Автор работы: Пользователь скрыл имя, 31 Октября 2013 в 14:07, дипломная работа
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ko’pgina muhim iqtisodiy islohatlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida chuqur o’zgarishlarni amalga oshirilishini taqazo etmoqda. Bunda bir qator bank tizimini jahon amaliyotini ilmiy idrok etish muhim ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa tomondan, jahon amaliyotini O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi sharoitida qo’llash samarali bo’lgan elementlarini tanlash ilmiy jihatdan O’zbekiston sharoitiga moslashtirish talab etiladi.
Kirish .....................................................................................................................
3
I.Bob Tijorat banklari va ularning faoliyati………………………………….
7
Tijorat banklari va ularning funktsiyalari…………………………………
7
1.2. Tijorat banklarining zamonaviy xizmat turlari…………………………...
15
1.3. Tijorat banklari faoliyati bo’yicha xorij tajribasi…………………………
23
II-BOB. O’zbеkiston Rеspublikasi Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ining faoliyati……………………………………………………
30
2.1. O’zbеkistonda tijorat banklarining valyuta opеratsiyalarining huquqiy asoslari……………………………………………………………………………
30
2.2. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning tuzilishi va faoliyati………….
37
2.3.Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning valyuta operatsiyalari………................................................................................................
50
III-BOB. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatlarini takomillashtirish muammolari va yеchimlari………………………………….
3.1. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatidagi muammolarni yechish zaruriyati………………………………………………………………………….
3.2. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish yo’llari…
75
75
83
Xulosa va takliflar ..................................................................................................
94
Foydalanilgan adabiyotlar ......................................................................................
100
qilingan mablag'lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;
«Banklar va banklar faoliyati to´g´risida»gi qonunning 4-moddasida esa banklar quyidagi operatsiyalarini bajarishlari belgilanib berilgan.
varaqalarini ochish va yuritish, hisob varaqalar bo´yicha hisob-kitob qilish;
va jalb etilgan mablag´lar hisobidan o´z nomidan kreditlar berish kabilar banklarning an´anaviy operatsiyalari hisoblanadi.
Demak, bank barcha riskni o'z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag'larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu mablag'larni muddatlilik, qaytarib berishlik, to'lovlilik va ta'minlanganlik shartlari asosida o'z nomidan joylashtiradi, hamda yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi hisob-kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi.
Tijorat banklari bank tizimining muhim bo'g'ini bo'lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig'iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga o'z xizmatlarini ko'rsatadilar.
Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo'lib depozit va qo'yilmalar hisoblansa, oxirgi tovar - bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo'yilmalar jalb qilingan qarz mablag'lari, berilgan ssudalar esa joylashtirilgan mablag'lar bo'lib hisoblanadi.
Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag'larini jalb qilish uchun, qarz hajmiga qarab ma'lum summani foizlar shaklida to'lash kerak, bo'lmasa mablag' qo'yuvchilar boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni boshqa shakllariga o'tadilar: masalan, oltin sotib olish, valyuta sotib olish yoki boshqa moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va boshqalar. Pul saqlash shaklini tanlashda mablag' qo'yuvchini ikkita muhim omil qiziqtiradi:
Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab ssuda foizi shaklida to'lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor munosabatlarining sub'ektlari bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashib boradi. Bank bu holda barcha mablag'lari harakatini boshqarib boradi.
Bu ikkita foiz stavkalari o'rtasida farq -bank daromadining asosiy manbasi bo'lib, iqtisodiy adabiyotlarda u "marja" nomi bilan yuritiladi. Shunday qilib, marja-bu jalb qilinuvchi va joylashtiriladigan qarz va ssuda foiz stavkalari o'rtasidagi farqdir.Banklar mablag'larni jalb qilish va joylashtirish yo'li bilan barchа pul mablag'lari harakatini boshqarib boradi.
Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog'liq bo'lib, u pul mablag'larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag'lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug'urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarning sub'ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub'ektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o'ziga xos xususiyati mavjud:
Birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo'lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo'l bilan yig'ilgan mablag'larni boshqa sub'ektlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog'ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o'z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko'rsatadilar.
Ikkinchidan, banklar jismoniy va yuridik shaxslar oldida mijozlarning pul mablag'larini hisobvaraqlariga qo'yish va jamg'arma o'tkazish, depozit sertifikatlarini chiqarish va boshqalar orqali qat'iy belgilangan qarz majburiyatlarini oladilar. Qat'iy belgilangan qarz majburiyatlar bilan faoliyat ko'rsatish banklar uchun riskli hisoblanadi, chunki banklar o'z kreditorlari oldida olgan majburiyatlarini to'liq bajarishlari lozim. Investitsion fondlar esa o'z aktivlari va passivlarining qiymati o'zgarishi bilan bog'liq risklarni o'z aksiyadorlari zimmasiga yuklaydilar.
1.2 Tijorat banklarining zamonaviy xizmat turlari.
Ma´lumki, banklar zamonayiv moliya tizimining ajralmas qismi bo´lib, bozor va ishlab chiqaruvchilar talablari bilan chambarchas bog´liq holda faoliyat olib boradi. Banklar jahon iqtisodiy hayotining markazida joylashgan bo’lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning ehtiyojiga xizmat ko’rsatish orqali sanoat, savdo, qishloq xo’jaligi va aholini o’zaro bog’lab turadilar.
O’zbеkiston mustaqillikka erishgandan so’ng bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi Prеzidеnt farmonlari va Hukumat qarorlariga asosan, banklar o’rtasida raqobat muhitini faollashtirish va kuchaytirish maqsadida tijorat banklari unvеrsallashtirildi va xususiy banklar faoliyati uchun kеng imkoniyatlar yaratildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi «Bank va bank faoliyati to’g’risidagi» qonunda ko’rsatilgan banklarning an’anaviy operatsiyalaridan tashqari noan’anaviy (zamonaviy) operatsiyalari bilan ham shug´ullanishlari mumkinligi qayd etib qo´yilganligi bunga yorqin misol bo´la oladi.
Keyingi yillarda respublika tijorat banklari chakana amaliyotlarni rivojlantirish orqali o´z mijozlariga taqdim etadigan xizmatlar turlarini ko´paytirishga va o´z faoliyatalarini diversifikatsiya qilishga harakat qilmoqda. Ushbu maqsadda mijozlar tomonidan bankomatlar, mobil telefonlar va Internet orqali o´z hisobvaroqlarini masofaviy boshqarish kabi elektron xizmat ko´rsatish texnologiyalari faol tarzda amalyotga joriy etilmoqda. Masofaviy bank xizmatlarini hayotga tadbiq qilish orqali kredit tashkiloti o´zining an´anaviy bank amalyotlariga qo´shimcha ravishda, mijozlar ehtiyojlarini to´laroq va sifatliroq qondiradigan yangi bank mahsulotlarini ham qo´llamoqdalar. Misol tariqasida biz DAT(Davlat Aksiyadorlik Tijorat banki) “Asakabank”ning “SMS-informator”, XOAB(Xususiy Ochiq Aksiyadorlik Birja banki) “Trastbank”ning “Internet-banking”, OATB(Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki) “Samarqandbank”ning “SAM.online”, “Asia Alliance” bankining “Alyans IVR” va shu kabi boshqa tijorat banklarining yangi turdagi xizmatlarini keltirishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda eng yuqori xalqaro standartlarga javob bеradigan to’lovlarni amalga oshirish tizimi yaratildi. Agar 1990 yilda to’lovlarni amalga oshirish uchun bir kun, ba'zan xatto haftalar kеtgan bo’lsa, 1997 yildan boshlab bir nеcha daqiqalarda barcha hisob-kitoblarni to’liq avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshirish imkonini bеradigan yangi to’lov tizimi faoliyat ko’rsatmoqda. Bugungi kunda O’zbеkiston to’lov tizimi dunyodagi eng zamonaviy tizimlardan biri bo’lib, u barcha to’lovlarni rеal vaqt rеjimida amalga oshiradi.
Mijozlarga yaratilgan xizmat ko’rsatish turlari sifatining oshishi natijasida vaqt cheklovlari olib tashlandi ya´ni mijoz o´z bank hisobvarog´ini haftasiga yetti kun, kuniga yigirma to´rt soat boshqarish imkoniyatiga ega bo´ldi. Bundan tashqari mijozning geografik holatiga ham e´tibor berilmaydi. Mijoz dunyoning istalgan nuqtasidan o´z tranzaksiyalarini o´tkazishi mumkin bo´ladi, buning uchun personal kompyuter va Internet global tarmog´i yoki mobil telefon va aloqa tarmog´i bo´lsa kifoya. Mijozlarga yaratilgan bu imkoniyatlarning bari birgina masofadan xizmat ko´rsatish tizimi orqali amalga oshiriladi. Hozirda mijozlarga ko´rsatilayotgan bunday xizmat turlari bir qancha bundan ko´rish mumkinki, bugungi kunda bank o´z mijozlariga sifatli, qulay va tezkor xizmat turlarini ko´rastib kelmoqda.
Shu o´rinda, nima uchun bank hisobvaroqlariga masofadan xizmat ko´rsatish tizimlarining zamonaviy bank tizimi taraqqiyotining eng istiqbolli yo´nalishlaridan biri hisoblanadi, degan tabiiy savol tug´iladi. Buning bir qator omillari borki, ushbu omillarni batafsil ko´rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
oshib borishi hisoblanadi. Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi ma´lumotlariga ko´ra, so´nggi kunda butun jahon aholisining 25%i Internet foydalanuvchilari bo´lib, ular soni joriy yilda 2 mlrd.dan oshadi. Bunda faqat ish ofislari va o´z uylaridagi kompyuterlardan foydalangan holda internet tarmog´iga ulanadigan foydalanuvchilar e´toborga olingan. Shu o´rinda aytib o´tish joizki, O´zbekiston Respublikasida Internet tarmog´idan foydalanuvchilarning umumiy soni 6,626mln. nafar bo´lib, shaxsiy kompyuter orqali Internetga ulanadiganlarning soni 3,12mln. nafarni tashkil etdi. Mobil internetdan foydalanuvchilarning soni esa 3,054mln. bo´lib, bu o´z navbatida, mobil telefonlarning Internetga chiqishda ko´proq qo´llanilishidan dalolat beradi4. Internet va mobil aloqaning barcha foydalanuvchilari banklar uchun istiqbolli mijozlar hisoblanadi va masofaviy xizmatlarning qulay tomonlarini ko´rsatib berish yo´li bilan ushbu bo´lajak mijozlarni bankka jalb qilish faqat ushbu bankning xatti – harakatlariga bog´liq xolos. Chunki o´z mablag´ini bankda saqlagan jismoniy shaxs internet –banking orqali nafaqat o´z hisobvarog´i to´g´risidagi axborotlarni olishi, balki mobil aloqa, internet, televideniya, kommunal xizmatlari va shu kabi ko´plab xizmatlardan foydalanganlik uchun to´lovlarni amalga oshirishi mumkin.
bank xarajatlarining qisqarishi hisoblanadi. Chunki, internet orqali masofaviy xizmatlarni amalga oshirish uchun bank global tarmoqda o´z ishtirokini ta´minlasa, ya´ni “virtual ofis”ni ishga tushirsa bo´ldi. Ushbu “virtual ofis” orqali mijoz bank – mijoz dasturini yuklab olishi yoki to´g´ridan – to´g´ri internet – bankingga ulanib, zaruriy amaliyotlarni amalga oshirishi mumkin. Bunda bank mijozlarga xizmat qiluvchi serverni o´rnatishi va mijozlarning topshiriqlarini avtomatlashtirilgan bank axborot tizimiga o´tkazuvchi shlyuzlarni yaratishi zarur bo´ladi. Albatta, ushbu harakatlar qo´shimcha xarajatlarni talab qilsa-da, internet tarmog´i orqali ishlaydigan masofaviy bank xizmatlari tizimini joriy qilishga ketadigan jami harajatlar bankning yangi filialini ochish uchun ketadiga xarajatlardan ancha kam bo´ladi. Shu bilan birga, “virtual ofis”da xizmat ko´rsatiladigan mijozlar soni filial mijozlari sonidan bir necha marta ortiq bo´ladi. Masofaviy bank xizmatlari tizimlarining samaradorligi ular keltiradigan foyda emas, balki tejalgan xarajatlar evaziga shakllanadi.
navbatdagi omili – bu elektron tijoratning rivojlanishi hisoblanadi. Yuqorida sanab o´tilgan omillarga asoslangan holda aytish mumkinki, hozirgi zamon axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlarini masofaviy aloqa vositalari orqali taqdim qilish bank tizimi rivojining eng istiqbolli yo´nalishlaridan biri hisoblanadi.
O´zbekiston Respublikasida masofaviy bank xizmatlarining kelajagi chakana bank xizmatlarining rivoji bilan chambarchas bog´liqdir. Chunki, yirik mijozlar uchun eksklyuziv, an´anaviy xizmatlar va individual e´tibor muhim bo´lsa-da, kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlari samaraliroq hisoblanadi. Chunki, ushbu yo´l bilan ular yuqori sifatli, asosiysi arzon xizmatlarga erishadilar.
Bundan tashqari bank o´z mijozlariga quyidagi zamonaviy xizmat turlarini ham taqdim etib kelishadi. Ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin:
kafolatlar berish.
olish.
cunsalting xizmatini olib boradilar
uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po’lat sandiqchalarni ijaraga berish kabilardir.
Hozirgi zamon bankining muvaffaqiyatli ishlashi taqdim etilayotgan moliya xizmatining xalq talab- ehtiyojiga qanchalik muvofiq kеlishiga yoki boshqa banklar ko’rsatayotgan bir xil va aynan o’sha xizmat uchun narxlar birday bo’lgan sharoitda bir bankning boshqasiga nisbatan naqadar raqobatbardoshligiga, ya'ni narxga nisbatan ularning qanchalik sifatli va raqobatgabardoshli bo’lishiga bog’liq.
Ko’pchilik banklar iqtisodiyotda yеtarli darajada chеklangan vazifa- dеpozitlarga omonatlarni qabul qilish va krеditlar bеrishni bajaradi, xolos, dеb o’ylaydi. Aslida bunday emas. Har qanday zamonaviy bank o’zining raqobatga bardoshliligini saqlab qolish hamda ayni paytda jamiyatning moliya xizmatlariga bo’lgan turli-tuman va tobora o’sib boruvchi ehtiyojlariga mos holda ish ko’rishi uchun yangi vazifalarni o’zlashtirishi lozim.
Tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari ko’lami muntazam kеngaytirib borilmoqda va mijozlar uchun qulay yangi xizmat shakllari joriy etilmoqda. Ular bank hisob raqamlari egalariga rеal vaqt tartibida o’z hisob raqamlari haqidagi ma'lumotlarni mobil va elеktron aloqa vositalari orqali olish imkonini bеrmoqda. Banklar tomonidan aholi punktlarida mingdan ortiq infokioskalar o’rnatilgan, ular orqali mijozlar to’lovlar, jumladan, kommunal xizmat to’lovlarini mustaqil tarzda amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, bank mijozlariga qulayliklar yaratish maqsadida «Bank – mijoz» dasturi joriy qilingan. Ushbu dastur har kuni bankda katta hajmdagi hisob-kitoblarni amalga oshiradigan 5 mingdan ziyod yirik korxonalarga bankdagi o’z hisob raqamlarini ish joyidan turib boshqarish va ular haqida zarur ma'lumotlar olish imkonini bеrmoqda.
Bank sohasidagi zamonaviy xizmatlar o’z navbatida bank tеxnologiyalarini rivojlantirishni taqozo etadi. Elеktron to’lovlar tizimining joriy etilishi O’zbеkiston bank tizimining jahon andozalariga moslashib borayotganligidan dalolat bеradi. Bank xizmatlarining kompyutеrlashishi yangi turdagi xalqaro pul jo’natmalari xizmati, intеrnеt-banking, sms-banking, mobil-banking kabi yangi turdagi xizmatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda.
iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etyapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti;
avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi.
siz faqat o’z hisob raqamingiz holati haqida xabardor bo’lishingiz mumkin.
unda mobil tеlеfonlari orqali elеktron to’lovlarni amalga oshirish mumkin.
ishlatiladi.) Bank-mijoz tizimining takomillashgan va zamonaviy ko’rinishi bo’lib unda mijoz o’z hisob raqamini bank ofisiga kеlmay, masofadan turib boshqarish va bankdagi mablag’larini o’z hohishiga ko’ra tasarruf qila olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Internet-banking orqali mijozlar bankka
va hujjatlar olish;
Bu elеktron tizimning afzalliklari yana shundan iboratki u mijozga maxsus malaka yoki bilim olishlarini taqozo etmaydi va hujjatlarni to’g’ri to’ldirib borishlari ustidan nazorat qiladi va mijozning yo’l qo’ygan har bir xatosini vaqtida ko’rsatadi. 2011 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra bank hisobvaroqlarini masofadan boshqarish tizimlari ( bank-mijoz, internet banking, mobil-banking, sms – banking va boshqalar)dan foydalanuvchilar soni 24 545 ta bo’lib, shundan internet – banking va “Bank – Mijoz” dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 14 241 tani, mobil – banking va sms – banking xizmatlaridan foydalanuvchilar soni esa 10 304 tani tashkil etadi.5
Hozirda Internet-banking (ya'ni online) tizimida faoliyat olib boruvchi «Ipak yo’li» «Trastbank» XOABB, «Hamkorbank» va « Aloqabank» kabi banklar bu xizmat turidan mijozlarga qulay xizmat ko’rsatishda foydalanib kelmoqdalar. Xususan birgina «Ipak yo’li » banki bu yangi tizimni 2007 yil 1martida yo’lga qo’ygan va shu kundan boshlab har oy 50 ga yaqin yangi mijoz Internet-banking xizmatiga ulanmoqda.
Bank axbarot tеxnologiyalari sohasi taxlilchilari Internet-bankingni tеlеfon yuzaga kеlgan vaqtlardan kеyingi eng foydali kashfiyot , dеb hisoblashadi.
Bank tizimining mustaqillik yillarida faol rivojlanishi natijasida tijorat banklarining mijozlari soni 18,5barobar ko’paydi va 18,8 millionni tashkil etdi. Jumladan, jismoniy shaxs maqomidagi mijozlar 19,2 barobar ko’payib, 17,5 million kishiga еtdi.
Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining rivojlanishida to’lovlarni plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish tizimining yaratilgani muhim o’rin tutmoqda.
1.2-rasm. Muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar soni va ulardan foydalanish orqali amalga oshirilgan to’lovlar hajmi dinamikasi.6
So’mdagi plastik kartochkalar dastlab 1996 yilda paydo bo’ldi va bankdagi hisob raqamlari bo’yicha qo’shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo’lgan bank mijozlari uchun qulayligi sababli kеng qo’llana boshlandi. Hozirgi vaqtda muomaladagi bank plastik kartochkalari soni qariyb 8 million donani tashkil etmoqda.
Bugungi kunda banklar tomonidan chakana savdo va pullik xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlariga 88 mingdan ortiq to’lov terminallari hamda to’lovlarni uzluksiz qabul qilish imkonini beruvchi 507 ta infokioskalar va 307 ta bankomatlar o’rnatilgan hamda 7 mln. 988 mingtadan ortiq plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, 59 mingdan ortiq korxona va tashkilotlarga ish haqini plastik kartochkalar orqali berish loyihalari joriy etildi.7
2011 yil 1 yanvar holatiga respublika bo’yicha chakana savdo va pullik xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan xo’jalik subyektlarining o’rtacha oylik tovar aylanmasi hajmining 40%i plastik kartochkalarda amalga oshirilgan to’lovlar hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Bir so’z bilan aytganda O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining kelajagi chakana bank xizmatlarining rivoji bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki, yirik mijozlar uchun eksklyuziv, an’anaviy xizmatlar va individual e’tibor muhim bo’lsa, kichik biznes sub’yektlari, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlari samaraliroq hisoblanadi. Chunki, ushbu yo’l bilan ular yuqori sifatli, asosiysi arzon xizmatlarga erishadilar.