Интеграции среди стран СНГ

Автор работы: Пользователь скрыл имя, 31 Октября 2013 в 14:07, дипломная работа

Краткое описание

O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ko’pgina muhim iqtisodiy islohatlarning tarkibiy qismi sifatida bank tizimida chuqur o’zgarishlarni amalga oshirilishini taqazo etmoqda. Bunda bir qator bank tizimini jahon amaliyotini ilmiy idrok etish muhim ahamiyatga ega bo’lsa, boshqa tomondan, jahon amaliyotini O’zbekiston iqtisodiyotining hozirgi sharoitida qo’llash samarali bo’lgan elementlarini tanlash ilmiy jihatdan O’zbekiston sharoitiga moslashtirish talab etiladi.

Содержание

Kirish .....................................................................................................................
3
I.Bob Tijorat banklari va ularning faoliyati………………………………….
7
Tijorat banklari va ularning funktsiyalari…………………………………
7
1.2. Tijorat banklarining zamonaviy xizmat turlari…………………………...
15
1.3. Tijorat banklari faoliyati bo’yicha xorij tajribasi…………………………
23
II-BOB. O’zbеkiston Rеspublikasi Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ining faoliyati……………………………………………………

30
2.1. O’zbеkistonda tijorat banklarining valyuta opеratsiyalarining huquqiy asoslari……………………………………………………………………………

30
2.2. Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning tuzilishi va faoliyati………….
37
2.3.Ochiq Aksiyadorlik Tijorat “Aloqabank”ning valyuta operatsiyalari………................................................................................................

50
III-BOB. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatlarini takomillashtirish muammolari va yеchimlari………………………………….
3.1. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatidagi muammolarni yechish zaruriyati………………………………………………………………………….
3.2. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish yo’llari…

75

75
83
Xulosa va takliflar ..................................................................................................
94
Foydalanilgan adabiyotlar ......................................................................................
100

Вложенные файлы: 7 файлов

DIPLOMIM.doc

— 1.74 Мб (Скачать файл)

OAT “Aloqabank”  valyuta nazorati agenti sifatida 2010 yil  davomida  mijozlar eksport – import shartnomalari  ustidan nazorat olib borib kelmoqada. Ushbu kuzatuvlar natijasi o’laroq 2011 yil 1 yanvar holatiga ko’ra 272 ta eksport shartnomalari ro’yxatga olingan bo’lib, ushbu shartnomalarining umumiy summasi 461 807 282,70 AQSh dollarini tashkil qildi. Ushbu shartnomalarning  117 tasi tovarlar  eksporti bo’yicha bo’lsa 154 tasi esa xizmatlar eksport bo’yichadir. Import shartnomalari bo’yicha 2011 yil 1 yanvar holatida  716 ta shartnoma hisobga olingan bo’lsa, ularning umumiy summasi  507 751 705,96 AQSh dollarni tashkil etadi. Bu shartnomalarning  610 tasi tovarlar importi bo’yicha bo’lsa, 106 tasi xizmatlar importi shartnomlaridir. 2012 yilda bank tomonidan mijozlarga yaratilgan qulayliklar va sifatli xizmat ko’rsatilishi, shu bilan birga davlat tomonidan 2011 yilda respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni qo’llab – quvvatlashga  qaratilgan qator tadbirlar,   ularga yaratilgan qulay imkoniyat va imtiyozlar  natijasida 2012 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan hisobga olinga eksport shartnomalari 351 tani tashkil etdi. Bu shartnomalarning jami hisobga olingan summasi 666 947 374,33 AQSh dollariga yetdi. Import bo’yicha hisobga olingan shartnomalar soni 2012 yil 1 yanvar holatiga 1 044 taga yetdi. Shartnomalarning umumiy summasi esa 729 594 881,62 AQSh dollarini tashkil qildi.

Iqtisodiyotning real sektori korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy  barqarorligini  mustahkamlash,  korxonalarni  moliyaviy  sog’lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini  takomillashtirish, iqtisodiyotni  tarkibiy o’zgartirish, ishlab chiqarishni  modernizatsiyalash, ichki va tashqi bozorlarda  raqobatbardosh  eksportbop  va import  mahsulotlarni o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish Respublikamiz Hukumatining oldiga qo’ygan ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida  OAT “Aloqabank” ham o’tgan yillar mobaynida bir qator ishlarni amalga oshirib keldi.  Xususan, invеstitsiya faoliyatiga oid, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir davlat dasturlari, mahalliy xom ashyo nеgizida tayyor mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnik va texnologik qayta jihozlash yo’li bilan  texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash,  ishlab  chiqarishda materiallar,  elektr va energiya  sarfini  hamda  boshqa  sarf – xarajatlarni  kamaytirish  hisobiga ishlab chiqarish  xarajatlari  va mahsulot  tannarxini  keskin  kamaytirish  bilan birga  ekologik  toza  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish bank  faoliyatidagi asosiy yo’nalishidir. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun bank   tomonidan  bir  qator tashkilotlarga  investitsiya  mablag’larini  kiritib kelmoqda va shu orqali hukumatning ustuvor vazifasini bajarishiga   o’z hissasini qo’shib kelmoqda desak xato bo’lmaydi. OAT “Aloqabank”  tomonidan investitsiya  mablag’lari kiritilgan  tashkilotlar quyidagilar, jumladan:

 “Farg’ona charm polimer” MCHJ sun’iy charm, plyonkalar, linoleum va pol to’shamlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, 2011 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan 630,0 mln. so’m miqdoridagi investitsiya kiritildi. 2010 yil boshidan  korxona tomonidan 1 950,3 mln. so’mlik 26 xil turdagi charm, linoleum va pol tushamalari, 3 xil turdagi karton mahsuloti ishlab chiqarilib, undan shu kungacha 1 455,5 mln. so’mlik mahsulotlar o’z iste’molchilariga  yetkazib berildi  va ushbu tashkilotda  100 ta ish o’rinlari tashkil qilindi.  Korxonaning  sun’iy  charm, linoleum va pol  tushamalari bo’yicha yillik  ishlab chiqarish quvvati 1,8 mnl.kv.metrni,  karton bo’yicha 1200 tonnani tashkil qiladi.

“SABO Poyafzal” MCHJ – poyafzal ishlab  chiqarish fabrikasi bo’lib, ishlab  chiqarish faoliyatini  yo’lga  qo’yish, tashkil etilgan korxonani zamonaviy  texnologiyalar bilan qayta jihozlash  maqsadida, umumiy summasi 236,1 ming Yevro bo’lgan  Italiya, Germaniya va Chexiya davlatlarida ishlab chiqarilgan uskunalar  sotib olindi. Shuningdek, umumiy summasi 138,4 ming AQSh dollariga  Xitoy Xalq Respublikasidan  poyafzal ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan maxsus uskuna va xom ashyo sotib olindi. “SABO Poyafzal” MCHJ 2010 yilning iyun oyidan o’zining ishlab chiqarish faoliyatini  boshladi va joriy yilda  korxona  tomonidan 843,7 mln. so’mlik mahsulot  ishlab chiqarilib,  shundan 714,5 mln. so’mlik mahsulot  o’z iste’molchilariga yetkazib  berildi.

Italiya va Xitoy davlatlarining mutaxassislari  bilan  “EKO – PLASTEX” MCHJda  ikkilamchi  xom ashyodan  polietilenteraftalat (PET) bargaklari (xlopya), PET tasma va sintefon (sintetik tola) mahsulotlarini ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish kelishildi. Aloqabank tomonidan atrof muhitni  tozalash, tabiatni  muhofaza qilish va eksportbop  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  maqsadida  ushbu  korxonaga 4 551,5 mln.so’m miqdorida  investitsiya  kiritilib, 100ta  yangi  ishchi  o’rinlari  yaratilishi rejalashtirilgan.

Farfor  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchi “ASL – NAFIS” MCHJ uchun 2010 yil 21 iyunda Socoiete CERINNOV Ceramik Innovation kompaniyasi  bilan yiliga 12 mln. dona farfor buyumlar  ishlab chiqariladigan  uskuna  yetkazib  berish  bo’yicha 3,2 mln. Yevro miqdoridagi shartnoma imzolandi. Farfor mahsulotlarini  ishlab  chiqarishni  lokalizatsiya qilish  hamda mahalliy  xom ashyo tarkibini  o’rganish va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun retsept (xom ashyo tarkibini) tayyorlashga 1000 kg.ga yaqin xom ashyo Fransiyaga yuborildi. Com ashyo tarkibidagi keraksiz (ortiqcha) bo’lgan elementlarni ushlab qolish uchun sotib olinayotgan uskunaga tegishli o’zgartirishlar kiritildi. 2010 yil davomida  OAT “Aloqabank” tomonidan ishbu korxonaning  ishlab chiqarish faoliyatini  tiklash maqsadida 8 546,8mln. so’m investitsiya kiritildi.

Toshkent shahri, Sergili tumanida joylashgan qurilishi tugallanmagan trolleybuslar ta’mirlash zavodi negizida meva – sabzavot mahsulotlarini saqlash obyektini qurish hamda uni zamonaviy texnologiya va asbob – uskunalar bilan ta’mirlash maqsadida “Toshagroinvest” MCHJ tashkil etildi.  Mazkur  loyihani amalga oshirish maqsadida 2011 yil 1 yanvar holatiga ko’ra OAT “Aloqabank” tomonidan jami 11,3 mlrd. so’m miqdorida investitsiya ajratildi.

 

III BOB. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatlardagi muammolari va uni takomillashtirish yo’llari.

 

3.1. Tijorat banklarining Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi muammolarni yechish zaruriyati.

  Tijorat bankalarining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish haqida so’z yuritganda valyuta munosabatlarini takomillashtirish asosiy o’rni egallaydi. Valyuta munosabatlarini takomillashtirish masalalari esa valyuta munosabatlarini erkinlashtirish chora-tadbirlarini nazarda tutadi.

Bugungi kunda valyuta munosabatlari tizimi va uning amal qilish mexanizmi sezilarli darajada erkinlashtirildi. Xususan bunga birja va birjadan tashqari valyuta bozorlarining erkinlashtirilishi, naqd xorijiy valyuta bilan savdo qilish tartiblarining soddalashtirilganligi ularning ko’lami kengaytirilganligini valyuta kurslarining sezilarli darajada birxillashtirilganligini qisman valyuta tushumlaridan majburiy sotuvning bekor qilinganligini turli ko’rinishdagi valyutaviy cheklov turlarining bekor qilinganligini kiritish mumkin.

Valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida muhim rol oynaydi. Ayniqsa valyuta kursi o’zgarishlarining ta’siri bunga yaqqol misol bo’la oladi. Shuning uchun ham asosiy e’tiborni almashuv kursining mamlakat iqtisodiy faoliyatiga bo’lgan ta’siriga qaratmoqchimiz.

Milliy valyuta almashuv kursining o’zgarishi xo’jalik subyektlari faoliyatiga turlicha o’z ta’sirini ko’rsatadi. Masalan, milliy valyuta kursining pasayishi import tovarlari narxining o’sishiga olib keladi va natijada aholi iste’moliga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Va aksincha, milliy valyuta kursining oshishi import tovarlarga bo’lgan ehtiyojni ko’paytirib, xorijiy valyutaga bo’lgan talab hajmini oshishiga olib keladi.

Valyuta kursining o’zgarishi ishlab chiqaruvchilarga ham turlicha ta’sir ko’rsatadi. Valyuta kursining oshishi eng avvalo, eksportga yo’naltirilgan sohalarga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Milliy valyutaning qimmatlashishi eksport qilinayotgan tovarlar narxining oshib ketishiga, sotish hajmining pasayishiga va ishlab chiqarish hajmining kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Ammo milliy valyuta kursining o’sishi natijasida foyda ko’ruvchi ishlab chiqaruvchilar ham bor. Ularga ishlab chiqarishning asosini tashkil etuvchi xom-ashyo, asbob uskunalarni va boshqa mahsulotlarni import qiluvchi korxonalar kiradi.  Bundan tashqari, valyuta kursining o’zgarishi muhim bo’lmagan sohalar ham mavjuddir. Ular ichki bozor bilan band bo’lgan ishlab chiqaruvchilardi. Ya’ni ular o’z faoliyatlarida eksport va import bilan shug’ullanmaydigan korxonalardir.

Valyuta bozorining erkinlashtirilishini yanada aniqroq mazmundagi ijobiy va salbiy natijalarini quyidagi tarmoq yo’nalishlarida yaqqol sezish mumkin. Uning ijobiy ta’siri quyidagi natijalarga olib kelishi mumkin:

Birinchidan, eksportchilar uchun qo’shimcha daromad olishni rag’batlantirishga. Ayriboshlash kurslarining erkinlashtirilishi iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan sohalari o’sishini rag’batlantirishga va iqtisodiyotdagi mavjud hamda yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilayotgan eksport tovarlar hajmining oshishiga,import tovarlar hajmining esa kamayishiga olib keladi.

Ikkinchidan, import o’rnini bosishga qaratilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga.  Importning qimmatlashuvi xalq iste’mol mollari, oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati mollari ishlab chiqaruvchi mahalliy import o’rnini bosuvchi korxonalarning kengayishida olib keldi.

Uchinchidan, investitsion muhit va chet el investitsiyalari oqimining yaxshilanishiga. Valyuta kursi rejimining erkinlashtirilishi Respublika investitsion muhitining yaxshilanishiga, tarkibiy strukturasining o’zgarishi va kengayishiga, chet el investorlarining iqtisodiyotning real sektorlariga, bank va moliya institutlariga bo’lgan qiziqishlarining oshishiga va qo’shma korxonalar sonining ko’payishiga hamda ular eksport tovarlari ishlab chiqarish hajmining o’sishiga sharoit yaratdi.

To’rtinchidan, davlat byudjeti daromadlarining qo’shimcha ravishda ortishiga. Ayriboshlash kurslarining erkinlashtirilishi importga bo’lgan QQS va aksiz soliqlari hamda bojxona bojlaridan tushadigan tushumlarning sezilarli darajada o’sishini keltirib chiqardi. Bu yerda to’g’ri soliqlarning tushumi importga  tobe bo’lgan sohalardagi yalpi xarajatlarning ortishi natijasida egri soliqlarga nisbatan pastroq bo’lishi mumkin.

Valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi iqtisodiyot tarmoqlarida quyidagi salbiy holatlarni yuzaga chiqardi va chiqarishi mumkin:

Birinchidan, iste’mol narxlari indeksining qo’shimcha ravishda o’sishiga:  

 a) ayriboshlash kurslarining unifikatsiya qilinishi ayrim ijtimoiy- iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan xalq iste’mol mollari ( shakar, hayvon yo’g’i,  oziq-ovqat mahsulatlari, dori-darmonlar, video-avdio texnika, keramika mahsulotlari va boshqalar) importi bo’yicha narxlarning qayta ko’rib chiqilishini va natijada ular bahosining o’sib boroshiga olib kelishi mumkin.

  b) texnologik jihatdan ayrim import xom-ashyosi va yarim tayyor fabrikatlarga bog’liq bo’lgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi, ular bahosining ichki bozorda ham oshishiga olib keldi.

Ikkinchidan,erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga bo’lgan talabning ortishiga. Valyuta bozorini erkinlashtirishning dastlabki bosqichida so’mning chet el valyutasiga bo’lgan konvertatsiyasiga keng yo’l ochilishi sababli, ayrim xalq iste’mol mollarini import qilish uchun erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga bo’lgan talab hajmining o’sishiga xavf  solishi mumkin. Bu esa o’z navbatida valyuta bozoridagi talab va taklif  muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Uchinchidan, Ishlab chiqarishda bevosita import iste’mol qiluvchi korxonalar ahvolining yomonlashuviga. So’mning devalyutavatsiya qilinishi bir qator importga bog’liq bo’lgan korxonalar moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda muammo ularni qayta tuzishga (restrukturizatsiyaga) yoki sanatsiya qilishgacha ham borib yetishi mumkin. Bunday korxonalar qatoriga samolyotsozlik, mashinasozlik (shu jumladan, qishloq xo’jaligi mashinasozligi), asbob-uskuna va stanok hamda kimyo sanoati korxonalarini kiritish mumkin. Shu bilan birga, mazkur korxonalarning tashqi qarzga xizmat ko’rsatish hajmi keskin qimmatlashishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, AQSH dollarining qimmatlashuvi chet el kreditlari va ularga hisoblangan foiz to’lovlari xarajatlarining oshishiga olib  kelishi mumkin.

To’rtinchidan, Tijorat banklari kredit portfelining yomonlashuvi va ular barqarorligining pasayishiga. Buning sababi, import iste’mol qiladigan sanoat korxonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuvi ular tomonidan olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz to’lovlarining tijorat banklariga o’z vaqtida qaytarish va to’lash muammosini yuzaga keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa banklar kredit portfeliga va barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Beshinchidan, ish o’rinlarining vaqtinchalik qisqarishiga. Valyuta kursining erkinlashtirilishi natijasida ayrim sanoat korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarining keskin ortishi sababli, ular tomonidan bir qism ish o’rinlarining qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Oltinchidan, tashqi qarzdorlikka xizmat ko’rsatishning qimmatlashuviga.  Bu korxonalar tomonidan xorijiy kreditlarni qaytarish va ularni hisoblangan foiz to’lovlarini to’lash xarajatlarining ortishiga olib keladi. Agar biz ushbu jarayonning sezilarli qismi Hukumat kafolati ostida olinga kreditlar tashkil etishini inobatga olsak, muammoning yanada jiddiy ekanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Ya’ni davlat byudjeti xarajatlarini qo’shimcha ravishda ortishiga olib kelishi mumkin.

Yettinchidan, davlat byudjeti xarajatlarining qo’shimcha ravishda ortishiga. Aholining ijtimoiy nochor qatlamini manzilli qo’llab-quvvatlash va davlat tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish masalalari davlat budjeti xarajatlarining qo’shimcha ravishda ortishiga olib kelishi mumkin.

Sakkizinchidan, tovar va  xizmatlar importi qiymatining  oshishi hisobiga joriy opеratsiyalar bo’yicha to’lov balansining yomonlashuviga olib kеlishi mumkin.

Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakat tajribalari shuni ko’rsatmoqdaki, milliy valyutaning erkin ayirboshlashiga (konvеrtatsiyasiga) erishish-monеtar, fiskal va tashqi savdo siyosatlari sohasida bir qator o’zaro bog’liq bo’lgan va uyg’un holdagi chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqishni talab etadi. Konvеrtatsiya, tom ma'noda, tovarlar, xizmatlar va moliyaviy aktivlar oqimlarining xalqaro harakati bilan chambarchas bog’liq bo’lgan jarayondir. Boshqacha aytganda, konvеrtatsiyalashni joriy qilish tashqi savdoga va sarmoyalar harakatiga bo’lgan chеklovlarni butunlay olib tashlash dеmakdir. Qo’yilgan masala yuzasidan amalga oshirilishi shart bo’lgan asosiy va ustuvor vazifalar esa quyidagilardan iborat:

Birinchidan, milliy valyutamizning to’la konvеrtatsiyalanishiga o’tish jarayonini ijobiy kеtishini ta'minlash va kafolatlash maqsadida valyuta rеsurslarini izlab topish uchun barcha Xalqaro moliyaviy tuzilmalar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va takomillashtirishning zarurligi;

Ikkinchidan, valyuta ayirboshlash opеratsiyalarida qatnashuvchi banklar va ayirboshlash shaxobchalari sonini yanada ko’paytirish va shu tariqa ayirboshlash shaxobchalari orqali valyuta sotish xajmini oshirish uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga kеltirish.

Uchinchidan, ayirboshlash shaxobchalarida valyuta ayirboshlash opеratsiyalari xajmining o’sishini inobatga olgan holda, valyuta sotish shartlari va talablarini yanada qisqartirish.

Joriy hisob raqamlari bo’yicha konvеrtatsiyalashning qo’llanilishi mamlakat rеzidеntlariga ishlab chiqarish hajmlari va sifatini oshirish uchun invеstitsiyalar va zamonaviy tеxnologiyalarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi. Bu esa, o’z navbatida, mahalliy korxonalarning xorijiy hamkorlar bilan o’zaro manfaatlarining ichki bozorda to’qnash kеlishiga olib kеladi. Mazkur holat ko’proq monopolistik tarmoqlar manfaatlariga o’z salbiy ta'sirini o’tkazadi. Eksportchilar uchun esa yanada kеngroq va barqaror moliyaviy bozorning vujudga kеltirib, ishlab chiqarishni rag’batlantirishga olib kеladi.

Bundan tashqari valyuta operatsiyalarini  bank tomonidan nazorat qilinmasligi va shuningdek banklarning aktiv operatsiyalari bo’yicha ham monitoringni tashkil qilinmaganligi ayrim tijorat banklarida mas'ul xodimlar tomonidan aktivlar sifatiga salbiy ta'sir qiluvchi omillarni bartaraf etish choralari еtarlicha ko’rilmayotganligi, amalga oshirilayotgan aktiv opеratsiyalar bo’yicha dastlabki monitoringni aksariyat hollarda yuzaki tashkil etilishi sababli aktivlarni qaytmaslik tavakkalchiligi darajasini yuqoriligi, samarali foiz siyosatini shakllantirish borasida kamchiliklar mavjudligi sababli, bank daromadlari xarajatlarni qoplay olmayotganligi; ko’pchilik holatlarda esa krеditlarni tasdiqlangan biznеs rеjada ko’rsatilgan maqsad bo’yicha yo’naltirilmasligi, kafillik  bеruvchi yuridik va jismoniy shaxslar moliyaviy  ahvoli  to’g’risida  ma'lumotlarni to’liq o’rganilmayotganligi va kafil tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari to’liq talab qilib olinmaslik holatlari mavjudligi aktivlarni boshqarishda ularning sifat monitoringiga alohida e'tibor qaratilishini talab qilmoqda.

Ayni paytda tijorat banklarida krеditlarni muammoga aylanish ehtimolini pasaytirish va  banklarda valyuta opеratsiyalari nazoratini amalga oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar ko’rilmoqda, xususan bu borada mas'ul bo’linmalar faoliyati xalqaro andozalar talablariga muvofiqlashtirilmoqda. Ammo, shu bilan birga ayrim tijorat banklarida oldingi davrlarda zarur monitoringni amalga oshirmasdan  joylashtirilgan aktivlarni bugungi kunga kеlib qaytarilishi muammoga aylanmoqda. Fikrimizcha, ushbu muammolarni kеlgusida takrorlanishini oldini olish va aktivlarning tavakkalchilik darajasini minimallashtirish maqsadida ajratilgan aktivlarning o’z muddatlarida qaytarilishini ta'minlash yuzasidan doimiy monitoring o’rnatish zarur.

Bank tomonidan joylashtirilgan aktivlarning monitoring bevosita mijoz ishtirokida monitoring ( joylarga chiqqan holda); bank xodimlari tomonidan mijozning ishtirokisiz (masofaviy) nazorat kabi ikki usul orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.1-rasm. Tijorat banklari aktivlarini samarali boshqarishda    monitoringni o’tkazishning tavsiya etilayotgan uslubi.12

 

Masofaviy  monitoring bank tomonidan qarzdorning hisobvarog’idagi pul mablag’lari va tuzayotgan shartnomlari hamda bankda aylanayotgan boshqa hujjatlari va hisobotlari orqali kreditlarning maqsadli ishlatilishini joyiga bormagan holda monitoring qilib borishdir.

Bank tomonidan mijozga aktivlar joylashtirilagan kundan boshlab ularning so’nggi qismi qaytarilguncha doimiy monitoring o’rnatish zarur. Fikrimizcha, tijorat banklarida aktiv operatsiyalari turlari ko’pligi sababli, ukarni monitoring qilishni quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi (3.1-rasm).

Tijorat banklarida aktivlarni  boshqarish samaradorligini aniqlashning umumlashgan ko’rsatkichlar tizimi nihoyatda kеng qamrovlidir. Mazkur tizim aktivlarning xarajatlar, passivlar, bank kapitali, moliyaviy natijalar, tavakkalchiliklar kabi ko’pgina ko’rsatkichlar bilan aloqadorligini ifodalaydi.

Bank aktivlarini boshqarish samaradorligini baholashda aktivlar rеntabеlligi (ROA),  moliyaviy dastak koeffitsiеnti,  sof foiz marjasi, krеdit va valyuta tavakkalchiliklaridan himoyalashni koeffitsiеnti, jami joylashtirilgan krеdit qo’yilmalari tarkibidagi muddati o’tgan krеditlar ulushi kabi ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Mazkur bob yakuni bo’yicha quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:

  • Valyuta munosabatlar tizimini takomillashtirish tashqi iqtisodiy  aloqalarni

erkinlashtirish bilan uzviy holda amalga oshirilishi lozim. Aks holda, ushbu tadbirlar kutilgan samarani bermasiligi mumkin.

  • Valyuta ayriboshlash kurslarining birxillashtirilishi ayrim nazorat qilinadiga

import tovarlari (shaker,choy,hayvon yog’lari,oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va h.k.)bahosining oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan esa ko’proq aholining ijtimoiy nochor qatlami va byudjet muassalaridagi ishchi xodimlar aziyat chekishlari mumkin.

  • So’m ayriboshlash kursining pasaytirilishi, bir qator importga bog’liq

bo’lgan korxonalar moliyaviy ahvolining yomonlashuviga va raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim hollarda  muammo ularni qayta tuzishgacha yoki sanatsiya qilishgacha borib yetishi mumkin. Bunday korxonalar qatoriga samolyotsozlik, mashinasozlik (shu jumladan, qishloq xo’jaligi mashinasozligi), asbob-uskuna va stanok hamda kimyo sanoati korxonalarini kiritish mumkin.

  • Valyuta kursining erkinlashtirilishi natijasida ayrim alohida olingan sanoat

korxonalaridagi ishlab chiqarish carajatlarining keskin ortishini va bir qism ish o’rinlarining qisqarishini yuzaga keltirib chiqarishi mumkin.

  • Valyuta bozorining erkinlashtirilishi davlat kafolati ostida jalb qilingan

investitsiya va kreditlarga xizmat ko’rsatishni qimmatlashuviga, bu esa, o’z navbatida, davlat byudjeti xarajatlarining qo’shimcha ravishda ortishiga olib kelishi mumkin.

  • Valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi aholining ijtimoiy nochor

qatlamini manzilli qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq davlat byudjeti xarajatlarining ham oshishini keltirib chiqarishi mumkin.

  • Valyuta bozozirini erkinlashtirishning dastabki boshqichida so’mning chet el

valyutasiga bo’lgan konvertatsiyasiga keng yo’l ochilishi sababli, ayrim xalq iste’mol mollarini import qilish uchun xorijiy valyutaga bo’lgan talab hajmiga xavf solishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, valyuta bozoridagi talab va taklif muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

БМИ (топшири?им).doc

— 44.00 Кб (Просмотреть документ, Скачать файл)

илмий хулосам.doc

— 35.50 Кб (Просмотреть документ, Скачать файл)

Информация о работе Интеграции среди стран СНГ