Интеграции среди стран СНГ

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 31 Октября 2013 в 14:07, дипломная работа

Краткое описание

O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ko’pgina muhim iqtisodiy islohatlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida chuqur o’zgarishlarni amalga oshirilishini taqazo etmoqda. Bunda bir qator bank tizimini jahon amaliyotini ilmiy idrok etish muhim ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa tomondan, jahon amaliyotini O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi sharoitida qo’llash samarali bo’lgan elementlarini tanlash ilmiy jihatdan O’zbekiston sharoitiga moslashtirish talab etiladi.

Содержание

Kirish .....................................................................................................................
3
I.Bob Tijorat banklari va ularning faoliyati………………………………….
7
Tijorat banklari va ularning funktsiyalari…………………………………
7
1.2. Tijorat banklarining zamonaviy xizmat turlari…………………………...
15
1.3. Tijorat banklari faoliyati bo’yicha xorij tajribasi…………………………
23
II-BOB. O’zbеkiston Rеspublikasi Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ining faoliyati……………………………………………………

30
2.1. O’zbеkistonda tijorat banklarining valyuta opеratsiyalarining huquqiy asoslari……………………………………………………………………………

30
2.2. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning tuzilishi va faoliyati………….
37
2.3.Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning valyuta operatsiyalari………................................................................................................

50
III-BOB. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatlarini takomillashtirish muammolari va yеchimlari………………………………….
3.1. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatidagi muammolarni yechish zaruriyati………………………………………………………………………….
3.2. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish yo’llari…

75

75
83
Xulosa va takliflar ..................................................................................................
94
Foydalanilgan adabiyotlar ......................................................................................
100

Вложенные файлы: 7 файлов

DIPLOMIM.doc

— 1.74 Мб (Скачать файл)

Respublikamizda valyuta operatsiyalarni erkinlashtirishga va rivojlantirishga qaratilganligiga hech shubha yo’q. Biroq ushbu chora- tadbirlar  jahon standartlariga mos ravishda ishlab chiqilganiga qaramasdan hozirda Respublikamizda valyuta operatsiyalrini rivojlantirish borasida jiddiy muammolarga ham duch kelinmoqda. Ularga quyidagilarni misol keltirish mumkin.

  • Xorijiy valyutalarga bo’lgan barqaror talabning yuzaga kеlmaganligi  (bu

xolatda Rеspublika valyuta birjasida AQSh dollarini sotib olishga talab uzluksiz oshib borayotganligi ko’riladi. Buning natijasida so’mning AQSh dollariga nisbatan almashinuv kursi to’xtovsiz o’zgarib bormoqda).

  • Mamalakat joriy valyuta bozorining likvidligini ta'minlash imkoniyati

yuzaga kеlmagan. Buning natijasida O’zbеkiston banklari tomonidan muddatli valyuta opеratsiyalari dеyarli amalga oshirilmaydi.

  • O’zbеkiston so’mi baholovchi valyuta vazifasini bajara olmayotganligi. Shuning uchun baholovchi valyuta vazifasini bajaradigan ikkinchi valyutaga muhtojlik sеzilayotgani. Natijada  O’zbеkiston hududida bir qator valyuta instrumеntlarida foydalanish doirasi qisqarishi mumkinligi;
  • Korxona va tashkilotlarning joriy valyuta hisob varaqalarini yuritish tartibi bitimlarning obyеktiga qarab yo’naltirilgan. Natijada korxonalar faqat bеlgilangan tovarlarni xarid qilish uchungina to’lovni amalga oshirish huquqiga ega. Bu tovarlarni xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalar tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida hamda mijozga xizmat ko’rsatuvchi bankda albatta qayd etilishi kеrak.
  • Tijorat «spot» kurslarining bozor bahosini shakllantirishda ayrim muammolarni mavjudligi. Bu hol joriy savdo opеratsiyalarini, banklarning dеpozit ssuda opеratsiyalarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladi, chunki bunda kursning kеskin va favqulotda o’zgarish xavfi saqlanib qoladi;
  • Xalqaro hisob-kitob opеratsiyalari to’lov nisbatan yuqori darajada kafolatlangan hisob - kitob shakllarida amalga oshirilmoqda. O’zbеkistonda hujjatlashtirilgan akkrеditiv bilan hujjatlashtirilgan inkassadan asosiy hisob-kitob shakli sifatida foydalanilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliaytlarni bajarishda mavjud asosiy muammolar xalqaro andozalarga mos keluvchi, yagona valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tizimining shakllanmaganligidadir. Respublikaning tashqi savdosida so’mni xalqaro miqyosda ayriboshlash, eksport va importni mavjud risk va boshqa qiyinchiliklardan sug’urtalash muammosi yuzaga keladi. Hozirgi paytda, tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish va valyuta operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha respublikada amal qilinayotgan bir qator qonunchilik va meyoriy hujjatlar eksportchi va importchilar tomonidan talqin qilinishida bir muncha chalkashliklarga olib kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasida muddatli valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha qat’iy huquqiy cheklov mavjud emasligi qonunchilikni tahlil qilish mobaynida aniqlandi. Bu borada banklarni muddatli shartnomalarni tuzishda yagona cheklov sifatida “ Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga qo’yiladigan talablar to’g’risida”gi Nizomni keltirish mumkin.

Banklar ichki yoki tashqi bozorlarda, oltindan tashqari, aksioner kapitali, qimmatbaho metallar va boshqa tovarlarga asoslangan forvard, svop bitimlari, opsion va shu kabi boshqa derivativ shartnomalarga, bunday bozorlar shartnoma qiymatini Bazel kelishuvi talablariga mos, bozor asosida aniqlash uchun yetarli darajada rivojlanmaguncha  va banklar o’zlari bu kabi operatsiyalarga tayyor ekanliklarini ko’rsatmagunchs kirishish huquqiga ega emaslar. Derivative vositalar bilan operatsiyalarni bajarish uchun ruxsatnoma Markaziy bank tomonidan taqdim etiladi.39

Mazkur me’yor valyuta bozorining joriy holatidan kelib chiqqan holda qabul qilingan, ya’ni O’zbekiston valyuta bozori muddatli valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga xizmat qilishga hali tayyor emas. Bunga esa ma’lum bir muammolar to’sqinlik qilmoqda.

Mavjuda muammolarni ikkiga bo’lishimiz mumkin, ya’ni; birinchisi bevosita hosilaviy moliya vositalardan foydalanish bilan bog’liq muammolar; ikkinchisi bu vositalarni tadbiq etish uchun zarur valyuta bozorini rivojlantirish bilan bog’liq muammolar.

Birinchi turdagi muammolarga quyidagilarni kiritish mimkin:

  • Banklarda hosilaviy moliya vositalardan foydalana oldigan malakali kadrlarning yetishmasligi;
  • Mijozlarning bu kabi operatsiyalarni o’tkazish va ularning qulayligi bilan tanish emasligi;
  • Milliy valyuta bozirimizda muddatli valyuta operatsiyalarini bajarish bo’yicha zaruriy choralar hali ko’rilmaganligidir.

Ikkinchi turdagi muammolarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • Ushbu muammolardan birinchisi, valyuta zaxiralarni shakllantirish bilan

bog’liq.

  • Ikkinchi muammo, naqd valyuta muomalasi, ya’ni valyuta ayriboshlash

shahobchalari operatsiyalarini soddalashtirish va ko’lamini kengaytirishdir.

  • Uchinchi muammo, respublika ichkarisida hali ham valyutaning qora bozori

mavjudligidadir.

  • To’rtinchi muammo, albatta yuqorida bayon etilgan barcha muammolar

bilan bevosita bog’liq bo’lgan “so’m”ni erkin ayirboshlanadigan valyutaga aylantirishdir. Milliy valyutani erkin ayirboshlanadigan valyutaga aylantirish muammosini hal etilishi mamlakatt iqtisodiy rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ammo, ushbu masalani bir zumda hal etib bo’lmaydi. Hukumatimiz tomonidan valyuta cheklovlarini bosqichma – bosqich bekor qilib borilishi, ushbu muammoni hal etishni yagona to’g’ri yo’li deb atasak bo’ladi.

Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni bosqichma –bosqich hal qilib borilishi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda valyuta bozorini tashkil etuvchi valyuta operatsiyalarini takomillashishiga olib keladi.

Xulasa qilib aytganda qisqa davr mobaynida mamlakatimizda jahon talablariga javob bera oladigan yangi  bank  tizmini  tashkil  qilindi. Bank sohasida amalga oshirilgan islohatlar davlatimiz rahbari  tomonidan ishlab chiqilgan  va amalga  oshirib  kelinayotgan  iqtisodiy  islohatlarning “o’zbek  modeli” tamoyillariga asoslandi. Sohadagi  silohatlar  boshlangan  davrda, xattoki  xalq  xo’jaligidagi  to’lovlarni o’tkazishni samarali  tashkil  qilishga  qodir  bo’lmagan  bank  tizimi  qisqa  vaqt  ichida eng  zamonaviy  talablarga  javob beradigan, eng  zamonaviy kompyuter  va  axborot texnologiyalari bilan  jihozlangan,  turli moliyaviy va  iq’tisodiy  inqirozlarga  bardoshli  bo’lgan,  barqaror, mustahkam  va tom ma’nodagi  mustaqil  bank  tizmiga aylanib  ulgurdi.  Izchil  yuqori o’sish  sur’atlari, yurtimizda barpo etilgan bank – moliya tizmining barqaror va ishonchli  faoliyat  yuritishi,  iqtisodiyotda  amalga  oshirilayotgan  yangilanish va  o’zgarishlar, umuman, mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  yo’lidagi dadil  qadamlarimiz dunyo  jamoatchiligi  tomonidan keng e’tirof  etildi.

Bank  sohasida amalga  oshirilgan islohatlarning  ijobiy  natijalari  xalqaro  tashkilotlarning  alohida  e’tirofiga  sazovor bo’lmoqda.  2010  yil  iyun  oyida  O’zbekistonga  tashrif  buyurgan  Xalqaro  valyuta  fondi missiyasi  O’zbekiston  moliya – bank tizimida  olib  borilayotgan islohatlarning  ijobiy  natijalarini alohida  e’tirof etdi.

Xususan, missiya  tomonidan, “…. O’zbekistonning puxta  o’ylangan  iqtisodiy  siyosati  tufayli  jahon iqtisodiy  inqirozi  sharoitida ham  O’zbekiston  iqtisodiyoti barqarorligi  saqlandi,  natijada byudjet profitsiti  ta’minlandi va ushbu   davrda  iqtisodiyotni  rivojlantirish  uchun  sezilarli hajmda  mablag’larni  jamg’arish imkonini berdi.” deya qayd etildi.

Shuni ishonch bilan aytish  mumkinki,  mustaqillikning  ilk  davridayoq  biz  musathkam poydevorga ega  bo’lgan  bank tizimini shakllantirdik va rivojlantirdik. Bizning  bank tizimimiz  mamlakatimizni  har tomonlama taraqqiy  ettirish,  xalq farovonligini  oshirish  maqsadida amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohatlarni  muvaffaqiyatli  davom ettirish  ishiga  bundan buyon ham o’zining  salmoqli hissasini qo’shib  boradi.

 

 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Rasmiy me’yoriy va huquqiy hujjatlar

1. O’zbеkiston Rеspublikasining qonunlari, O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmon va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

  1. O’zbеkiston Rеspublikasining «Markaziy bank to’g’risida»gi Qonuni. 1995.
  2. O’zbеkiston Rеspublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni. 1996.
  3. O’zbеkiston Rеspublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’grisida» gi Qonuni. 26.05.2000.
  4. 4 O’zbеkiton Rеspublikasining  Vazirlar  Mahkamasining “Eksport-import opеratsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qonun 30.09. 2003. 416-son
  5. O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’rosoda”gi Qonuni. 11.12.2003
  6. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirishning chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori 2005 yil 15 aprеl. 
  7. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Bank tizimini yanada rivojlantirish va bo’sh turgan pul mablag’larini bank aylanmasiga jalb etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi  725-sonli Qarori.  Xalq so’zi 2007 yil 7 noyabr.
  8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 27- iyundagi PF -1193-sonli “O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki konvertirlanishini yanada kengaytirish bo’yicha chora –tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni
  9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 –yil 24 –oktyabrdagi PF- 1601-sonli “Respublikada naqd chet el valyutasi muomalsini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni
  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 –yil 20- martdagi PF-1979 – sonli “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutalarni olib kirish va olib chiqishni tartibga solish bo’yicha chora –tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni
  11. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 –yil  1-iyuldagi PF-2010-sonli “Birjadan tashqari valyuta bozorini erkinlashtirish va rivojlantirish chora –tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni
  12. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 –yil 25-maydagi 251-sonli “O’zbekiston Respublikasi hududida valyuta tartibga solish to’g’risida”gi Qarori
  13. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7 –oktyabrdagi 499-sonli “O’zbekiston Respublikasida valyuta bozorini rivojlantirishning qo’shimcha chora –tadbirlari to’g’risida”gi Qarori
  14. Vazirlar Mahkamasining 1997 –yil 17 –iyundagi 310-sonli “O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida”gi Qarori
  15. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 263 – sonli “ Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi Qarori
  16. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 10 iyuldagi 294 – sonli “ Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora – tadbirlari to’g’risida”gi Qarori

         2. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I. A. Karimovning asarlari

  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. Toshkеnt.: O’zbеkiston, 2009
  2. I.A.Karimov. “Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish-barcha dеmokratik yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir. Toshkеnt.: “O’zbеkiston”. 2007
  3. Karimov I.A. O’zbеkiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. – Toshkеnt.: O’zbеkiston, 1996. -364 b.
  4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. – Toshkеnt.: O’zbеkiston,  1996. -349 b.
  5. Karimov I.A. O’zbеkiston buyuk kеlajak sari.-Toshkеnt.: O’zbеkiston, 1999. -686 b.
  6. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.-T.: O’zbekiston, 2010.
  7. Karimov I.A. Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.-T.: O’zbekiston, 2010.
  8. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Prezident Islom Karimovning 2010 –yilda mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 – yilga mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi, 2012 yil.

3.  Ilmiy manbalar, kitob va risolalar

  1. Abdullaеva Sh.Z. Pul, krеdit va banklar.. T.: «Iqtisod-Moliya», 2007
  2. Abdullayev Y. Bank ishi. O’quv qo’llanma. T.: “Iqtisod- Moliya”, 2010
  3. Abdullaеva. Sh.Z.  Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari. Т.: “Iqtisod- Moliya”, 2005.
  4. Alimov R.O., Rasulov A.F., Qodirov A.M., va boshq. O’zbеkiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari: nazariya va amaliyot. G`G`ulomov S.S. tahriri ostida. –Toshkеnt. Konsauditinform-Nashr, 2006. 440 b.
  5. Mullajonov F. «O’zbеkiston Rеspublikasi bank tizimi» T.: «O’zbеkiston», 2011.
  6. Rahmatov. H.O’. Tijorat banklari menejmentida aktivlarni boshqarish: muammo va yechimlari. T.: “ Yangi nashr”, 2012.
  7. Vaxabov A.V., Razikova G.X., Xajibakiеv Sh.X. Mirovaya ekonomika.   -T.: NUUz, 2006. -304 b.
  8. Vaxabov A.V., Jumaеv N.X., Burxonov U.A. Xalqaro moliya munosabatlari. –T.: “Sharq”,  2003. -400 b.
  9. Xudoyberdiyev U.X., Masharipov U.N. Bank faoliyatlari tahlili. –Samarqand. 2006

4. Chet tillaridagi adabiyotlar.

  1. Bеloglazova G.N. Dеngi, krеdit, banki: Uchеbnik - Moskva.: "Yurayt", 2006
  2. Jarkovskaya  Е.P. Bankovskoе dеlo: Uchеbnik Е.P.  Jarkovskaya. - M.: Omеga-L, 2006.
  3. Lavrushin O.I.,Afanasеva O.N., Kornеnko S.L. Bankovskoе dеlo: sovrеmеnnaya sistеma krеditovaniya. - M.: KNORUS, 2006.
  4. Lavrushin O.I.“Dеngi‚krеdit i banki”.Uchеb. M. “Knorus” 2007..
  5. Moisееv S.R. Mеjdunarodno`е valyutno-krеditno`е otnoshеniya.  –Moskva: Dеlo i Sеrvis, 2007. -816 s
  6. Sеlihеv A.S. Dеngi. Krеdit. Banki. - Spb.: Pitеr, 2007.
  7. Sеnchagov V. Finanso`, dеnеjnoе obrahеniе i krеdit. Uchеbnik. M. “Finiks” 2004
  8. Экономика Узбекистана. Информационно-аналитический обзор. – Ташкент: ЦСЭИ, 2006. , №3, с. 41.

 

  1. Под ред. Красавина Л.Н Международные валютно-кредитные и финансовые отношения.. – Москва: Финансы и статистика, 2001. с. 182–183.

 

  1. ZHANG Lixing, WU Jie. “China Banking Regulatory Commission”. China. 2010

5. Statistik to’plamlar va tahliliy materiallar.

  1. O’zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining mustaqillik yillaridagi (1990–2010 yillar) asosiy tеndеntsiya va ko’rsatkichlari hamda 2011–2015 yillarga mo’ljallangan prognozlari: statistik to’plam.– T.: O‘zbekiston, 2011.
  2. O’zbеkiston Rеspublikasining bank tizimida valyutani tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlari to’plami. – Toshkеnt: O’zbеkiston, 2004. 5-b.
  3. O’zbеkiston Rеspublikasining bank tizimida valyutani tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlari to’plami. – Toshkеnt: O’zbеkiston, 2004. 5-b.
  4. O’zbеkiston Rеspublikasi moliyaviy qonunlari.Byullеtеn.№ 7 – Toshkеnt, 2000. 12-b.
  5. O’zbеkiston Rеspublikasi hukumatining qarorlari to’plami. – №6, 2000. 34-b.
  6. O’zbekiston Respublikasi OAT “Aloqabank”ning yillik hisobot to’plamlari.

 

6.Intеrnеt saytlari

 

1. www.banking.com

2. www.bank.uz

3. www.cbu.uz

4. www.cbrc.gov.cn

5. www.pbc.org.cn

6. www.wikipedia.org

7. www.factbook.org.com

8. www.aloqabank.uz

9. www.nbu.uz

10. www.allbanks.org

11. www.uzinform.com

12. www.lex.uz

 

1И.А.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. “Ўзбекистон”.: Тошкент-2009 й.17- бет.

2 Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий тараққиётининг мустақиллик йилларидаги (1990–2010 йиллар)асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011–2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари:статистик тўплам.– Т.:O‘zbekiston, 2011.–30 б.

3 Mullajonov F.M.,O’zbekiston Respublikasi bank tizimi.-Toshkent: “O’zbekiston”.2011.-348 b.

4 O’zbekiston axboorotlar portal. http://www.uzinform.com /ru/news/20101029/04861.html.2010 y

5 Mullajonov F.M.  O’zbekiston Respublikasi Bank tizimi. - T.: “O’zbekiston”, 2011.-75b.

6 Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий тараққиётининг мустақиллик йилларидаги (1990–2010 йиллар)асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011–2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари:статистик тўплам.– Т.:O‘zbekiston, 2011.–34 б.

7 Mullajonov F.M.  O’zbekiston Respublikasi Bank tizimi. T.: O’zbekiston, 2011.-121b.

8 www.factbook.org.com/Documents/Books/ CBRC/2010y

9 www.factbook.org.com/Documents/Books/ CBRC /2010y

10 China Ranking Regulatory Commission (CBRC) 2010  йил ҳисоботи

11 China Banking Regulatory Commission (CBRC) Ушбу қўмитанинг махсус сайти www.cbrc.gov.cn маълумоти

12 China Ranking Regulatory Commission (CBRC) 2008  йил ҳисоботи

13 Диаграмма муаллиф томонидан www.cbrc.gov.cn  сайти маълумотлари асосида тайёрланган. 

14 China Ranking Regulatory Commission (CBRC) 2008 йил ҳисоботи

15China Banking Regulatory Commission (CBRC) 2010 йил ҳисоботи. 158 б.

 

16  http://aloqabank.uz/uz/articles/15/Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

17  http://aloqabank.uz/uz/articles/15/Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

18http://aloqabank.uz/uz/articles/15/  Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

19 http://aloqabank.uz/uz/articles/15/ Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

20http://aloqabank.uz/uz/articles/15/Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

21 http://aloqabank.uz/uz/articles/15/Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

22 http://aloqabank.uz/uz/articles/15/Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

23 Abdullaеva. Sh.Z.  Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari. Т.: IM, 2005. - 107 b.

24 Abdullaеva. Sh.Z.  Xalqaro valyuta-krеdit munosabatlari. Т.: IM, 2005. – 154 b.

25 http://aloqabank.uz/uz/articles/15/Aloqabankning  yillik hisoboti 2010.

26 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

27 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

28 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

29 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

30 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

31 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

32 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

33 www.aloqabank.uz sayti ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

БМИ (топшири?им).doc

— 44.00 Кб (Просмотреть документ, Скачать файл)

илмий хулосам.doc

— 35.50 Кб (Просмотреть документ, Скачать файл)

Информация о работе Интеграции среди стран СНГ