigan 1-ilova harajatlar tarkibini ixchamlashtirish lozim. Bunda, kadrlar tayyorlash harajatlarini hamda ustama jarimalarni qayta foyda solig’iga tortishni bekor qilish lozim. Chunki, bir tomondan mamlakatda etuk malakali xodimlar tayerlash va yosh avlodni bilimdon qilib tarbiyalash bilan bog’liq milliy dasturning amalga oshirilishiga iqtisodiy zamin bo’lsa, ikkinchi tomondan etuk va malakali kadr xodimlar tayyorlash soliqlar orqali rag’batlantiriladi hamda byudjetga undiriladigan ustama jarima ko’rinishidagi to’lovdan soliq hisoblanishiga va ikki tomonlama soliq undirilishiga chek quyiladi, qolaversa bu soliq boqimandasini kamayishiga va sof foydani ko’payishiga olib keladi natijada moliyaviy muhit yaxshilanadi.
2.To’g’ri soliqlar asosan byudjet soliq tushumlarini ta’minlashi lozim, ammo, bu holat ular bo’yicha soliq imtiyozlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda o’rganish bilan uzviy holda o’rnatish lozim. Agar, to’g’ri soliqlar yuzasidan soliq to’lovchilarga asossiz soliq imtiyozlari berilsa, u holda to’g’ri soliqlarning ham fiskallik xususiyatiga ham rag’batlantiruvchilik xususiyatiga ta’sir etadi. Shuning uchun davlat bu sohadagi soliq siyosatida soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga ta’siri bilan bog’liq muntazam monitoring kuzatishlarini olib borishni yo’lga qo’yishi lozim.
3.Hozirgi vaqtda to’g’ri soliqlarning rag’batlantiruvchilik xususiyati asosan milliy bozorda faoliyat ko’rsatuvchi soliq to’lovchilarga nisbatan ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, xorij investitsiyasinining milliy iqtisodiyotga kirib kelinishini rag’batlantiruvchi ta’siri bugungi kunda susayib bormoqda. Xorijiy investitsiyaning muhim ikki tomoni mavjudki, ular bir tomondan qo’shimcha soliq ob’ektini yuzaga keltirsa, boshqa tomondan yangi ish o’rinlarini yaratishi hisobiga ishsizlikning oldini olishga xizmat qiladi, qolaversa, ish o’rniga ega bo’lgan jismoniy shaxs sifatidagi soliq to’lovchilarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun to’g’ri soliqlarning xorijning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyasini kirib kelinishini rag’batlantirishi bilan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
4.To’g’ri soliqlar orqali soliq to’lovchi korxonalarning harajatlar siyosatiga ta’sirini oshirish zarur. Chunki, korxonada amalga oshiriladigan harajatlar asosan ikki xil tartibda moliyalashtirilib, bu tartib natijada harajatlarning soliq bazasiga ta’sirini belgilab beradi. Korxonalarning harajatlar siyosatidagi muammolar to’g’ri soliqlarning miqdoriga to’g’ridan to’g’ri tez ta’sir etadi va to’g’ri soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga salbiy ta’siri ko’pgina hollarda harajatlarni mahsulot tannnarxiga kiritilishi yoki ularni boshqacha tartibda moliyalashtirish mexanizmi orqali ro’y beradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, to’g’ri soliqlarning soliq to’lovchi korxonalarning faoliyatiga ta’sirida soliq stavkasi va soliq imtiyozlariga nisbatan harajatlarni moliyalashtirish mexanizmining ta’siri kattadir. Bu erda davlat tomonidan korxonalarning moliyasini boshqarish siyosati strategiyasi va soliq siyosatidagi strategik yo’nalishlarni bir-biriga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq.
5.To’g’ri soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga ta’siridagi eng muhim muammolardan yana biri bu bir xil soliq ob’ektiga ikki xil soliq turining qaratilganligidir. Ya’ni, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan foyda solig’i va infratuzilmani rivojlantirish solig’ining foydadan undirilayotganligidir. Chunki, infratuzilmani rivojlantirish solig’i bazasi tarkibi birgina korxona ixtiyorida qolgan sof foyda bilan birgalikda ijtimoiy soha ob’ektlarini saqlab turish harajatlari hamda byudjetga hisoblangan foyda solig’i summasi yig’indisidan tarkib topishligi bir soliq ob’ektidan ikki xildagi soliqning undirilishidan tashqari foyda solig’i bo’yicha hisoblangan soliq summasining qaytadan soliqqa tortilayotganligining guvohi bo’lishimiz mumkin. Ta’kidlanganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, bir soliq ob’ektidan bir necha soliqlarning undirilishi, birinchidan soliqqa tortishning adolatlilik tamoyiliga ziddiyatli hol bo’lsa, ikkinchidan korxonalar tomonidan ijtimoiy soha ob’ektlarini moliyalashtirishga qiziqishini kamaytirish bilan birgalikda korxona xodimlari va ularning farzandlarining korxona faoliyatidan ijtimoiy manfaatdorligini pasaytirmoqda. Bizning fikrimizcha, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq stavkasini barqaror 10% darajada ushlab turgan holda obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’ini bekor qilishni taklif etamiz.
6.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarorining 1-ilovasiga tegishli uzgaritirishlar kiritish orqali resurs soliqlarini stavkalarini oshirish lozim. Bunda birinchidan, xo’jalik sub’ektlarining resurslardan oqilona va tejamkorona foydalanishiga olib keladi, ikkinchidan, xo’jalik sub’ektlari zimmasidagi soliq yukining oshib ketmasligiga va sof foydaning kamayib ketishini oldini oladi, uchinchidan esa investitsion faollikni kengaytiradi va ishlab chiqarishni doimiy ravishda yangilab borish imkoniyati tug’iladi.
7.Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlatning boshqaruvchilik funktsiyalarini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash va kichik biznesni rivojlantirish orqali xususiylashtirish jarayonini tugatish.
8.Tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng imkoniyatlar ochib berish, shu bilan birgalikda byudjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik va ushbu iqtisodiy vazifalardan kelib chiqqan holda soliq siyosati strategiyasini to’g’ri oqilona ishlab chiqish.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan takliflarni amalga oshirish rivojlanib borayotgan O’zbekiston soliq siyosatining yanada rivojlanishi va uning iqtisodiy islohotlarda takomillashuviga olib keluvchi omil sifatida xizmat qiladi.
ADABIYoTLAR RO’YXATI
19. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: Darslik. Toshkent moliya instituti. – T.: Noshir, 2011.-712-b.
20. Vahobov A., Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish: Darslik.- T.: Sharq, 2009.-448 b.
21. Gadoev E.F. i dr. Uprashchyonnaya sistema nalogooblojeniya: Uchebno-prakticheskoe posobie. - T.: Norma, 2011.- 324 s.
22. Gadoev E.F. i dr. Kosvennie nalogi. Uchebno-prakticheskoe posobie. - T.: Norma, 2011.- 220 s.
23. Aleksandrov I.M.Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnik. M. Dashkov i K, 2009.-227 s.
24. Bratuxina O.A. Kontrol i organizatsiya proverok nalogovimi organami: Uchebnoe posobie.-Rostov n/D: Feniks, 2007.-400 s.
25. Lermontov Yu.M. Nalogovie proverki po novomu: Uchebnoe posobie.- M.: Indeks-Media, 2007.- 256 s.
26. Shilkin S.A. Zarplatnie nalogi v svete ujestocheniya nalogovogo kontrolya: Uchebnoe posobie.-M.: Glavbux, 2007.-112 s.
27. Dobroxotova V.B. Nalogovie proverki: kniga dlya nalogoplatelshchika i nalogovika: Uchebnoe posobie.-M. : MTs FER, 2007.- 416 s.
28. Suvorov M.A. Protsessualizatsiya nalogovix proverok: Monografiya.-M.: Nauka, 2007.-271 s.
29. Perov A.I., Tolkushkin A.V. Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnik.-8-e izd.pererab.i dop.-M.: Yurayt-Izdat, 2010, -939s.
30. Kroxina Yu.A. Nalogovoe pravo: uchebnik dlya vuzov.2-e izd. pererab. i dop. M.: Visshee obrazovanie 2009,-426s.
31. Isroilov B.I. Soliqlar va soliqqa tortish: muammolar va ularning echimlari. O’quv qo’llanma T.:-«O’zbekiston» -2007, -272b.
32. Toshmurodova B. Iqtisodiyotni soliqlar vositasida tartibga solish va muvofiqlashtirish. O’quv qo’llanma. –T.: Iqtisod va moliya 2005, – 132b.
33. XommaA., A.Tangirqulov, Sh.Toshmatov, I.Norqo’ziev va N.Roziqovlar. Soliq qarzi va uni undirish. O’quv qo’llanma. - T.: O’quv qo’llanma, “Yangi asr avlodi”, 2011.
34. Toshmatov Sh., Ro’ziev G’, Xoshimoto F., Bobojonov D., Xotamov K. “Soliq tekshiruvi usullari”. -T.:O’quv qo’llanma, “Yangi asr avlodi”, 2011.
35. Tagaev A., Xoshimoto F., Ro’ziev G’., Xotamov K. Soliq nazorati.- T.:O’quv qo’llanma, “Yangi asr avlodi”, 2010.
37. Toshmatov Sh.A. Korxonalarni rivojlantirishda soliqlar roli. Monografiya. – Toshkent, Fan va texnologiya.– 2008.– 204 b.
38. Musagaliev A.J. Yuridik shaxslarni soliqqa tortishni takomillashtirishning dolzarb masalalari. Monografiya. – T.: Soliq akademiyasi. El-Press, – 2009, 120-b.
39. Urmonov J.J. Kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishni takomillashtirishning dolzarb masalalari. Monografiya. – T.: Soliq akademiyasi. El-Press, – 2011, 132-b.
40. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining Mustaqillik yillaridagi (1990-2010 yillar) asosiy tendentsiya va ko’rsatkichlari hamda 2011-2015 yillarga mo’ljallangan prognozlari. Statistik to’plam. – T.: «O‘zbekiston», 2011.– 136 b.
41. O’zbekiston Soliq tizimi Mustaqillik yillarida. Rasmiy nashr. O’quv qo’llanma. – T.: «Sharq», 2011.– 150 b.
42. Abduraxmonov O. Xorijiy mamlakatlarda soliq tizimlari: O’quv qo’llanma.- T.: TDIU, 2003.-184 b.
43. Zavalishina I. Soliqlar: Nazariya va amaliyot: O’quv qo’llanma.-T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 2005.-544 b.
44. Aronov A.V., Kashin V.A. Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnoe posobie.-M.: Magistr, 2007.-576 str.
45. Elin A. S. Nalog na doxodi fizicheskix lits: Uchebnoe posobie.- M:. GrossMedia:ROSBUX, 2007.-200 str.
46. Kochur O.V. Nalogi i nalogooblojenie: Uchebnoe posobie.- M.: KNORUS, 2007. - 304 str.
47. Krasnoperova O.A. Nalogovie osvobojdeniya dlya fizicheskix lits: Uchebnoe posobie. M.: GrossMedia:ROSBUX, 2007.-192 str.
48. Lermontov Yu.M. Kak pravilno uplatit NDFL: Uchebnoe posobie.-M.: Eksmo, 2007.-160 str.
49. Mayburov I.A. Nalogovaya politika. Teoriya i praktika. Uchebnik.- M.: YuNITI-DANA, 2010. - 520 s.
50. Chernik D. G., Shmelev Yu. D. Krizis i nalogi. Uchebnoe posobie. M.: Ekonomika. 2011.- 256 s.
51. www.soliq.uz
52. www.mf.uz
53. www.stat.uz
54. www.norma.uz
55. www.lex.uz
56. www.gov.uz
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013-yilga mgo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasi http://www.lex.uz/law_
22015-yilda iqtisodiyotimizda
tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya
jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy
tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. O‘zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma’ruzasi. http://gov.uz/uz/press/
2 2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga
ko’taradigan yil bo’ladi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi http://gov.uz/uz/press/
3 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2012 yilning asosiy yakunlari va 2013 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot. - 2013.
4 O’zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi asosida hisoblandi.
5 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot. - 2012. – 230 bet.
8 http://www.soliq.uz
6 Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari 118-bet
7 Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari 119- bet
8 Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T. 2003 yil.
9 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimovning 2012-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013-yilga mgo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasi http://www.lex.uz/law_